1-mavzu: fan va uning paydo bo’lishi. Fanning sistema ekanligi(esse yozish) O’zbek tilining izohli lug’atida fan tushunchasi haqida quyidagicha izoh beriladi
-MAVZU:TILSHUNOSLIK VA ETNOGRAFIYA(darslik va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish va maruza tayyorlash)
Download 41.71 Kb.
|
M.T.Tilshun.tabiiy f
8-MAVZU:TILSHUNOSLIK VA ETNOGRAFIYA(darslik va o’quv qo’llanmalarni tahlil qilish va maruza tayyorlash)
Reja: Tilning shu til egasi bo`lgan etnos madaniyatiga bo`lgan munosabati Etnolingvistika muammolari Til bilan shu til egasi bo`lgan xalq uzviy aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, xalqning urf-odatlari, turmush tarzi uning tilida aks etadi. Shuning uchun ham til bilan shu til egasi bo`lgan etnos o`rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo`lsa, ularni o`rganluvchi tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o`rtasida ham shunday aloqa mavjuddir. 2. Xalq elatlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida ro`y bergan har bir o`zgarish uning tilida ham o`z ifodasini topadi. Shuning uchun xalq tarixi uchun tarixiy hujjatlar, arxeologik yodgor-liklar guvoxlik bera olmagan taqdirda ham, uning tili qimmatli materiallar berishi mumkin. Ayniqsa, toponim, etnonimi, etnotoponimlar xalq tarixini inobatga olmay turib o`rganlib bo`lmaydi. Shu bilan birgalikda tilshunoslik etnografiya bilan ham uzviy aloqadadir. 3. Tilning shu til egasi bo`lgan atnos madaniyatiga bo`lgan munosabatini, tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til etnomadaniyat, etnopsixologik omillar o`rtasidagi aloqani o`rganlishga ehtiyoj tufayli etnolingvistika yo`nalishi vujudga keldi. Etnolingvistika atamasi grekcha etnos – xalq, qabila va lingvistika so`zlaridan olingan bo`lib, mustaqil lingvistik yo`nalish sifatida XIX asrning 70-yillarida Shimoliy va keyinroq Markaziy Amerikadagi hindu qabilalarining tili, madaniyati, urf-odatlarini o`rganlishning kuchayishi bilan paydo bo`ldi. Lekin bu yo`nalishning ilk davrida ko`proq etnografiya masalalariga diqqat jalb qilindi, faqat asrimizning 20-yillarida lingvistik tomoniga ahamiyat kuchaytirildi. 4. Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo`nalish sifatida shakllanishida Amerika tilshunosi, etnografi F.Boas va uning o`quvchilarining xizmati katta bo`ldi. Ular yo`nalishning muammolar doirasini va tadqiqot metodlarini belgiladilar. Etnolingvistika Amerika olimlari asarlarida ko`pincha "antropolingvistika", "etnosemantiqa" atamalari bilan ham almashtirib ko`llaniladi. Etnolingvistika muammolaridan eng muhimi sifatida Amerika hindulari tillarining genetik harin-doshligini aniqlash masalasi qaraldi. Bu tillarning tasnifi dastlab ma'lum tamoyilga asoslanmagan holda, taxminlarga asoslanib qilingan bo`lsa, keyinchalik E.Sepir, S.Lem, M. Svodesh, Dj.L.Treyjer va boshqalar tomonidan aniq ilmiy metodlarga tayanildi. Hindular tillarini sinflarga birlashtirishda hissiy-tarixiy (E.Sepir, S.Lem), glottoxronologik (M.Svodesh), tarixiy - tipologik va areal (K.Xeyil, Dj.L.Treyjer) kabi metodlardan foydalanildi. Tillarning tasnifidan tashqari, yana tillarning va madaniyatlarning o`zaro ta'siri, bilingvizm masalalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning ta'siri kabi muammolar ham etnolingvistikaning o`rganish doirasiga kiritildi. Dastlab etnolingvistika doirasiga semantiqa ham kiritilgan edi. Lekin keyinchalik deskriptiv lingvistikaning avj olishi natijasida semantiqa lingvistik tadqiqotlar doirasidan chiqarildi. 5. Tilning semantiq tomoniga asrimizning 50-yillarida Sepir - Uorf gipotezasini keng muhokama qilish jarayonida qayta jonlandi. Ayni paytda etnolingvistika masalalariga ham yana e'tibor kuchaydi. Bu davrda semantiqaga e'tiborning qaratilishi natijasida uzviy tahlil metodi amalietda keng qo`llanildi. Bunday usul yordamida turli tillarda sotsio - madaniy xususiyatlarni ifodalovchi so`zlar guruhi (qarindosh-urug` nomlari, rang bildiruvchi so`zlar) atroflicha tahlil etildi. Shuningdek, turli etnik guruhlarda qo`llaniladigan paralingvistik vositalar, folklor materiallarni o`rganlish ham etnolingvistika obyektiga kiritildi. Xususan, asrimizning 70-80-yillarida etnolingvistikaning folklor materiallariga e'tiborning tortilishi til va madaniyat o`rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va bu bilan etnolingvistikaning o`rganlish doirasini kengaytirdi. hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida tilshunoslikning bir yo`nalishi sifatida e'tirof etildi va bu yo`nalish bo`yilcha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling