1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Muvofiqlikni baholash qoidalari va vazifalari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
Muvofiqlikni baholash qoidalari va vazifalari
Muvofiqlikni baholash sohasida. Tomonlar ishlab chiqilayotgan va qo‘llanilayotgan muvofiqlikni baholash tizimi xalqaro savdoda to‘siqlarni yaratmasligiga kafolat berishi lozim. Muvofiqlikni baholashda, standartlarga yoki texnik reglamentlarga mahsulot muvofiqligini tasdiqlash qo‘llanilib, ishtirokchi davlatlar quyidagi shartlarni bajarishlari shart: • ta’minotchining mahsulotga javobgarligi uchun chiqarilayotgan mahsulot bilan boshqa davlat hududlarida qatnashish, o‘xshash mahsulot ta’minotchisi uchun baholashni o‘tkazishga ruxsatni eng qulay shaklda muvofiqlikni baholash jarayoni ishlab chiqadi va qo‘llaydi; • muvofiqlikni baholash jarayoni o‘ta qat’iy bo‘lmasligi yoki o‘ta qat’iylik zaruriyat bo‘lganda nomuvofiqlik kelib chiqiishi mumkin bo‘lgan xavf- xatarlarni hisobga olib mahsulot standartlar va texnik reglamentlarga tasdiqlash uchun qo‘llash; • muvofiqlikni baholash har bir jarayonini o‘tkazish davrida, bundagi talabgorga layoqatli idora uning talabnomasini aniqlashtirish va zaruriyat bo‘lganda o‘z vaqtida to‘g‘rilovchi amallarni qabul qilish holatlari hamda baholash natijalarini unga xabar qilishiga talabgorning o‘zi xarajatlarni amalga oshirishi lozim; • mahsulot, boshqa davlat qatnashchisi hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga ham mahalliy mahsulotlar kabi rioya qilinadi; • boshqa davlat qatnashuvchisi hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulot muvofiqligini baholash uchun chaqirilgan, shuningdek mahalliy mahsulotlari muvofiqligi uchun muvofiqlikni baholash idorasi va talabgor o‘rtasida hududiy farqlar tufayli yuzaga kelgan xarajatlar ro‘yxati uchun to‘lovlar bo‘lishi lozim; • muvofiqlikni baholashdan keyin mahsulot talablariga texnik o‘zgartirishlar kiritilgan holatlarda mahsulot standartlar yoki texnik reglamentlarga muvofiq saqlanishiga o‘zgarish ta’sirlari o‘rnatilib modifikatsiya qilingan (turlash) mahsulot muvofiqlikni baholash jarayoni chegaralanadi; • muvofiqlikni baholash jarayonini bajarishga bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Agar xalqaro tashkilot tavsiyalariga muvofiq amalda bo‘lmagan yoki muvofiqlikni baholash tizimi xalqaro tashkilotlar tavsiyalaridan farq qilsa va bu tizim boshqa davlatlar savdosida ahamiyatli ta’sir qilsa tomonlar quyidagilarga majbur: oldin taklif qilinayotgan muvofiqlikni baholash tizimi haqidagi xabardor qilishni qanday qilib bosib chiqarish ya’ni qiziquvchi tomonlar bu xabarlar bilan o‘z vaqtida tanishishi mumkinligi; • BJST kotibiatini taklif qilinayotgan tizim maqsadining qisqacha tavsifi, tizimda qo‘llanilayotgan mahsulotlar to‘g‘risida xabardor qilish; • taklif qilinayotgan tizim qoidalari haqida to‘liq ma’lumotlar yoki bu qoidalar nusxasini boshqa tomonlarning haq-huquqlarini kamsitmasdan talablar bo‘yicha taqdim qilish. Ko‘rsatilgan shartlar tanlangan davlat qatnashchilari hududida mahsulotni tekshiruvdan o‘tkazish uchun to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi lozim. Muvofiqlikni baholash jarayonini yanada to‘liq uyg‘unlashtirish maqsadida davlat qatnashchilari muvofiqlikni baholashga taaluqli xalqaro idoralar qo‘llanmasi va tavsiyalarini ishlab chiqishda faol ishtirokini qabul qilish lozim. Ishlab chiqilayotgan muvofiqlikni baholash jarayonlari munosabatida ularni ishlab chiqishda analogik shartlarni standartlashtirishda qabul qilinayotganligi haqida o‘z vaqtida va oydinlik bilan xabardor qilishni ta’minlash uchun davlat-ishlab chiquvchi barcha shartlarni bajaradi. Davlatlarning xususiy mulk egalari boshqa davlat qatnashchisi o‘tkazgan muvofiqlikni baholash natijalari ya’ni bu baholash jarayonida tafovut bo‘lsa ham imkoniyat bo‘yicha tan olishi lozim. Tafovutlarda standartlar yoki texnik reglamentlarda o‘rnatilgan muvofiqligiga xolisona to‘siqlar bo‘lmasligi lozim. Tan olishni asosan muvofiqlikni baholashni o‘tkazuvchi, Xalqaro tashkilotlar qo‘llanmalari va tavsiyanomalari bo‘yicha akkreditlashtirishda tasdiqlangan texnik layoqatli idoralar olib borishi lozim. Ishtirokchi davlatlarga muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi tuzilgan kelishuv uchun muzokaralar olib borish tavsiya qilinadi. Agar zarur bo‘lsa standartlarga yoki texnik reglamentlarga mahsulot muvofiqligini to‘liq ishonsa, davlat-qatnashuvchisi xalqaro muvofiqlikni baholash tizimini ishlab chiqishi va qabul qilishi, uning a’zosi bo‘lishi yoki uning ishlarida qatnashish imkoniyati mavjud. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling