4-mavzu. Muvofiqlikni baholash qoidalari, vazifalari hamda printsiplari.
Muvofiqlikni baholash ob’ektlari. Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish.
Reja:
1. Muvofiqlikni baholash qoidalari, vazifalari hamda printsiplari.
2. Muvofiqlikni baholash ob’ektlari. Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish.
1.Muvofiqlikni baholash qoidalari, vazifalari hamda printsiplari.
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki
xavfsizligini ta’minlash;
2.atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona
foydalanilishini ta’minlash;
3.mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari,
xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
4.muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni
bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash;
5.ichki va tashqi bozorlarda mahsulot hamda xizmatlarning raqobatbardoshligini
oshirish;
6.xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda ishtirok etish;
7.savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish.
Muvofiqlikni baholashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
1.muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qo‘llash;
2.muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi;
3.akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan
foydalanishga to‘siqlar qo‘yishga va ular o‘rtasidagi raqobatni cheklashga yo‘l
qo‘ymaslik;
4.davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning
saqlanishi;
5.akkreditatsiya
bo‘yicha
faoliyatni
sertifikatlashtirishga,
muvofiqlikni
deklaratsiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi
inspektsiyani amalga oshirishga, mahsulot sinoviga, sanitariya-epidemiologiya,
veterinariya, fitosanitariya xulosalarini berishga, ekologik ekspertiza o‘tkazishga
doir faoliyat bilan qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |