1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Bog'liq
opop

 
Muvofiqlikni baholash qoidalari
1.Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash 
sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish 
tartibini, usullarini o‘z ichiga oladi. 
2.Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. 
3.Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar va (yoki) 
tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil etishga, 
ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va tajribaga ega 
bo‘lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin. 
Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish: 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash 
natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga 
oshiruvchi organlar: 
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston standartlashtirish
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
 
 
2. Muvofiqlikni baholash ob’ektlari. Muvofiqlikni baholashni amalga 
oshirish. 
 
Muvоfiqlikni bаhоlаsh оb’еktlаri 


Muvofiqlikni baholash ob’ektlari quyidagilardan iborat: 
o mahsulot; 
o ishlab chiqarish jarayonlari
o xizmatlar; 
o menejment tizimlari
o akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar; 
o muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor 
bo‘lgan mutaxassislar; 
o muvofiqlikni baholash organlari inspektsiya nazoratidan o‘tkazilishi 
chog‘ida ushbu organlarning o‘zi. 
Maxsulot- iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mudassam etilgan natijasi. 
Uning moddiy-buyum shakli moddiy maxsulot ko‘rinishiga ega. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling