1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet68/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

MAVZU: GLOBALLASHUV GA QARSHI HARAKATLAR, NORASMIY TASHKILOTLAR VA ANTIGLOBALIZM FENOMENI REJA:

  1. Globalizmga karshi harakatlarning vujudga kelish sabablari, modializm.

  2. Antiglobalizmning asl mohiyati va uning ko„lami.

  3. Antigldobalizmning asosiy shakllari.

  1. Globalizmga qarshi harakatlarning vujudga kelish sabablari,

mondializm.
O‘tgan asrning 90 yillaridan buyon va XXI asrda jahon iqtisodiyotining globallashuvi qariyb har bir ma’lumotli kishining nazarida turgan jarayondir. Bu jarayonga salbiy munosabatda bo‘lgan va milliy davlatchilik asoslariga hamda jamiyat qadriyatlariga putur etkazayotgan va boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaramlikni kuchayishiga olib keladigan jarayon deb hisoblaydigan kimsalar —globalizm “ so‘zini o‘zlarini muloqot muomalasida ishlatishni umuman istamaydilar. Ular qoida tariqasida bu so‘zni o‘rniga “mondializm” (frantsuz tilidagi Le monde- butun dunyo yoki jahon) so‘zini afzal ko‘rishadi. Lekin —global” so‘zi uzoq vaqtlardan beri butun dunyoni anglatuvchi so‘z sifatida ko‘pchilik davlat rahbarlari va olimlarning muloqot va ilmiy muomalalarida davlatlararo va jamiyatlararo kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy aloqalarni kengayib borayotganligini anglatadigan ob’ektiv jarayonlarni ifodalovchi atama, tushuncha sifatida ishlatiladi. Sababi, qadim zamonlardan beri turli millatlarga mansub kishilar va alohida mamlakatlar bir birlari bilan savdo- sotiq qilishgan, madaniy aloqalarda va turli xil munosabatlarda bo‘lishgan. Aloqa vositalari rivojlanib borgan sari, bunday aloqa va munosabatlar chegaralarini kengayib borishi globalizatsiya-globallashuv deb atala boshladi.
Biroq, globallashuv, hozirgi paytda butun j ahondagi mamlakatlar, xalqlar va alohida kishilar:- fan nomoyondalari, tadbirkorlar va boshqalar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ehtiyojlardan kelib chiqadigan jarayonlarning maqbul ob’ektiv ifodasi bo‘lib, inkor etilishi mumkin bo‘lmagan hodisadir. Lekin, mondializm nomoyondalari bu jarayonlarning oqibatlarini ro‘kach qilib, o‘zlarini milliy, diniy va mamlakat aholisini mentaliteti bilan uning sotsial-iqtisodiy jihatlarini uyg‘unligiga putur etkazadigan jarayon sifatida qarab globallashuvni inkor etuvchilardir.
Globallashuv va mondializm o‘rtasidagi farqning tub mohiyati shundaki, globalizm har qanday tarzda ham ijtimoiy tuzum asoslariga kuchli ta’sir qilmaydi, aksincha, millatlararo aloqalar qanchalik kengaymasin, ular davlatlar tomonidan aniq tartibga solinadi va bunday jarayonlar bilan bog‘liq tovarlar oqimi, kapital va mehnat resurslari(ishchi kuchi) migratsiyasi nazorat qilinadi. Umuman olganda bu jarayonlar mamlakatlararo va millatlararo globallashuv jarayonlaridir va u tabiy - ob’ektiv hisoblanadi. Masalan, mamlakatlar, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi savdo- sotiq va boshqa aloqalar uzoq tarixiy davrlardan beri mavjud. Miloddan avvalgi davrlarda va o‘rta asrlarda, ayniqsa sharq mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aloqalari va buning uchun o‘sha davrlarga xos infratuzilmalarni yaratilishi islom davlatlari o‘rtasidagi chegaralarning shaffofligi, ayrim hollarda chegaralarning noaniqligi o‘ziga xos globallashuvga misol bo‘la oladi. Lekin bunday globallashuv o‘z davriga xos ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. YAna bir misol, o‘rta asrlarda Novgorodliklar va Prussiya knyazliklari o‘rtasidagi savdo-sotiq ishlari rus va nemis xalqlari o‘rtasidagi millatlararo munosabatlar sirasiga kiradi. Keyinchalik, XV asrda Germaniyada tashkil topgan “Ganza” savdo kompaniyasining savdo aloqalari, Evropa davlatlarida XIII-XVI asrlarda mavsumiy savdo yarmarkalarining o‘tkazilishi ham davlatlararo va millatlararo globallashuvning bir shakli sifatida nomoyon bo‘lgan edi.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa kapitalizm genezisi davrida(XVII-XIX asrlarda) globallashuv jarayonlari o‘ziga xos shaklda biroz jadallashdi. Bunga mustamlakachilik bilan bog‘liq harbiy-siyosiy harakatlarning, iqtisodiy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun amalga oshirilishi yaqqol misol bo‘la oladi.
Fanimizning dastlabki mavzularidan sizga ma’lumki, globallashuv jarayonlari kapitalga asoslangan tovar ishlab chiqarishning, ya ’ni kapitalistik bozorli iqtisodiyotni buyuk geografik kashfiyotlardan keyin asta-sekin shakllanib rivojlanishi davrlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, XIX asrning oxiri va ХХ asrda tez rivojlanib, uning ob’ektiv asoslari vujudga keldi. Ayniqsa, Sovet ittifoqi va sotsialistik davlatlarda yuz bergan parchalanishlardan keyin, yangi bozorli iqtisodiy tizimlarning shakllanib vujudga kelishi keng qamrovli globallashuvga sabab bo‘ldi.
Antiglobalizmni vujudga kelishini asosiy sabablarini ko‘rib chiqishdan oldin, uni mohiyatini chuqur anglab ta’rif berishimiz kerak. Antiglobalizm, ya’ni “mondializm” biz yuqorida ko‘rib chiqqan jarayonlarni inkor etmaydi, lekin, hozirgi globallashuv jarayonlarini boshqacha talqin etadi. Ularning fikricha, hozirgi globallashuv jarayonlari ob’ektiv hodisa emas, balki iste’molchilarni ko‘payib borayotganligi tufayli turli xil moddiy ne’matlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan transmilliy korporatsiyalarning manfaatlariga buysungan jarayon bo‘lib, u mamlakatlar ustidan hukumron globalizatsiyadir va u davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi chegaralarni emirib, ularni yo‘q qiladigan jarayondir. Mondializmning asl mohiyati aynan shundan iborat bo‘lib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin:- Antiglobalizm(mondializm)- bu globallashuv jarayonlarining alohida jihatlarini zamonaviy shakllariga, xususan, global transmilliy korporatsiyalar va butunjahon savdo tashkiloti(BJST) kabi hukumatlar savdo tashkilotlarining ustunligiga qarshi qaratilgan siyosiy harakatdir.
Bizni davrimizga xos bo‘lgan ommaviy antigloballashuv namoyishlarini vujudga kelishini ob’ektiv sabablarini mufassal tasavvur qilish uchun hozirda globallashayotgan dunyoning asosiy xususiyatlarini mantiqan sarhisob qilish joiz bo‘ladi. Avvalambor ta’kidlash joizki, savdo oqimlari to‘siqlarini kamayishiga qaramay, faqatgina kapital bozorlari haqiqatdan ham global hisoblanib, u banklarning, trastfirmalarning, maslahatlar va takliflar beruvchi konsalting kompaniyalarning, shimoliy postindustrial qutb korporatsiyalarining (Shimoliy Amerika, Evropa, Yaponiya) qo‘lida saqlanmoqda. Ko‘p jihadlarni o‘z ichiga qamrab olgan nomiga qaramasdan, globallashuv jarayonlari shimoliy hududlarda joylashgan rivojlangan mamlakatlarni o‘z ichiga olib, ulkan mintaqalar bo‘ylab o‘tib, lekin, qolgan mamlakatlarni jahon taraqqiyotining bir chekkasiga qoldirmoqda.
Globallashuvning yana bir muhim jihati shundaki, u imtiyozlarga ega tizimni bir qismi bo‘lish imkoniyatini bermaydi. Globallashuv Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarini ko‘pchiligini, Yaqin Sharq (Isroildan tashqari) va Osiyoning ayrim mamlakatlariga haligacha etib bormagan. Globallashuv j arayonlaridan dunyoning aksariyat davlatlarini va uning butun bir mintaqalarini chetlashtirilishi, ularni istisno etilishi, globallashuvga qarshi harakatlar, etnik-milliy nizolar, terrorizm va qurolli to‘qnashuvlar xavfini shubhasiz oshiradi. Bunday globallashuv jarayonlari barqarorlikni keltirib chiqarmaydi, aksincha, jahondagi umumiy vaziyatni beqarorlashtiradi.
Aslida globallashuv dunyoning barcha mintaqalari va joylari uchun qariyb bir xil rivojlanish sharoitlarini talab qilishi kerak. Lekin, real hayotda, yaxshi rivojlanmagan-kambag‘al va rivojlangan boy mamlakatlarda yashovchi aholining daromadlari o‘rtasidagi nomutanosiblik nafaqat o‘sib bormoqda, balki eng rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tor doirada o‘zaro amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarga qaraganda, hukumatlari o‘z eksportchi korxonalariga yordam beradigan va mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari ancha past bo‘lgan mamlakatlarga moliyaviy vositalar va texnologiyalarni o‘tkazishga hamda ulardan o‘z bozorlariga raqobatbardosh mahsulotlarni qabul qilishga qarshi chiqmoqdalar.
Globallashuv apologetlari jahon bozori globallashib borayotganligiga ishontirishga harakat qilmoqdalar. Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda etakchi mamlakatlar faqat o‘zlarini ichki bozorlarini, aynan o‘zlarida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib qolmoqdalar. Masalan, AQSH sanoatining tashqi savdo va ayirboshlashga jalb etilmagan tarmoqlari va sohalari mamlakatdagi barcha ishchilarni 82%ni qamrab oladi, ish bilan band bo‘lganlarning qariyb 90%i o‘z aholisini iste’moliga mo‘ljallangan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlaydi. Zamonamizning iqtisodiy hududlarini uchta qutbidagi rivojlangan mamlakatlar AQSH, Evropa Ittifoqi davlatlari va Yaponiya iqtisodiyotida yaratilagn YAIMning atigi 12%i eksport qilinadi. Bu mamlakatlarning milliy kapitali hajmini nazarda tutadigan bo‘lsak, bu ancha katta ko‘rsatgich.
Afsuski, keyingi paytlarda globallashuv jarayonlari tobora ashaddiy kurash maydoniga aylanib bormoqda. Bu jarayonlarga qarshi kurashadiganlar , o‘zlarini himoyasizlik hissi qamrab olgan va boshqarib bo‘lmaydigan jarayonlar hamda ko‘r-ko‘rona hayot adolatsizligi qurbonidek his qiluvchi toifadagi odamlar kiradi. “O‘z sha’nini ta’qirlangan deb hisoblagan , vujudga kelayotgan vaziyatlar qurboni bo‘lish hissi bilan g‘azablanganlar, globallashuvga qarshi harakatdagilarni ancha kuchaytirishi mumkin va bu globallashuv jarayonlari ularga ko‘proq AQSH uchun foydalidek ko‘rinishi mumkin ”- deb yozgan edi F.Xeyzberg,- London Xalqaro Institutining sobiq direktori. YAna uning yozishicha, “o‘tgan asrda Germaniya, Italiya va YAponiya militarizmining o‘zlarini —proletar millatlar”- deb e’lon qilishlari, bu mamlakatlarda keng tarqalgan va ommaviy tus olgan tuyg‘u,- o‘z davrining iqtisodiy rivojlanishidan boshqa mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro taqsimlangan foydadan , nafdan umuman foyda olmaganlik hissida o‘z aksini topadi”. Uning ogohlantirishicha, Ikkinchi jahon urushidan keyin 70 yil o‘tgach, dunyodagi eng nufuzli mamlakatlarda shu kabi his tuyg‘ular va qarashlar yana paydo bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, globallashuv jarayonlari bo‘yicha G‘arb mamlakatlari va boshqa ayrim mamlakatlar tadqiqotchilari, dunyo miqiyosida deyarli barcha iqtisodiy to‘siqlarni bartaraf qilinishi, birinchi navbatda eng kuchli davlatlar uchun foydali ekanligini tan oladilar. Jahon iqtisodiyotini globallashuvidan eng ko‘p foyda ko‘rgan mamlakat AQSH hisoblanadi. Hattoki, 1997-1998 yillardagi iqtisodiy inqiroz Osiyo davlatlarini bir qismini qamrab olishiga va Evropa ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini keskin pasayishiga qaramay, AQSH sanoati va qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy rivojlanish haqiqiy odimlovchi o‘sishni eslatardi. —Globallashuvdan eng ko‘p foyda olishda, -ta’kidlagan edi amerikalik siyosatshunos olim E.Basevich, -AQSH vujudga kelayotgan qulay shart- sharoitlardan unumli foydalanayapdi. Ularning bosh vazifasi kelajakda Amerikaning jahondagi gegemoniyasini uzoq muddatga mo‘ljallangan kengaytirish strategiyasini ishlab chiqishdir”.
Antiglobalizmni vujudga kelish sabablarini aniqlashda, uning yana bir jihatini eslatib o‘tish lozim bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi natijalaridan asosan bir guruh sanoati rivojlangan mamlakatlar va “o‘yin qoidalari”ni belgilaydigan hamda bozorlarni shakllantiradigan transmilliy korporatsiyalar juda katta foyda oladilar. Xalqaro savdo va kapital harakatining katta qismi aynan sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladi. Bu jarayonlarda transmilliy korporatsiyalar hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, ular jahon eksportining qariyb 2/3 qismini nazorat qiladilar. Jahondagi eng boy 200 kishining aktivlari, iqtisodiy tabaqalarning boshqa tomonida joylashgan 2 milliard kishining umumiy daromadidan oshib ketishi, dunyo boyligini ular qo‘lida to‘planayotganligining yaqqol nomoyon bo‘lishidir. Lekin, shu bilan bir vaqtda qashshoqlik dengizida g‘arq bo‘layotganlarning mavjudligi, tarixan ijtimoiy qo‘zg‘olonlarga va sotsial portlashlarga tayyorgarlik bo‘lib kelayotganlik ehtimolini vujudga keltirmoqda.
Xalqaro savdo hajmining oshib borishi, jahon iqtisodiyotidagi umumiy iqtisodiy o‘sishga olib kelmadi. XX asrning keyingi ikki o‘n yilligida faqat 33ta mamlakat aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAlpi Ichki Mahsulot(YAIM)ning yillik o‘sishini 3% darajasida ushlab tura oldi. 59ta mamlakatda jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIMning hajmi pasayib ketdi, va 80ta mamlakat aholisi bundan o‘n yillar oldingi darajaga qaraganda aholi jon boshidan ancha past darajaga ega bo‘lib qolmoqda. SHu bilan birga, kam rivojlangan mamlakatlar ko‘pincha global savdoda eng ko‘p integratsiyalashgan mamlakatlar hisoblanadi. Masalan, Lotin Amerikasi mamlakatlariga qaraganda, Afrikaning sahroi kabirdan janubroqda joylashgan mamlakatlar YAIMning tarkibida eksportning miqdori nisbatan ancha yuqori, lekin, ularning eksporti asosan qishloq xo‘jaligi va undirma sanoati mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Bunday iqtisodiy sharoitda ular oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan jahon bozori noaniqligi oldida zaif bo‘lib qoladi.


  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling