1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Iqtisodiy xavfsizlikning bosh vazifasi


Download 1.03 Mb.
bet67/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Iqtisodiy xavfsizlikning bosh vazifasi - mamlakatning oliy milliy davlat manfaatlariga javob beradigan va milliy resurslarni nazorat qilishga asoslangan iqtisodiy mustaqil iqtisodiy siyosat olib borilishini ta’minlashdir. Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning barqarorligi, o‘zini rivojlantirish va taraqqiy toptirishga qodirligini kafolatlashi kerak.
Milliy iqtisodiy xavfsizlikka milliy davlat manfaatlarining amalga oshirilishida izchillikni, xo‘jalik yurituvchi subektlarning barqaror faoliyatini, aholining hayoti va faoliyati uchun normal sharoitni saqlash qobiliyati sifatida qarash lozim. Milliy iqtisodiy xavfsizlik xavf-xatar hamda iqtisodiy manfaatlarga bo‘ladigan tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish tizimini yaratish borasidagi harakatlar majmuidir. Iqtisodiy xavfsizlik - milliy iqtisodiyotning ijtimoiy ehtiyojlarni samarali qondirish va normal iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash qobiliyati. Bu tashqi va ichki iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, harbiy, tabiiy va texnogen beqarorlashtiruvchi ta’sirlar chog‘ida yuksak darajadagi barqarorlikni saqlash qobiliyatidir.
Xulosa. Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonida milliy iqtisodiyotning ochiqlik chegaralari milliy davlat manfaatlarini himoya qilish sohasi hisoblanadi. Bir tomondan, iqtisodiyotning ajralganligi va biqiqligi mamlakatni jahon taraqqiyotining chetiga surib chiqaradi. Boshqa tomondan, to‘liq ochiqlik milliy iqtisodiyotning tanazzuliga va resurslarning tor bir guruh mamlakatlardagi moliyaviy markazlarga oqib ketishiga olib keladi. Iqtisodiyotning ochiqligi hozirgi moliyaviy bozorlarning nomukammalligi, beqarorligi va keskin inqirozli tanazzullar tufayli ham muayyan chegaralarga ega bo‘lishi kerak.
Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotimizni raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida makro va korporativ strategik boshqaruv va rejalashtirishning yangi shakllariga e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda tovar ishlab chiqaruvchilari uchun ichki va tashqi bozorda qulay sharoitni ta’minlash maqsadida bozor xo‘jaligining zamonaviy institutlari, korporativ boshqaruv mexanizmlari, moliya bank tizimini yaratish yo‘lida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu geosiyosiy strategiya va globallashuv jarayonlari nuqtai nazaridan ichki va tashqi tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini va xususiyatlarini qanday izohlaysiz?

  2. Milliy iqtisodiy xavfsizlik deganda nimani tushunasiz?

  3. Ijtimoiy xavfsizlik tushunchasi nimani anglatadi?

  4. Iqtisodiy xavfsizlik va ijtimoiy xavfsizlik farqlarini va umumiy jihatlarini tushuntiring?

  5. Iqtisodiy xavfsizlik qanday turlarga bo‘linadi?

  6. Tashqi iqtisodiy integratsiya deganda nimani tushunasiz?

  7. Itisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlatning asosiy funktsiyalari?

  8. Sizning fikringizcha globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillar qanday rolb o‘ynaydi?

  9. Sizning fikringizcha milliy iqtisodiy xavfsizlik tahdidlari nimadan iborat?

  10. Iqtisodiy moslashuvchanlik tashqi omillar bilan bog‘liqmi?

  11. Milliy iqtisodiy manfaatlarga tahdid deganda nimani tushunasiz?

  12. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim?

  13. Iqtisodiy raqobatbardoshlik deganda nimani tushunasiz?

  14. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning bosh vazifasiga nimalar kiradi?

  15. Iqtisodiyotning ochiqligi va iqtisodiy xavfsizlik o‘rtasidagi mutanosiblik qanday ta’minlanadi?

Bibliografik ma’lumotnoma:

  1. Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev SH.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - Toshkent.: Baktriya press, 2015. -584 b.

  2. Livshits A. Prisoedinenie stran SNG k VTO: problembi i resheniya

Vneshneekonomicheskiy byulleten. - M. 2003. №2.

  1. L.S. CHernoy. Globalizatsiya: proshloe ili budushee?

Transformatsiya rbinochnbix xozyaystvenno-ekonomicheskix sistem.
M.: IKTs «Akademkniga», 2003 g.

  1. O.T. Bogomolov. Mirovaya ekonomika v vek Globalizatsii. Uchebnik. -

M.: ZAO Izd-vo «Ekonomika», 2007 g.

  1. Daniltsev A.V. Mejdunarodnaya torgovlya. Instrument regulirovaniya:

O‘quv-amaliy qo‘llanma. Ikkinchi tahrir. - M.: Delovaya literatura,
Paleotip, 2004.

  1. Globalizatsiya mirovogo xozyaystva i evolyutsiya ekonomicheskoy roli gosudarstvo. Pod. Red. Prof. M.V. Kulakova, prof. M.N. Osmovoy. - M.: TEIS 2001. str. 1-20.


  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling