1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
-rasm. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar.
- ахдид ■ бу моддии, ме.чнат, илмии-гехникавни
19.4-rasm. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli
Moslashuvchanlik deyilganda, davlatlarning tashqi omillar keltirib chiqaradigan zararli holatlarga nisbatan ta’sir qila olish qobiliyati tushuniladi, shu orqaligina, tashqi sabablarga yoki umuman barham berish, yoki uning oqibatlarini umuman tugatish, yoki mavjud imkoniyatlarning ortiqcha qismini boshqa bir mamlakatlarga qaratish lozim bo‘ladi. Moslashuvchanlikning mavjud bo‘lishi, ma’lum bir chegaraviy cheklanishlarga ega bo‘ladi. Moslashuvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan choratadbirlar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: -savdo munosabatlarining diversifikatsiyasi; -ko‘p tomonlama hamkorlik; -aloqalarining mustahkamlanishi va jadallashtirilishi; -tejash va zaruriy zahiralarning yaratilishi; -eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishning shakllanishi. Aloqadorlik eng avvalo iqtisodiy moslashuvchanlikda o‘z aksini topadi. Iqtisodiy moslashuvchanlik deyilganda, milliy iqtisodiyotning tashqi omillar salbiy ta’siriga, ya’ni ushbu holatlarning yomon oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, ularga nisbatan ma’lum bir imkoniyatlar qo‘llanilgunga qadar bo‘lgan ta’sirchanligi tushuniladi. Iqtisodiy zaiflik aloqadorlikning ancha yuqori darajasi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy zaiflik deyilganda, xattoki ichki holatlar to‘g‘rilanib yoki yoppasiga o‘zgartirilgandan keyin, moslashuvchanlik haddan tashqari ortiqcha bo‘lgan sharoitda ham tashqi omillar ta’sirining muqarrarligi tushuniladi. Iqtisodiy zaiflik shunday vaziyatda yuzaga keladiki, bunda moslashuvchanlik ortiqchaligining bir qator tanqidiy nuqsonlariga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Aynan iqtisodiy zaiflik to‘liq bo‘lmasada, iqtisodiy xavfsizlik muammosini vujudga keltiradi. Tahdid iqtisodiy xavfsizlikni izdan chiqarishning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Tahdid - bu moddiy, mehnat, ilmiy-texnikaviy zahiralarga va marketing tizimiga bo‘lgan imkoniyatlarning cheklanishidir. Tahdid ikki turga bo‘linadi: Maqsadli tahdid; Iqtisodiy turmush sharoitiga bo‘lgan tahdid. Tahdidning ikkala turi ham davlatning oldindan mo‘ljallangan faoliyatlaridan yoki j ahon iqtisodiyotining rivojlanish tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda yuzaga keladi. Tahdidning zaruriy vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: -iqtisodiy blokada qilish; -to‘siqlar o‘rnatish; -zaifliklar tizimini yaratish; -diskriminatsiya qilishning har xil usullarini qo‘llash. Ana shu tartibda, milliy iqtisodiyot xavfsizligini qandaydir holat sifatida baholash mumkin bo‘ladi, bunda tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishiga tahdid soladigan tashqi omillarning ta’siridan himoyalangan bo‘ladi. Agar YAIM darajasi oldindan ko‘zda tutilgan yoki to‘satdan sodir bo‘lgan tashqi yangiliklarga bevosita bog‘liq bo‘lmasa, u holda milliy iqtisodiyot barqaror bo‘ladi. Agar YAIM darajasi tashqi omillarga ta’sirchan bo‘lsa va mazkur tashqi omillar oqibatlarini zararsizlantirish mumkin bo‘lmasa, u holda iqtisodiy xavfsizlik darajasi beqaror bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob- kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning etishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa xorijiy davlatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya va shu singari sohalarda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishdan iboratdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yo‘nalishi xalqaro savdo bo‘lib, bunda mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar almashuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi tafovutlar va qiyosiy xarajatlardagi tavofutlar bilan tavsiflanadi. SHunga ko‘ra korxonalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalga oshirayotganida, o‘zlari ishlab chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan) mahsulotlarni sotib oladilar hamda o‘zlari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. ахдид ■ бу моддии, ме.чнат, илмии-гехникавни захираларга ва маркетинг тизимига болтан в им кон ия'тларниш чекланишидир
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling