1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Халкаро иктисодий хавфсизликнинг хукукий кафолатлари
- 3. .\ а Р бир давлаггнинг, униш нжтимоий ва с иёс ий тузил ишидан кати на jap ген пик гамойилиниш тан алиниши.
х
МИЛЛИи авфснзлик хал^аро rasm. Iqtisodiy xavfsizlik turlari. Milliy iqtisodiy xavfsizlik - milliy manfaatlarni ichki va tashqi tahdidlardan, hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini etarlicha himoyalashni ta’minlab bera oladigan iqtisodiy holatga aytiladi. Ko‘pgina mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlarini erkinlashtirish orqali izchillik va asta-sekinlik bilan jahon bozoriga chiqish maqsadida olib borayotgan siyosatlarida iqtisodiy xavfsizlikning yangidan-yangi tahdidlari bilan to‘qnash kelmoqdalar. Mustaqil O‘zbekiston qariyb o‘ttiz yil mobaynida juda katta, asrlarga teng yo‘lni bosib o‘tdi va bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hech qachon ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi. Bu, avvalo, istiqlolning, uni mustahkamlash, shuningdek xavfsizlik va tinchlik uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning natijasidir. Халкаро иктисодий хавфсизликнинг хукукий кафолатлари 19.3-rasm. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikning huquqiy Kafolatlari. 3. .\аР бир давлаггнинг, униш нжтимоий ва с иёс ий тузил ишидан кати на jap ген пик гамойилиниш тан алиниши. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizlik borasidagi milliy ustuvorliklariga to‘xtalishni lozim topdik. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy ustuvor yo‘nalishlari milliy manfaatlar, real va potentsial xavflarga bog‘liq ravishda aniqlanadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -Bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, real mulkdorlar sinfini shakllantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni ketma-ket o‘tkazish; -Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojlanishini rag‘batlantirish; -Mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni himoyalash, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlashni amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish; -Barqaror va dinamik iqtisodiy o‘sish asosida insonlarni munosib hayot sharoitlarini tashkil etish; -Investitsion faoliyatini faollashtirish, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishini tashkil etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarini amalga oshirish; -Makroiqtisodiy barqarorlik, moliya pul-kredit tizimlari barqarorligini ta’minlash, milliy valyutani kuchaytirish; -Agrar sektorda tub islohotlarni amalga oshirish, qishloqda bozor mexanizmini rivojlantirish, dexqonlarda xo‘jayinlik xissini uyg‘otish; -Tabiiy, mineral xomashyo, iqtisodiy va ilmiy-texnika salohiyati oqilona ishlatish, mamlakat hududlarini majmuiy rivojlantirish; -Iqtisodiyotni favqulodda holatlarda barqaror ishlashini ta’minlash; Tashqi iqtisodiy integratsiyani faollashtirish, xorijiy karitalni keng kiritish, eksport salohiyatini rivojlantirish, eksport va import tarkibini takomillashtirish va boshqalar. Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti davlatning tashkil etilgan va muvofiqlashgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi sifatidagi iqtisodiy tizimidir. Iqtisodiy xavfsizlik sohasida davlat faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat: -kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy tizim va davlatni beqarorlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli omillar monitoringi va tavsifi; -bu omillarning zararli ta’sirini yuqotadigan yoki yumshatadigan iqtisodiy siyosat va institutsional o‘zgarishlarni iqtisodiy islohotlarning yagona dasturi chegarasida shakllantirish; Iqtisodiy xavfsizlik inshootlari - bu xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va strategik maqsadini tashkil etuvchi, real mavjud bo‘lgan hodisa, jarayon va munosabatlardir. Iqtisodiy xavfsizlik inshootlariga shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning roli. Davlatlar tomonidan iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlashga bo‘lgan harakat ko‘plab murakkab muammolarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda, ularning biri iqtisodiy xavfsizlik muammosi bo‘lib, ya’ni jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro hamkorlik qilishning muqobil shart-sharoitlarini aniqlab olish muammosidir. Asosan, o‘zining etarli energiya va xom ashyo zahiralariga ega bo‘lmagan sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun iqtisodiyotning ochiqligi, ularning yanada taraqqiy etishida bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyodagi qolgan mamlakatlarning barchasi ham o‘zaro savdo munosabatlarini o‘matish va rivojlantirish maqsadida xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqdalar, bu esa xalqaro mehnat taqsimoti sub’ektlarining o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro bog‘liqligining kuchayishiga va tashqi salbiy ta’sirlardan himoyalanish maqsadida ixtisoslashuv va kooperatsiyadan olinadigan foydalarni hisob-kitob qilish zaruratining paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Buning natijasida milliy iqtisodiyotning beqaror tavakkalchiligi paydo bo‘ladiki, bunda dunyodagi barcha mamlakatlar o‘zining —ochiqlik darajasidan kelib chiqib, absolyut xavfsiz bo‘lgan savdo (tijorat) munosabatlariga kirisha olmaydilar. SHuning uchun ham tashqi savdo rivojlanayotgan bir paytda, dunyoning qaysidir mamlakatlaridagina, o‘zaro aloqadorlikdan kelib chiqib, nisbiy iqtisodiy xavfsizlik xukm surishi mumkin bo‘ladi. Jahon xo‘jaligining globallashuvi sharoitida o‘zaro aloqadorlik mohiyatan o‘zida ma’lum bir aloqalarni namoyish etadigan iqtisodiy bog‘liqliklarga olib kelishi mumkin, bunday sharoitda tashqi omillar u yoki bu holatlarning rivojlanishida salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling