1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet11/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Xulosa. Jahon iqtisodiyoti tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar, rivojlangan va rivojlanayotgan hamda “uchinchi” dunyo mamlakatlari globallashuv jarayonlari girdobiga tortilmoqda. Ma’lumki, globallashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti tizimida ХХ asrning 70-80 yillari yaqqol nomoyon bo‘la boshladi. Bularga, ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi va integratsiyalashuvi natijasida, uning globallashuvi va global ishlab chiqarishning vujudga kelishi, natijada kapital va mehnat resurslariga hamda moliyaviy vositalarga bo‘lgan talabning ortib borishi, kapital va mehnat resurslarini migratsiyasining kuchayishiga, toarlar va xizmatlar savdosining global tizimini hamda global moliyaviy tizimni shakllanishiga olib keldi. Bu jarayonlarning natijasi o‘laroq kapital, ishchi kuchi va informatsion (axborot) texnologiyalarning global bozorlari shakllandi. Umuman, zamonaviy globallashuv jarayonlarining asosini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot(ITT) tashkil etadi. ITTning ХХ asrning ikkinchi yarmida yangi sifat bosqichiga o‘tishi(ilmiy-texnika inqilobiga), butunjahon miqiyosida fanning beshinchi ishlab chiqarish omiliga aylantirdi va natijada ilmiy-texnik ishlanmalar bozorlari vujudga kelib, intelektual faoliyat natijalari bilan ayirboshlashning global tizimi shakllandi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarish va kapitalning baynallminallashuvi transmilliy korporatsiyalarni yanada ulkanlashuviga hamda yirik xalqaro korportsiyalar doirasini kengayishiga, natijada bu jarayonlar tashqi iqtisodiy aloqalarning umumiy liberiallashuviga hamda ochiq turdagi milliy iqtisodiyotlarni paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga olib keldi.
Bugungi kunda axborotlashtirish, axborot texnologiyalari xalqaro iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biriga aylanmoqda; xalqaro miqyosda joriy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy jarayonlarni milliy darajada tartibga solishdan yuqori turuvchi, davlatlararo tartibga solishga intilishning kuchayib borayotganligi ham globallashuv jarayonlarini chuqurlashtirmoqda. Natjada, milliy iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish maqsadida antiglobalistlar harakati ham vujudga keldi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga globallashuv jarayonlari ta’sirini qanday izolaysiz?

  2. Globallashuv to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalar qachon va qaerda paydo bo‘la boshladi?

  3. Hozirgi zamon globallashuv tendentsiyasining asosiy belgilari nimalardan iborat?

  4. Davlatni, iqtisodiyotni tartibga solish roliga globallashuv jarayonlari qanday ta’sir qiladi?

  5. Rivojlangan va aksariat rivojdanayotgan mamlakatlarning “ochiq iqtisodiyot” tamoyillariga o‘tishi sabablarini ko‘rsatib bering?

  6. Sizning fikringizcha fanning asosiy manbalari nimalardan iborat?

  7. Jahon xo‘jaligi mamlakatlari o‘rtasida qanday sohalarning birlashuvi xalqaro xo‘jalik komplekslarini(majmualarini) vujudga keltiradi?

  8. Global iqtisodiy rivojlanish fanining tadqiqot ob’ektiga qanday jarayonlar kiradi?

  9. Sizning fikringizcha «Global iqtisodiy rivojlanish» fanining predmeti deb nimaga aytiladi?

  10. Bu fanni o‘rganishning asosiy vazifasi va ahamiyatini siz qanday izohlaysiz?

  11. Global jahon xo‘jaligi tizimidagi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni qanday tavsiflash mumkin?

  12. Iqtisodiy integratsiya va iqtisodiyotni baynalminallashuv jarayonlari deb nimaga aytiladi?

  13. Global iqtisodiyotining funktsional bloklari(elementlari)ga nimalar kiradi?

  14. Global iqtisodiyotni o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib nimalar hisoblanadi?

Bibliografik ma’lumotnoma:

  1. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Raximov J.M. “Global iqtisodiyot” (O‘quv qo‘llanma), - T.: TDIU, 2019 y. 232 -bet.

  2. Xodiyev B., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T. «Barkamol fayz-media» nashriyoti, 2017.

  3. Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev SH.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - Toshkent.: Baktriya press, 2015. -584 b.

  4. Globalbnbie tendentsii 2030: Albternativnbie mirbi [Elektronnbiy resurs]. Natsionalbnbiy Sovet po razvedke. — Dekabrb 2012. — Rejim dostupa:http://www.nkibrics.ru/system/ asset publications/ data/53c 7/b3a 1/676 c /7631/400a /0000/original/ Global-Trends-2030-RUS.pdf?1408971903.

  5. Zaytseva I.A. Globalbnbie riski, kak faktorbi, vliyayuщie na sovremennuyu sistemu mejdunarodnbix otnosheniy // Problembi postsovetskogo prostranstva. — 2017. — T. 4. — № 4. — C. 356-363.

  6. K seredine veka 68% naseleniya planetbi budet jitb v gorodax [Elektronnbiy resurs]. Organizatsiya Ob’edinennbix Natsiy, Departament po ekonomicheskim i sotsialbnbim voprosam. — Nbyu-York. — May 2018y.

  1. MAVZU: JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI TO‘G‘RISIDAGI KONTSEPTSIYALARINING SHAKLLANISHI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA YO„NALISHLARI

REJA:

    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy tendentsiyalari to‘g‘risidagi kontseptsiyalar;

    2. Globallashuvning ob’ektiv asoslari to‘g‘risidagi kontseptsiyalar;

    3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari.

  1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy tendentsiyalari to‘g‘risidagi kontseptsiyalar.

XX asrning oxiri va XX1 asrning boshlarida. globallashuv jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendentsiyasiga aylandi. Biroq, faol iqtisodiy globallashuv, uning istiqbollari va oqibatlari to‘g‘risidagi qarama-qarshi tushunchalarni va fikrlarni keltirib chiqardi, bu esa jahon iqtisodiy tizimida sodir bo‘layotgan jarayonlarning mohiyatini anglashni talab qiladi.
"Globallashuv" tushunchasi keng qo‘llanilishiga qaramay, uning mohiyatini aniqlash bir qator qarama-qarshiliklar bilan birga keladi: talqin va ta’riflarning ko‘pligi, ushbu hodisaning sabablari va tarixiy asoslarining noaniqligi, shuningdek globallashuv natijalarining xiralashgan talqini va uning rivojlanish istiqbollarining noaniqligidan kelib chiqadi. "Globallashuv" tushunchasi ta’riflarining ko‘pligi insoniyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi bilan bog‘liq. Biroq, taklif qilingan va ishlatilgan ta’riflar har doim ham mavjud bo‘lgan voqelikni aks ettirmaydi, jarayonlarni barcha xilma-xilligi bilan qamrab olmaydi va sifat jihatidan yangi hodisalarga e’tibor bermaydi.
Aksariyat hollarda globallashuv deganda “iqtisodiy ochiqlikning ko‘payishi, savdo va xalqaro kapitalning erkinlashuvi” tushuniladi. G. Kolodko shunday yozadi: "Globallashuv - bu ilgari ma’lum darajada yakka holda ishlagan tovarlar, kapital va ishchi kuchi bozorlarini yagona jahon bozoriga qo‘shilishi va erkinlashtirilishining tarixiy jarayonidir". Boshqa mualliflar globallashuvni butun XX-asr davomida sodir bo‘lgan iqtisodiy baynalmilallashuvning rivojlanishi bilan bog‘lashadi, buning natijasida nafaqat ayrim mamlakatlar, balki mintaqalar iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi oshadi. M. Intrilligatorning fikriga ko‘ra, globallashuv "ko‘proq ochiqlik, integratsiya va chegaralarning yo‘qligi tomon aniq ravshan tendentsiya bilan xalqaro savdo-sotiq va xalqaro iqtisodiyotdagi barcha turdagi almashinuvlarni sezilarli darajada kengayishini" anglatadi. Globallashuv talqinlarining noaniqligi va ko‘pligini sababi ushbu jarayonning boshlanishini aniqlashdan kelib chiqadi.
"Globallashuv" tushunchasini o‘zi birinchi marta 1980-yillarning boshlarida T. Levitt tomonidan kiritilgan bo‘lib, u orqali TMKlar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozorlarining birlashishi hodisasini tushungan. V.I.Pantin bu j arayon qadimgi davrlarda boshlangan deb hisoblaydi, ammo globallashuv haqidagi g‘oyalar faqat ХХ-asrda keng tarqaldi. E.A. Azroyants globallashuv qo‘shnilarning o‘zaro ta’siridan boshlangan deb taxmin qilmoqda. Jahon banki mutaxassislari globallashuvning boshlanishini 1970 yilda, aholining migratsiya oqimlari, kapital oqimining ko‘payishi va xalqaro savdoning o‘sishi bilan bog‘lashadi. 1980 yillarga kelib, ular rivojlanayotgan mamlakatlarning global bozorlarga chiqishi, xalqaro migratsiyasining o‘sishi va kapital harakati bilan bog‘liq bo‘lgan globallashuvning uchinchi to‘lqinining boshlanishini nazarda tutadi. M.M.Kovalevning fikricha, dunyo mamlakatlari tovar, xizmat va kapitalga o‘zlarining milliy bozorlarini tobora yaqinroq integratsiyalashuvi (birlashishi) natijasida o‘zaro bog‘liqlikning ortib borishi jarayonini vujudga keltiradi va uning boshlanishi o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilliklariga to‘g‘ri keladi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuviningning zamonaviy rivojlanish bosqichi sifatida globallashuv 1990 yillarda shakllangan, buning uchun yuqorida aytib o‘tilgan bir qator tarixiy zaruratlarga ega bo‘lganligi haqida bahslashish mumkin. Jahon sotsialistik tizimi va SSSRning parchalanishi globallashuvning insoniyat taraqqiyotini sifat jihatidan yangi bosqichi sifatida shakllanishiga hissa qo‘shdi, natijada geosiyosiy ta’sir markazi yanada torayib bordi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti - bu yagona iqtisodiy qonunlarga muvofiq, yagona mexanizm vazifasini o‘taydigan yagona global iqtisodiy tizimdir. J. Sorosning fikriga ko‘ra, "kapitalistik tuzumni ilgari mavjud bo‘lgan imperiyalarga qaraganda global bo‘lgan imperiya bilan taqqoslash mumkin".
Globallashuv mohiyatining ta’rifi uning ikkilangan tabiati bilan to‘qnashadi. Bir tomondan, globallashuv jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvida ifodalangan ob’ektiv asosga ega. Boshqa tomondan, bu globallashuv sub’ektlarining maqsadli yo‘nalishida namoyon bo‘ladigan sub’ektiv xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
SHunday qilib, jahon xo‘jaligini globallashuvi - ХХ asrning 1980 yillar oxiri 1990 yillar boshida keng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar —globallashuv atamasi zamonaviy iqtisodiyotda yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya’ni global miqyosda savdo qilishga yo‘naltirilgan korporativ strategiyalarni birlashtirish kabi muayyan, o‘ziga xos hodisani belgilash uchun foydalanilgan.
Globallashuvga nisbatan turlicha yondoshuvlar, turli ta’riflar mazkur tushunchaning mazmuni va hatto uning muvaqqat chegaralari ifodalanishi saqlanib kelmoqda. Jumladan, globallashuv jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xo‘jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e’tiboran rivojlanib kelayotgani to‘g‘risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Globallashuv butun dunyo - tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e’tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
Jahon iqtisodiyotini globallashuvi - xo‘jalik hayotini zamonaviy butunjahon baynalminallashuvi bosqichidir, uning doirasida jahon xo‘jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bo‘lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega
bo‘ladi. SHunday tavsiflar sifatida jahon xo‘jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bo‘lgan mamlakatlarni jalb etilishi, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllanishi, jahon iqtisodiy tizimiga ba’zan izchil bo‘lmagan yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Jahon xo‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, ko‘pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar miqiyosdagi axborot tarmog‘i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotga aylana boshladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashtirilishi, investitsiyalarning tarmoqli tuzilmasi, ishlab chiqarish va xalqaro savdo xususiyatining o‘zgarib borishi, xo‘jalik hayoti sub’ektlari tomonidan global kon’yunktura hisobga olingan holda belgilanadi, natijada iqtisodiy o‘sishlar va pasayishlar butunjahon miqyosini qamrab oladi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling