1-mavzu. “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Geosiyosat va globallashuv tushunchasi


Download 353.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.04.2023
Hajmi353.57 Kb.
#1376980
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu maruza

 


Geosiyosat va globallashuv tushunchasi 
Nafakat ilmiy doirada, balki siyosatshunoslar urtasida xam «geosiyosat» 
tushunchasiga nisbatan yagona bir ta’rif yuk. Mavjud ta’riflar u yoki bu darajada 
bir-birini to‘ldirsada, ma’lum jixatdan bir-biriga karama-karshi xamdir. O‘z 
navbatida geosiyosatning ob’ekta va sub’ekta xakida xam turlicha karashlar bor. 
Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, balki ularga 
geosiyosatning fan sifatida shakllanayotganligi bilan bog‘liq tabiiy jarayon sifatida 
baholash kerak. 
To‘g‘ri, XX asrning 90-yillarigacha kommunistik mafkura geosiyosatni 
imperialistik ekspansiya asoslash uchun geografik dalil va omillardan 
(mamlakatning xududi, joylashuvi va boshqalar) foydalanuvchi siyosiy konsepsiya 
deb, uning asosini irkchilik, maltuschilik, sotsial.—darvinizm bilan bog‘lab 
ta’riflash orka salbiy baxolab kelgan. Birok, keyingi un yil ichidagi o‘zgarishlar 
geosiyosatga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga chikardi va geosiyosat sobik 
sovet fani uktirib kelgan goyalarning batamom aksi ekanligini kursatdi. 
"Geosiyosat" so‘zi garchi yunon tilidagi "geo" (yer) va "politika" (davlatni 
boshkarish san’ati). Qolaversa, baxs etayotganimiz geosiyosat nazariyasi xam 
avvalo nemis geosiyosiy maktabida shakllanganligi barchaga ma’lum. 
«Geosiyosat» so‘zini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis 
olimi Fridrix Ratselni aytish mumkin. Olim siyosiy geografiyadan baxs etadi va 
uzining 1897 yilda chop etilgan asosiy ishini xam «Siyosiy: geografiya» deb 
nomlagan. Garchi F.Ratsel siyosiy geografiya xakida sub’ektiv fikrlarini o‘rtaga 
tashlasada, uning muloxazalari bevosita geosiyosiy axamiyatga ega edi. Jumladan, 
olim davlatda geografik omillarning ustuvorligini va ularning o‘zgarmasligi 
borasidagi fikrlarni yoklamaydi. Uningcha, davlat doimo jo‘shqinlikda xaet 
kechiruvchi «tirik organizmdir». F.Ratsel fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan 
farkli tarzda, davlatning joylashishi, uning iklimi va shakllari bilan birlamchi 
darajada kizikmaydi. Ilmiy doirada birinchi bulib "geosiyosat" atamasini shved 
olimi Rudolf Chellen (1864—1922) uzining «Davlat xayotning bir shakli sifatida» 
nomli asarida qo‘llagan. Olim geosiyosatga kuyidagicha ta’rif beradi, ya’ni 


«geosiyosat — bu borlikdagi davlatlarni geografik organizm sifatida o‘rganuvchi 
fandir». Shuningdek, geosiyosat "... makonni fundamental asosda tadkiq kilish 
bo‘lib, tadkikot Yer va undagi foydali kazilmalar bilan boglik. Bu esa o‘z navbatida 
imperiyalarning tashkil topishini, mamlakatlarning yuzaga kelishini va davlatlar 
xududdarini urganish demakdir". 
Geosiyosatga o‘ziga xos ta’rif o‘z vaktida «Geopolitika» nomli nemischa 
jurnalda berilgan: Geosiyosat yer va siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
o‘rganuvchi fandir. U geografik fundamentga ega. Shuningdek, geosiyosatdagi 
siyosiy organizmlar va ularning tuzilishini urganuvchi fan — siyosiy geografiyaga 
asoslanadi. Geosiyosatning maksadi siyosiy xarakatlarni kerakli vositalar bilan 
ta’minlash va umuman siyosiy xayotga yunalishni kursatadi. Bu jixatdan 
geosiyosatni amaliy siyosatni boshkarish xakidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat 
— davlatning geografik aklidir. Kuplab tadqiqotchilar geosiyosatga davlatning 
geostrategik kudratiga ta’sir o‘tkazuvchi geografik, tarixiy, siyosiy, madaniy va 
bosh a omillarni o‘rganuvchi fan sifatida arashadi. Ba’zilari esa geosiyosatning 
jamiyatdagi, ma’lum bir mintaqa yoki davlatlardagi xarbiy — siyosiy, madaniy va 
iklgisodiy omillarni etuvchi fan ekanligini isbotlashga urinishadi. 
Umuman geosiyosatga nisbatan berilgan ta’riflarni shartli ravishda uchta 
asosiy qismga ajratish mumkin. Bular: 
- yo‘nalish: geografiya va siyosat urtasidagi munosabatlarga katta e’tibor 
beriladi. Bu yunalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida k.arab, uning 
siyosatga kuprok ta’sir etishini uktirishadi; 
- yo‘nalish: muayyan mintaka yoki ja onda xokimiyat uchun siyosiy kuch 
markazlarining uzaro kurashlariga kengrok e’tibor beriladi. Bu yunalishdagilar 
asosan davlatlararo raqobatga e’tibor berib, fanning umumbashariy xususiyatlaridan 
baxs etadi; 
- yo‘nalish: xalkaro maydonda xokimiyat uchun kurashni geografik asosda 
tadkiq kilgan va ishlayotgan geosiyosatshunos tadkikotchilar fikrlari. Bu 
yunalishdagilar geosiyosiy konsepsiyalarning davlatlar tashki siyosatining 
ko‘rinishi sifatida kabul kilishadi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, ikkinchi 


yo‘nalishdagi tadqiqotchilar fikrlari uchun ushbu yo‘nalishga oid olimlarning 
fikrlari genetik asos bo‘lishi mumkin. 
Qayd kilingan umumiy qarashlardan ko‘rinib turibdiki, geosiyosat uslubiy 
va o‘z ob’ekti siyosiy geografiyadan farq kilsada, uning amaliyoti jamiyatdagi 
geografik omillar va siyosat bilan bevosita boglangan. Anikrogi, geosiyosat o‘z 
amaliyotida kuyidagi ikki ko‘rinishdagi geografik xolatlarni, ya’ni doimiy va 
o‘zgaruvchan geografik omillarni hisobga oladi. 
Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintakaning xududiy joylashuvi
chegarasining shakli va kulami (nisbatan), iklimi, relefi, flora va faunasi va shu 
kabilar kiradi. O‘zgaruvchan geografik omillar esa mintaka yoki davlatning axolisi, 
foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. 
Umuman borlikdagi asosiy geosiyosiy omillar kuyidagi kurinishlarda 
namoyon buladi: 
siyosiy (davlatning siyosiy tuzilishi va uning uziga xos xususiyatlari, 
davlatdagi ijtimoiy katlamlar, davlatning chegaralari) 
geografik (borlikda joylashuv xolati, tabiiy resurslari, fauna va flora dunyosi 
va iktisodiy (axolining turmush darajasi, ishlab chikaruvchi kuchlar kudrati, tuzilishi 
va madaniy (milliy an’analar, madaniy kadriyatlar fan va ta’lim tarakkiyoti darajasi 
va demografik (axoli tarkibi va joylashuvi, axolini o‘sish darajasi va xarbiy (qurolli 
kuchlarining kudrati va xarbiy tayyorgarligi, xarbiy mutaxassislarni tayyorlash 
darajasi va ekologik (axolining davlatlar va mintakalar tabiiy resurslarining
chegara munosabati, xom—ashyo zahiralarining kamayishi va geosiyosat uz 
kamrovi jixatidan kup kirrali va juda kengdir. Zamonaviy geosiyosat mundarijasi 
jaxon siyosati, xokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari 
bilan bevosita boglik. Bu jixatdan geosiyosatga — geosiyosat jamiyatdagi 
boshqaruv muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta’rif berish mumkin. Bundan 
tashkari, geosiyosat fan sifatida bir kator mustakil fan va fan soxalarining 
xususiyatlarini, o‘zida mujassamlashtirgan. Bular - geografiya, siyosatshunoslik, 
tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar tarixi, sotsiologiya, xarbiy 
bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, 


geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki kuplab fanlarga xos xususiyatlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan tarmoqlararo fan tizimidir. 
Kayd kilingan muloxazalar asosida geosiyosatga kuyidagi ta’rifni berish 
mumkin: geosiyosat — danlagning strategii sudratiga ta’sir etuvchi geografik, 
tarixiy, siyosiy va boshqa o‘zaro bog‘liq bulgan omnllarni birgalikda kiruvchi va 
etuvchi tarmoklararo fandir. 
 

Download 353.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling