1-mavzu. “Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
Globallashuv ob’ekti va predmeti
Download 353.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu maruza
2. Globallashuv ob’ekti va predmeti
Bugungi xalkaro munosabatlarda kechayotgan jarayonlarni o‘rganish va ularni taxlil etishdagi nazariy — uslubiy yondashuvlar o‘tgan davrlardagi yondashuvlardan ma’lum darajada farq kiladi. Negaki, zamonaviy ilmiy muxit jaxon tarakkiyotining murakkab muammolarini o‘zida joriy kilgan "o‘tish davri" bilan rubaru kelib turibdi. Uning ustiga "sovuk urush”dan keyin jaxon siyosatiga ta’sirini kursatayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar to‘lkini yangi bir bosqichga ko‘tarildi. Bir kator davlatlarda siyosiy tuzumlar tubdan o‘zgardi; davlatlarning va ittifokdosh davlatlarning geografik chegaralari yangidan shakllanib bu jarayon ma’lum ma’noda yana davom etmokda; integratsiya jarayonlarini dezintegratsiya alokalari kamrab oldi yoki aksincha. Umuman, xalkaro munosabatlar tizimi tez o‘zgarib turibdi. Xalkaro munosabatlarda kechayotgan va yangidan shakllanayotgan bunday jarayonlarni taxlil etishda zamonaviy xalkaro hukuk va xalkaro munosabatlar nazariyasidagi nazariy — taxliliy yondashuvlar ojizlik kilmokda. Bu jixatdan mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘llarini topish uchun tabiiy ravishda geosiyosatga zarurat tushmokda. Chunki, yukorida kayd kilingan siyosiy jarayonlar va shu singari boshka muammolar bevosita geosiyosat fanining ob’ekti va predmeti hisoblanadi. Geosiyosat ob’ekti — dunyoning geosiyosiy tuzilishi va dunyoviy tartibot. Geosiyosat ob’ekti jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi navbatda, dunyoning ko‘p qutbli dunyoga ajralishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiya — davlatlarning o‘z ta’sir doiralari uchun kurash bosqichiga kutarilishi bilan boglik bulsa, ikkinchidan, jamiyatda kup kirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan xam boglikdir. Mazkur masalalar geosiyosat ob’ekti yaxlit holatda turishi mumkin, birok geosiyosat ularni taxliliy jixatdan urganishni bir kator bosqichlarda kuradi. Masalan, zamonaviy geosiyosat dunyoning siyosiy xaritasida kechayotgan jarayonlarni umumbashariy, mintakaviy va ma’lum bir davlatning o‘zigagina daxldorligidan kelib chikib tahlil etadi va tegishli xulosalarni chikaradi. Dunyoviy siyosat — xalkaro hududning asosiy sub’ektlari o‘rtasidagi siyosiy faoliyatlar muammosi; Xalkaro siyosat tuzilish jihatidan suveren, mustaqil milliy davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatini; mintakaviy davlatlararo va jamoatchilik tuzilmalari, guruxlari va itgifoqdoshlar o‘rtasidagi aloqalarni xamda umumbashariy miqyosida B M T va boshqa xalkaro tashkilotlar va muassasalar faoliyatlarini qamrab oladi. Geosiyosatning tarixiy tarakkiyotiga e’tibor bersak, uning predmeti xam zamonga mos tarzda takomillashib, o‘zgarib borganligiga amin bo‘lamiz. Chunki jamiyatdagi geosiyosiy jarayonlar mavjud davlatlar manfaatlari bilan boglik bo‘lgan real vokelikni o‘zida aks ettiradi. Shu boisdan xar bir davrda geosiyosat predmeti sifatida jamiyatdagi ustuvor sohalar va xalqaro siyosatga dahddor bo‘lgan strategik masalalar namoyon bo‘lgan. Geosiyosat predmeti — jamiyatda kechayotgan xar xil darajadagi ijtimoiy — siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, xarakatlanishi va o‘zgarib borishini o‘zida aks ettiruvchp voqealar rivoji. Masalan, XX asr boshlaridan geosiyosat predmetining bir elementi sifatida jamiyatdagi iktisodiy jarayonlar namoyon bula boshladi. Ilmiy —texnika revolyusiyasi esa jamiyatning iqtisodiy doirasini yangi bir bosqichga ko‘tardi. XX asr oxiriga kelib iktisodiy jarayonlar geosiyosat predmetinipg tarkibiy kismiga aylandi. Aynan shu davrdan boshlab dunyodagi siyosiy jarayonlarga iqtisodiyot omilining ta’siri sezilarli ravishda shakllandi. Xalqaro iqtisodiy jarayonlar nafakat texnologik, balki tashkiliy jihatdan ham takomillasha boshladi. Iktisodiy jarayonlarshng umumbashariylashuvi xalkaro savdo, davlatlararo munosabatlarda investisiya, kapital ahamiyatini ko‘rsata boshladi. Tabiiyki, bu va bularga mansub bo‘lgan boshka iktisodiy tarmoqlar nafaqat xalqaro hayotda muhim o‘ringa ega, balki ularning dunyoviy siyosatga ta’sir etayotganligi ham real hakikatdir. Bundan tashkari, — zamonaviy geosiyosatning asosiy muammolari bulib kelayotgan kuyidagi masalalarni geosiyosiy tadkikotlarning predmeti sifatida kurish mumkin: ilmiy — texnika revolyusiyasi rivojining samarasi bo‘lgan harbiy-texnikaviy vositalar va ular turlarining kupayib va takomillashib borayotganligi; o‘z navbatida davlatlarning harbiy-texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chikarish yoki chikarmaslikka nisbatan munosabatlari; davlatlar va xalklar xayotida muxim ahamiyatga ega bulayotgan elektron aloka vositalarining birgina kommunikatsiya vositasi emas, ularning xarbiy va iktisodiy soxalarga xam bog‘lanadi. Download 353.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling