1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таҳлил ва аудит 1 маъруза 1 3 мавзулар 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MAVZU. KORXONALARNING YILLIK HISOBOTLARINING TO‘G‘RILIGINI TEKSHIRISH 2.1. Buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlarining
1.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy
tahlilning yazifalari Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning roli keskin oshadi, chunki erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanadi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Tahlilning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi asosiy vazifalari: 1) korxonaning biznes rejasini tuzish uchun tegishli axbo- rotlar bilan ta’minlash; 2) biznes rejaning bajarilishi, korxonaning moliyaviy barqa- rorligini ta’minlash uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarini o‘rganish; 3) har bir yo‘nalishga ta’sir etuvchi omillami aniqlash, ular - ning ta’sirim hisoblash va safarbar qilish; 9 4) mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foy- dalanish yo‘llarini ko‘rsatish; 5) xo‘jalikning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning tolov- ga qodirligiga baho berish va chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2-MAVZU. KORXONALARNING YILLIK HISOBOTLARINING TO‘G‘RILIGINI TEKSHIRISH 2.1. Buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlarining o‘zaro mosligini tekshirish Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ma’lum sanaga mavjud bo‘l- gan mol-mulkini va ularning tashkil bo£lish manbalarini pul shak- lida aks ettiruvchi maxsus jadval buxgalteriya balansi deb ataladi. Hisobotlar va shu jumladan, buxgalteriya balansi amaldagi tartib-qoidalar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq bosh daftar, te- gishli hisob-kitob registrlari hamda yillik inventarizatsiya ma’lu- motlari asosida tuziladi. Balans tuzishga qadar yil oxirida analitik schotlaming oborotlari va qoldiqlari bosh daftar schotlarining obo- rotlari va qoldiqlari bilan solishtirilib, o‘zaro mos kelishi aniqlanadi. Analitik schotlar bilan bosh daftar schotlari ko‘rsatkichlari o‘zaro mos kelgandan keyin buxgalteriya balansini tuzishga kiri- shiladi. Buxgalteriya balansi ikki qismdan iborat bo‘lib, uning aktiv tomonida xo‘jalik mol-mulkining joylashishi, passiv tomonida mol- mulkning tashkil bo'lish manbalari ko‘rsatiladi. Balansning aktivi va passivida barcha balans moddalari ikki bo‘limda guruhlarga bo‘linib aks ettirilgan. Balansning aktividagi xo£jalik mablag‘lari (mulki) quyidagi ikki bo‘limda aks ettirilgan: 1) uzoq muddatli aktivlar; 2) joriy (aylanma) aktivlar. Xo‘jalik mablag‘larining manbalari ham balans passivida quyidagi ikki bo‘limda aks ettirilgan: 1) o‘z mablag'larining manbalari; 2) majburiyatlar. 10 Uzoq muddaffi aktivlar quyidagi guruhlami o‘z ichiga oladi: 1) asosiy vositalar; 2) nomoddiy aktivlar; 3) kapital qo‘yilmalar; 4) uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar. Joriy (aylanma) aktivlar quyidagi uch guruhni o‘z ichiga oladi: 1) zaxira va sarflar; 2) pul mablag‘lari; 3) debitorlik qarzlar. 0 ‘z mablag‘laming manbalari quyidagi moddalami qamrab oladi: 1) ustav kapitali; 2) qo‘shilgan kapital; 3) rezerv kapitali; 4) taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar); 5) maqsadli tushumlar va jamg‘armalar; 6) kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezervlar; 7) kelgusi davr daromadlari; Majburiyatlar o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: 1) uzoq muddatli qarzlar va kreditlar; 2) qisqa muddatli qarzlar va kreditlar; 3) kreditorlik qarzlari. 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug‘i bilan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoida»lari tasdiqlangan. Ushbu hujjatga ko‘ra buxgalteriya balansini tuzishda va uning io‘g‘ri tuzilganligini tekshirishda quyidagi bog‘lanish qoidalariga amal qilish kerak: Balans aktiv qismining I bo'limi (110-satr)ning summasi 012, 022, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090, 100-satrlardagi summalar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Balans aktivining II bo‘limi (310-satr)ning summasi 120, 130, 140, 150, 160, 170, 180, 190, 200, 210, 220, 230, 240, 250, 260, 270, 280, 290-satrlardagi summalarining yig‘indisiga teng ho'lishi kerak. Balans aktiv qismining jami I va II bo‘limlarining yig‘indisiga, ya’ni 110 va 310-satrlardagi summalaming yig‘indisiga teng bo‘- 11 lishi kerak. Balans passivining I bo‘limi (400-satr)ning summasi 320, 330, 340, 350, 360, 370, 380-satrlardagi summalarning yi- g'indisiga teng bo‘lishi kerak. Balans passivi II bo‘limi (550- satr)ning summasi 410, 420, 430, 440, 450, 460-satrlardagi sum malarning yig'indisiga teng bolishi kerak. Balans passivining jami (560-satr) I va II bo'limlardagi summalarning yig‘indisi (400 va 550-satrlar yig‘indisi)ga teng bo‘lishi kerak. Balans aktivi (320-satr) va passivi (560-satr) summalari ham yil boshida, ham yil oxirida teng bo‘lishi kerak. Balans moddalari orasidagi ichki bog‘liqlikdan tashqari, tashqi bog‘liqlik ham mavjud. Bu bogliqlik balansning ayrim ко‘rsatkichlarining boshqa moliya viy hisobot ko‘rsatkichlariga mos kelishida namoyon bo‘ladi. Boshqacha aytganda, balansning ayrim satrlarida aks ettirilgan ko‘ratkichlar moliyaviy hisobotning boshqa shakllarida qayd qi- lingan ma’lumotlarga teng kelishi kerak. Balans ko‘rsatkichlari 2, 3, 4, 5-shakldagi hisobotlaming ma’lumotlari bilan uzviy bog‘- langan. Masalan, balans (l-shakl)ning 170-satri 3-ustunida «Yil boshiga» ko‘rsatilgan pul mablag‘lari summasi «Pul oqimlari to‘g‘- risidagi hisobot» (4-shakl)ning 070-satrini 3-ustunida «Yil boshiga» ko‘rsatilgan summasiga teng bo‘lishi kerak. Balansning 170-satri 4-ustunida «Yil oxiriga» ko‘rsatilgan pul mablaglari summasi 4-shaklning 080-satri 3-ustunida «Yil oxiriga» ko‘rsatilgan sum masiga teng bo‘lishi kerak. Agar shu ko‘rsatkichlar o‘zaro teng bo‘lmasa, hisobotlardagi ma’lumotlami noto‘g‘ri deb hisoblash mumkin. Buxgalteriya balansi (1-shak1) va «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot» (5-shakl) ko‘rsatkichlari orasida ham uzviy bog‘liqlik mavjud. Buxgalteriya balansining passiv qismida joylashgan xo'jalik mablag‘larining manbalari» deb nomlangan 1-bo‘limda aks ettiril gan ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitah, taqsimlan- magan foyda summalari 5-shakldagi hisobot ma’lumotlariga to‘liq mos kelishi kerak. Ushbu ikki hisobotda aks ettirilgan xususiy kapital turlari bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlaming o‘zaro teng kelishi haqidagi fikrlar «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning to‘g‘riligini tekshirish» bo‘limida bayon qilingan. 12 Buxgalteriya balansi bilan «Moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi hisobot» orasida ham uzviy bog'liqlik mavjud. Ushbu bog‘liqlik «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi» hisobotning to ‘g‘riligini tekshi rish» bo‘limida keltirilgan. Buxgalteriya balansi bilan «Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqidagi ma’lumotnoma» (2-a shakl)ning umumlashtiruvchi ko‘r- satkichlari orasida ham bogliqlik mavjud, ya’ni ularning ko‘rsat- kichlari ham o£zaro teng bo‘lishi kerak. 1-shakl ina’lumotlari bilan 2- a shakl ma’lumotlarining o‘zaro tengligini quyidagi bog‘la- nishdan ko‘rish mumkin. Debitorlik qarzlari bo‘yicha: 1-shakl 220-satr 4-ustun=2-1-shakl 220-satr 4-ustun=2-a shakl balansga ilova jami 3-ustun. Kreditorlik qarzlari bo‘yicha: 1-shakl 460-satr 4-ustun=2-a-shakl 4-satr 3-ustun; 1-shakl 460-satr 4-ustun=2-a-shakl balansga ilova jami 4~ustun. Yuqorida bayon qilingan tartibda hisobotlardagi ma’lumot- laming to‘g‘riligi tekshiriladi, to‘g‘riligi aniqlangandan keyin tah- lilchi xo‘jalikning moliyaviy ahvolini tahlil qilishga kirishadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling