1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

 
 
 
 
2-jadval 
Iqtisodiy tahlilning asosiy printsiplari 
Tamoyillar 
Mazmuni 
Tizilmalilik 
Tahlil etilayotgan ob`ekt alohida bir butun tizilma 
yoki tizilmaning elementi deb qaraladi. 
Ishonchlilik 
Olingan ma`lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy 
ekanligi, realligi 
Taqqoslanuvchanlik 
Ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, ularning bir 
asosli tarzda turli davrlar va boshqa korxonalar 
faoliyati to‘g’risidagi huddi shunday ma`lumotlar 
bilan qiyosiy o‘rganish 
Betaraflilik 
Axborot foydalanuvchilarning bir guruhining zarari 
hisobiga 
boshqa 
guruhlar 
manfaatlarining 
qondirishning o‘rinsizligi
Davriylik 
Olingan ma`lumotlarning davriy oralig’i, xo‘jalik 
faoliyati to‘g’risidagi ma`lumotlar bilan vaqti bilan 
ta`minlab turish 
Pulli baholash 
Barcha aktivlar, kapital va majburiyatlarninng 
so‘mda ifoda etilishi 
Hisobga olish 
Daromad va harajatlarning yuzaga chiqish vaqti
o‘rni va markazlari bo‘yicha hisobga olinishi 
Mazmunning 
shakldan 
ustunligi 
Ma`lumotlarning hisob va hisobotdagi huquqiy 
shaklida uning mohiyati va iqtisodiy voqeligi 
bo‘yicha hisobga olishdagi ifodasini ustunligi
Aniq baholash 
Aktivlar va foydaning joriy davr bozor narxlarida 
qayta ifodalanishi


Uzluksizlik 
Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha 
jarayonlarni o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz 
aks ettirilishi 
Boshqa tamoyillar 
……………………………………………… 
Nazorat uchun savollar: 
1.Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda uning tavsifi. 
2.Iqtisodiy tahlil qilishda 2 tur yo‘nalishda - boshqaruv (ichki) va 
moliyaviy(tashqi) tahlilning vazifalari. 
3.Iqtisodiy tahlilning bosqichlari. 
4.Iqtisodiy tahlilning predmeti. 
5.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning vazifalariahamiyatga ega. 
Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tahlil ishlari 
dasturlanib, komp yuter vositalarida ular amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil 
fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot 
texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dasturlanadi. Komp yuterlar 
yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda 
mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi. 
Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita 
bog’langan.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish bevosita yuqori tashkilotlarning 
vazifasi ham bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydilar hamda ularning 
ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladilar. 
Xo‘jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga 
asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv sistemasi 
boshqariladigan ob`ektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul 
qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab 
chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta`minlaydigan qarordir. 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul 
qilingan biznes rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan 
imkoniyatlar aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini 
talab darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta`minlaydi. 
Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog’liqlik aniq ko‘rinib 
turadi. Biznes reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va 
yakunlanadi. Biznes rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalarning 
iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish 
ob`ekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamoyillari mavjud 
bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan ob`ektni bir butunligi, realligi va voqeligini 
tavsiflaydi. 


Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda 
o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar tahlil fani ob`ektlarni 
ob`ektivligini, mantiqliligini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi 
jihatlarni tasiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi. 
Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi 
shakllarni aytib o‘tish mumkin (2-jadval). 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling