1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir: 

Buxgalteriya hisobi va audit

Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish; 

Mikro va makroiqtisod; 

Rejalashtirish (biznes reja tuzish); 

Statistika va informatika; 

Moliya, bank, soliq masalalariga taaluqli fanlar bilan; 

Iqtisodiy matematika va komr yuter asoslari fani bilan

Xuquqiy fanlar bilan; 

Tabiiy fanlar bilan va hakozolar. 


Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli 
shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda 
aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllantirilgan ma`lumotlardan keng 
ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot 
bazasi bo‘lib hisoblanadi. 
Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, birja ishi sohasidagi 
fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog’liq. Chunki, korxonalar faoliyati davlat 
byudjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ularni to‘lash, 
investitsiyalarni jalb qilish yoki ularni sotish, qimmatli qog’ozlar bozorida faol 
ishtirok etish, birja va bozordagi holatni uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas 
bog’liq. Ushbu faoliyatlarni iqtisodiy tahlil qilish ularning o‘ziga xos jihatlarini 
bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim 
ahamiyatga ega. 
Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tahlil ishlari 
dasturlanib, komp yuter vositalarida ular amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil 
fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot 
texnologiyalari va informatika fanlari talablari asosida dasturlanadi. Komp yuterlar 
yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda 
mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi. 
Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita 
bog’langan.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish bevosita yuqori tashkilotlarning 
vazifasi ham bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydilar hamda ularning 
ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladilar. 
Xo‘jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatini tahlil qilish natijasiga 
asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv sistemasi 
boshqariladigan ob`ektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul 
qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab 
chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta`minlaydigan qarordir. 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul 
qilingan biznes rejalarning asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan 
imkoniyatlar aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini 
talab darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta`minlaydi. 
Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog’liqlik aniq ko‘rinib 
turadi. Biznes reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va 
yakunlanadi. Biznes rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalarning 
iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq qilish 
ob`ekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamoyillari mavjud 


bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan ob`ektni bir butunligi, realligi va voqeligini 
tavsiflaydi. 
Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda 
o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar tahlil fani ob`ektlarni 
ob`ektivligini, mantiqliligini, shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi 
jihatlarni tasiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi. 
Bu tamoyillarning xalqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi 
shakllarni aytib o‘tish mumkin (2-jadval). 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling