1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Download 1.79 Mb.
bet31/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to’plamidan tashkil topadi. O’z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi.
O’z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi.
Boshqarish tizimida asosiy funksiyalardan biri - qaror qabul qilish funksiyasidir. Boshqarish qarorini ikki xil qabul qilish mumkin;

  1. Yakka xolatda.

  2. Kollegial(jamoaviy).

Qarorni qabul qilish va uni tayyorlash uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Maqsadni aniqlash.
2. Qarorni ishlab chiqish va qabul qilish.
3. Qaror bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish.
Birinchi bosqichda holatni tahlil qilish, holat istiqbolini aniqlash muammoli vaziyatni aniqlash, maqsadni aniqlash ishlari amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda masala qo’yiladi va qarorning variantlarini aniqlash, qarorni tanlash va tasdiqlash ishlari bajariladi. Uchinchi bosqichda qarorni bajarish rejasi aniqlanadi, qarorning bajarilishi hisoboti beriladi, u nazorat qilinadi hamda qaror bajarilishi boshqariladi. Qaror qabul qilish uchun boshqarish tizimida qo’llaniladigan axborot obyektiv to’lik va o’z vaqtida yetkazilishi kerak.
Boshqaruv jarayonlari axborot texnologiyasining maksadi qaror qabul qilish bilan bog’lik bo’lgan ishlarni bajaruvchi xodimlarning axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishdan iborat. U boshqaruvning har qaysi bosqichida ham foydali bo’lishi mumkin. Qarorlarni qabul qilishni qullab-quvvatlashga qaratilgan axborot texnologiyasining asosiy xususiyati inson va kompyuterning o’zaro munosabatini tashkil kilishning sifat jixatidan yangi usulidan iborat. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi qarorni ishlab chiqish bo’lib, bunga interaksion jarayon natijasida erishiladi. Bunday jarayon esa:
• hisoblash zvenosi va boshqaruv obyekti sifatida kelgan qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvvatlash tizimi.
• kirish ma’lumotlarini berayotgan va kompyuterdan hisoblashdan olingan natijani baholayotgan boshqaruvchi zveno sifatida kelgan inson qatnashadi. Interasion jarayon insonning xoxishi bilan nixoyasiga yetadi.
Boshqarish funksiyasini bajaradigan tizimlar boshqarish tizimlari deyiladi. Boshqarishni tahlil qilish va takomillashtirish qulay bo’lishi uchun tizimni ma’lum belgilar buyicha kichik tizimlarga bo’lish mumkin, ularni yana uncha katta bo’lmagan mustaqil tizimlar deb qarash mumkin.
Kibernetik tizim – bu avvalo aloqa kanallari, axborot oqimlarini tashkil etuvchi signallarning tartibli ketma-ketligini o’z ichiga olgan axborot tarmog’idan iborat.
Boshqariluvchi kichik tizimlar deyilganda boshqarish obyekti tushuniladi. Korxonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, personal, halq xo’jaligida esa –alohida tarmoqlar boshqarish obyektiga misol bo’la oladi. Shuning uchun tizimlarni ham yirik hamda mayda darajada o’rganiladi. Yirik darajada tizimning tashqi muhit bilan o’zaro munosabati o’rganiladi, mayda darajada esa shu tizimning elementlari, ularning xossalari, ishlash shartlari obyektlaridan iborat bo’ladi. Boshqarish obyekti boshqarish maqsadiga muvofiq kirish oqimlarini chiqish axborotiga almashtirish amallarini bajaradi. Boshqaruvchi kichik tizimning boshqarish obyekti faoliyatini kuzatishni va to’g’ri ishlashga halaqit qiladigan to’siq va chekinishlarni bartaraf etishni ta’minlaydigan elementdir.
Katta sondagi o’zaro bog’langan elementlar va ko’p darajali struktura bilan tavsiflanadigan boshqaruvchi tizimlar murakkab tizimlarga kiritiladi. Moliya kredit tizimi halq xo’jaligining ayrim tarmoqlari shunday tizimlardandir. Boshqaruvchi va boshqariluvchi kichik tizimlar orasidagi aloqa. Boshqaruvchi tizimlar bilan tashqi muhit orasidagi bog’lanish yo’naltirilgan xususiyatiga ega bo’lib kirish va chiqish deb aytiladi.
Kibernetika boshqarishning fundamental asoslarini ko’rsatdi va uning har xil muhitlarda – tabiatda, jamiyatda, texnikadagi umumiy xossalarini aniqlashga imkon berdi. Shunday qilib, kibernetikaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, uning turli muhit, turli sharoit, inson faoliyatining turli sohalarida yuz beradigan jarayonlarni boshqarish asosida yotuvchi qonuniyatlarning umumiyligiga asoslanganligidir. Kiber-netika nuqtai nazaridan barcha jarayonlar boshqarish obyektlaridan iborat murakkab dinamik tizimlarda ro’y beradi. Boshqariladigan dinamik tizimlarda ro’y beradigan jarayonlar va ular bo’ysunadigan qonuniyatlarni bilish boshqarishning texnik vositalarini, boshqarish subyektlarini, boshqaruvchi tizimlarni(elektron hisoblash mashinalari, elektron avtomat vositalari va boshqalar) yaratish imkonini berdi. Kibernetikaning mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida quyidagi xususiyatlarni alohida ta’kidlash lozim:

  • Kibernetikada materiya va energiyadan tushunchalaridan tashqari yangi kategoriya – axborot(informasiya) tushunchasining kiritilishi natijasida uning falsafiy asoslari bizning dunyo qarashimizni kengaytirdi;

  • Kibernetika boshqarish tizimlarini dinamikada(harakatda. O’zgarish-da), rivojlanishda va tashqi tizimlar bilan o’zaro ta’sirlashuvchi deb qaraydi;

  • Kibernetika modellashtirish usullarini keng miqyosda qo’llaydi, ya’ni real mavjud texnologik jarayonlarning empirik yoki fizik modellarini matematik apparat yordamida tadqiq etadi. Kibernetikaning yana bir universal usuli – operasiyalarni tekshirish usuli insonning boshqaruv sohasidagi har qanday maqsadli faoliyatini sonli tahlil qilish imkonini beradi.

Fan sifatida bir butun bo’lgan kibernetika tarkibiga quyidagi bilim sohalari kiradi: avtomatik boshqarish nazariyasini o’z ichiga oluvchi umumiy boshqarish nazariyasi, axborot nazariyasi, operasiyalarni tekshirish nazariyasi(ya’ni boshqaruvchi qarorlar qabul qilish metodologiyasi), mantiqiy matematik modellashtirishning bazasi sifatidagi algoritmlar va dasturlar nazariyasi, nihoyat boshqaruvning yangi texnik vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish nazariyasi.
Texnik tizimlarni boshqarish haqidagi fan texnik kibernetika deb ataladi. Texnik kibernetikaning bo’limlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: axborotni to’plash va qayta ishlash qaraladigan axborotli qurilmalar nazariyasi, texnik tizimlar matematik modellarini olish usullarini ishlab chiquvchi tizimlar identifikasiyasi nazariyasi, inson ishtirokisiz boshqaruv masalalari bilan bog’liq bo’lgan avtomatik boshqaruv nazariyasi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling