1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Axborotlarni yetkazish shakl va usullari


Download 1.79 Mb.
bet28/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Axborotlarni yetkazish shakl va usullari. Axborotlarni yetka-zishning bir necha xil shakllari, usullari mavjud. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  1. Davriy ravishda axborotlarni tarqatish, bunday axborotlar jurnal-larda tarqatiladi.

  2. Bir martobalik shakli. Bunday axborotlar kichkina kitobcha shaklida alohida mavzular bo’yicha chop etiladi.

Axborotlarni qayta ishlash ularga bir necha talablar qo’yiladi. Avvalam bor axborotlar sifatli, to’liq bo’lishi kerak.
Davriy nashrlarda mavzular bir yoki bir necha manbalar asosida ishlab chiqiladi. Bir marotabalikda esa bir necha o’nlab hatto yuzlab manbalardan foydalaniladi. Bir marotabalik axborot asosan yuqori raxbarlarning ehtiyojini qondiradi, ayni vaqtda davriy axborot tajribalarini doimiy ravishda yoritadi va ularning mavzu masalalariga yo’naltirilgan bo’ladi.


2.Boshqarishda axborotlarni tuzishda kuyiladigan asosiy talablar.

Axborotlarni tuzishda quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:


1. Barcha axborot materiallari faktlar asosida tuzilishi kerak. Tay-yorlanadigan haqiqiy ma’lumotlar yaqqol ko’zga ko’rinadigan darajada yetkazilishi zarur. Bu talabni faktografik talab xam deb atash mumkin.
2. Axborotlarda faktlar bilan birga uzoq davr mobaynida rivoj-lanish tendensiyalari to’g’risidagi materiallar ham mavjud bo’lishi zarur.
3. Barcha ma’lumotlar sillik bo’lishi zarur. Amalda bu axbortlar materiallarini ko’p marotabalab zichlash orqali amalga oshiriladi.
4. Axbortni shunday sharhlash kerakki, bunda raxbar uni tushuna bilsin. Alohida maxsus sohalarga ta’llukli bo’lmasin.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo’ladiki, axborot qaralayotgan muammolarni o’rganishni yengillashtirilishi zarur. Bunday axborotni o’rga-nilayotgan mavzular bo’ycha ilmiy ishlov berishni taqozo qiladi. Axborotlarga ishlov berish darajasi har xil bo’lib, kvalifikasiyali ishlov berish shakli muammosi tahlil qilish va xulosa chiqarishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda raxbar uchun axborotlarni tayyorlashning unumli usullaridan biri materiallarni sharhlash usulidir, ya’ni sharhlash materialidir.
Bunda sharhlash materiallari raxbarga uch yo’nalishdagi savollarni yechishga yordam berishi kerak:

  1. Fan va texnikaning perispektiv(uzoq muddatli) rivojlanishini aniqlash:

  2. Joriy va tez orada yechiladigan masalalar yechimi.

  3. Professional dunyoqarashni kengaytirish.

Birinchi yo’nalishda asosan prognoz tadqiqotlariga asoslanadi. Bunda axborot xizmati masalalariga yechim variantlarini tayyorlash kiradi.
Ikkinchi yo’nalishda axborot tayyorlash shakllari quyidagicha: analitik, referativ sharhlash, sharhlash ma’lumotlari va raxbar uchun maxsus nashrlar
Uchunchi yo’nalishda raxbarning professionallik dunyoqarashini kengaytirisha fan va texnikaning boshqa sohalari bo’yicha sharhlash hujjatlari yetkaziladi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling