1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei
-MAVZU: Shafoat va uning turlari
Download 405.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Boş
7-MAVZU: Shafoat va uning turlari
Ahli sunna val jamoa e’tiqodi bo‘yicha shafoat mavjuddir va bu shafoat gunohkor mo‘minlar uchun beriladigan ne’mat hisoblanadi. Shafoat so‘zining lug‘aviy ma’nosi َعَف َش (himoya qilmoq, tarafini olmoq) fe’lidan olingan bo‘lib ٌ ةَعاَف َش (shafoat) hisoblanib, ٌعْف َش (juft) iborasi ham yuqoridagi tushunchani yoritishda xizmat qiladi. Ko‘pgincha, shafoat, martabasi va hurmati yuqori shaxsning o‘zidan past odamning tarafini olib unga qo‘shilishiga iste’mol qilinadi. Shafoat so‘zining istilohiy ma’nosi borasida bir qancha fikrar aytilgan bo‘lib shulardan ikkitasi: Bir insonning boshqa bir kishi foydasi uchun va undan zararni aritishga qaratilgan vositachiligi; Allohning huzurida boshqa bandalarning gunoh va ayblarini kechirishni so‘rab duo qilishdir. Olimlar shafoatning haqiqatiga dalil sifatida quydagi Islomning muqaddas manbalaridan xujjat keltiradilar: ِ هِنْذِإِب َّلاِإ ُهَدْنِع ُعَف ْشَي يِذَّلا اَذ ْنَم - (Qiyomat kuni) Uning huzurida kim ham (gunohkorlarni) Uning ruxsatisiz shafoat qila olardi?! (Baqar, 255) Har bir Payg‘ambar o‘z ummatiga bu dunyoda nimadir so‘ragan, men bo‘lsam o‘z duoimni Qiyomat kuni o‘z ummatimning shafoatiga ishlatish uchun saqlab qo‘yganman (Buxoriy-6305) Shu bilan bir qatorda ulamo ahli shafatning talablari haqida ham fikr bildirib uni 3 tagacha olib chiqishgan: 1. Alloh shafoat qilmoqchi bo‘lgandan rozi bo‘lishi lozim - ْمُهُتَعاَف َش يِنْغُت َلا ِتاَواَم َّسلا يِف ٍكَلَم ْنِم ْمَكَو ٰى َضْرَيَو ُءا َشَي ْنَ ِلم َُّللها َنَذْأَي ْنَأ ِدْعَب ْنِم َّلاِإ اًئْي َش - Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo‘lib, o‘shalarning shafoatlari ham biron foyda bermas, magar Alloh O‘zi xohlagan rozi bo‘lgan kishilar uchun (shafoatga) izn berganidan keyingina (u shafoatning foydasi tegur) (Najm, 26); 2. Alloh shafoat qilmoqchi bo‘lganga shafoat-oqlovga izn berishi lozim - َّلاِإ ُةَعاَف َّشلا ُعَفْنَت َلا ٍذِئَمْوَي ًلاْوَق ُهَل َي ِضَرَو ُنَٰمْحَّرلا ُهَل َنِذَأ ْنَم - U kunda oqlov foyda bermas, magar Rahmon izn bergan va so‘zidan U zot rozi bo‘lgan kishigagina (foyda berur) (ToHo, 109); 3. Alloh shafoat qilinuvchidan rozi bo‘lishi lozim - َنوُقِف ْشُم ِهِتَي ْشَخ ْنِم ْمُهَو ٰى َضَتْرا ِنَ ِلم َّلاِإ َنوُعَف ْشَي َلاَو - Ular faqat (Alloh) rozi bo‘lgan kishilarnigina shafoat qilurlar. Ularning (o‘zlari) Undan xavfsirab qo‘rqib tururlar (Anbiyo, 28). Insonlar qiyomatda uzoq turib aziyat chikkanlaridan Alloh o‘z hukmini boshlashini xoxlab o‘zlari uchun shafoatchini qidirishga tushadilar. Bu voqea Payg‘ambar hadisida quydagicha keltiriladi (Buxoriy-4712). Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir bo‘lak pishgan go‘sht keltirishdi, ul zot ko‘ngillari tusagani uchun ham uni olib bir luqma yedilar. So‘ng, bizga bunday deb aytdilar: «Men Qiyomat kuni barcha insonlarning sayyidi bo‘lurman, buning negaligini bilurmisizlar? Qiyomat kuni, dastlabki insondan tortib to oxirgi insonga qadar, barcha odamlar bir yalanglikka to‘planadilar. Jarchi ularga ovozini eshittira oladi va ularning hammasini ko‘ra oladi. Quyosh (Yerga) yaqin keladi. Natijada, odamlarni toqat qilib bo‘lmas darajada g‘am-g‘ussa bosadi, ular o‘zaro «Ko‘rdingizlarmi, qanday kulfatga qoldik, endi gunohlarimizni kim Olloh taolodan so‘rab bizga shafoat qiladi? – deyishadi. Shunda, ba’zi odamlar ba’zisiga «Sizlar Odam alayhissalomning qoshlariga bormog‘ingiz lozim» – deb maslahat berishadi. Ular Odam alayhissalomning qoshlariga borishib, ul kishiga «Siz insonlar otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z (qudrat) qo‘li birlan yaratib, tanangizga o‘z ruhidan jon ato etgan va farishtalarga buyurgan, ular sizga sajda qilishgan Parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz bizning holimizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» – deyishgay. Odam alayhissalom «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari bunchalik g‘azablangan ermas. U menga jannatdagi daraxt mevasini yemoqni ta’qiq qilganida, men unga osiylik qilganman, o‘sha osiy men... men... men! Mendan bo‘lak odamning – Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» – deydilar. Ular Nuh alayhissalomning qoshlariga borib «Ey Nuh alayhissalom, siz dunyo ahliga yuborilgan birinchi payg‘ambarsiz, Olloh taolo sizni shukrguzor banda, deb atagan, parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizning holimizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» – deyishgay. Nuh alayhissalom «Parvardigorim azza va jalla bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari sira bunchalik g‘azablanmagan. Men birvaqtlar, qavmimni duoi (bad) qilgan erdim, o‘sha men... men... men! Mendan bo‘lak odamning – Ibrohim alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» – degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borib «Ey Ibrohim alayhissalom, siz Olloh taoloning elchisi va insonlar orasidan o‘ziga tanlagan do‘stisiz, parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» – deyishgay. Ibrohim alayhissalom ularga «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari sira bunchalik g‘azablanmagan. Men uch bor yolg‘on so‘zlaganman, o‘sha men... men... men! Mendan bo‘lak odamning – Muso alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» – degaylar. Ular Muso alayhissalomning qoshlariga borib « Yo Muso alayhissalom, siz Olloh taoloning elchisidursiz, u sizni o‘z elchisi qilib hamda siz birlan so‘zlashib, boshqa insonlardan yuqori qo‘ygan, parvardigoringizdan gunohlarimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» – deyishgay. Muso alayhissalom «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari sira bunchalik g‘azablanmagan. Men o‘ldirilmog‘i buyurilmagan odamni o‘ldirganman, o‘sha men... men... men! Mendan bo‘lak odamning – Iso alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» – degaylar. Ular Iso alayhissalomning qoshlariga borib «Yo Iso alayhissalom, siz Olloh taoloning elchisi, uning Bibi Maryamga aytgan so‘zi hamda uning o‘zidan bunyodga kelgan ruhdirsiz, siz beshikdagi chaqaloqligingizdayoq odamlarga so‘zlagansiz, parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» – deyishgay. Iso alayhissalom «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari bunchalik g‘azablanmagan erdi», – degaylar, ammo qilgan gunohlarini eslatmagaylarda: «O‘sha men... men... men!» – deb aytgaylar. Keyin, ularga «Mendan bo‘lak odamning – Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!» – degaylar. Ular Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borib: «Yo Muhammad, siz Olloh taoloning elchisi va payg‘ambarlarning so‘nggisisiz Olloh taolo sizning sobiq va kelgusi gunohlaringizni mag‘firat qilgan, parvardigo-ringizdan gunohimizni surab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik’» – deyishgay. Shunda men parvardigorim huzuriga yo‘l olgayman-da, Arsh ostonasiga borib, parvardigorim azza va jallaga sajda qilgayman. So‘ng, Olloh taolo menga ilgari hech kimga oshkor qilmagan o‘ziga nisbatan aytiladirgan hamdu sanolarni oshkor qilgay. Keyin «Ey Muhammad, boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganing ato etilgay, shafoat qilgil, shafoating qabul qilingay!» – deyilgay. Men boshimni sajdadan ko‘targayman-da «Ey parvardigorim, (bular) mening ummatim, ey parvardigorim, (bular) mening ummatim!» – deb aytgayman. Shunda «Ey Muhammad, hisob-kitob qilinmaydigan ummatlaringni jannat eshiklaridan bo‘lmish o‘ng eshikdan kiritgil!» – deyilgay. Bular jannatga faqat shu eshikdangina kiritiladirgan kishilardur. Jonim qo‘lida (ixtiyorida) bo‘lgan zot haqi, jannat eshiklari tavaqalarining oralig‘i Makka birlan Himyar yoki Makka birlan Busro oralig‘icha keladi». Payg‘ambar Muhammadning qiyomat kunidagi bu mavqesi olimlar tomonidan “maqomu-m- mahmud” (maqtalgan maqom) deb yuritiladi va uning dalili asoslari mavjud. اًدوُمْحَم اًماَقَم َكُّبَر َكَثَعْبَي ْنَأ ٰى َسَع َكَل ًةَلِفاَن ِهِب ْدَّجَهَتَف ِلْيَّللا َنِمَو - Kechaning (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (ya’ni, gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur (Isro, 79); Abu Hureyra rioyat qilgan hadisda “Men Qiyomat kuni barcha insonlarning sayyidi bo‘laman...” (Muslim-194) Olimlar islomning muqaddas manbalarini o‘rganib chiqib shafoatning bir nechta turlari borligi haqida ma’lumotlar berganlar: 1. Buyuk shafoat (shafoa’tu-l-uzma) (Buxoriy-7510); 2. Savob amali bilan gunoh ishlari teng kelib qolgan banda uchun shafoat (Hokim-3592); 3. Do‘zaxga loyiq bo‘lgan bandalar uchun shafoat (Abu Dovud-3170); 4. Jannat ahillari uchun shafoat (Muslim-920); 5. Ba’zi bandalarni so‘roqsiz jannatga kirishlari uchun shafoat (Ukasha ibn Mihsan) (Buxoriy-4712; Buxoriy-6541); 6. Ba’zi do‘zax ahli uchun ularning azoblarini yengillashtirish uchun shafoat (Buxoriy-3885); 7. Jannat ahillarining jannatga kirishlari uchun ijozat berilishi uchun shafoat (Muslim-197); 8. Payg‘ambarning ummatdan do‘zaxga kirgan bandalari uchun shafoati (Muslim-183); Shuningdek ulamo ahli shafoatchilarning turari borasida ham dalillarga asoslanib ma’lumotlar keltirishadi: Payg‘ambarlar (Muslim-183); Farishtalar (Muslim-183); Go‘daklar (Buxoriy-1249); Shahidlar (Abu Dovud-2522); Qur’on (Ahmad-6785); Ro‘za (Ahmad-6785). Insonlar orasida shafoat borasida fikrarni kuzatish mumkin va bu borada quydagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin: mushriklar, nasroniylar va ba’zi (mutaassib sufiylar) musulmonlar shafoat borasida g‘uluvga ketganlar hamda islomning muqaddas manbalarida asoslanmagan zotlarni shafoatchi qilib ko‘rsatib, ularning shafoat qilishalriga umid bog‘laydilar; mu’tazilarlar va xavorij yo‘alish vakillari shafoatu-l-uzma va jannatda musulmonning mavqeini yuqorilashiga qilinadigan shafoatdan boshqa barcha shafoat turlarini inkor qiladilar; ahli-s-sunna esa yuqorida sanab o‘tilgan shafoat turlarini tan oladilar. Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling