1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei


kutmoqdalar. Darvoqe uning alomatlari keldi (


Download 405.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana25.12.2022
Hajmi405.18 Kb.
#1066247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boş

kutmoqdalar. Darvoqe uning alomatlari keldi (Muhammad, 18). Olimlar 
Islomning muqaddas manbalarini o’rganib chiqib qiyomatning alomatlarini 2 ga 
bo’lishgan: 1) Kichik alomatlar va 2) Katta alomatlar.
1) Olimlar kichik alomatlarning ta’rifini ayta turib - Dajjolning chiqishidan 
oldin sodir bo’ladigan alomatlar deb aytishadi hamda uni 3 qismga bo’lishadi: 1. 


Bo’lib o’tgan kichik alomatlar; 2. Bo’lib o’tgan va davom etayotgan kichik alomatlar; 
3. Hozirga qadar bo’lmagan kichik alomatlar.
1. Bo’lib o’tgan kichik alomatlarga quydagi voqealar keltiriladi:

Payg’ambar Muhammadning risolati va vaftoti (Buxoriy-4936);

oyning bo’linishi (Qamar, 1-2);

Busra shahridagi tuyalarning bo’ynini yorituvchi olovning Hijozdan chiqishi 
(Muslim-2902).
2. Bo’lib o’tgan va davom etayotgan kichik alomtlarga quydagi voqealar 
keltiriladi:

musulmonlar tomonidan mamlakatlarni zabt etilish va urushlar (Muslim-2900);

yolg’onchi payg’ambarlarning paydo bo’lishi (Buxoriy-3609);

sinov va fitnalar (Ahmad-8251; Abu Dovud-4259);

ishlarni nomunosib shaxslarga topshirilishi (Buxoriy-59);

musulmonlarning ahloqiy inqirozi (Muslim-143);

qul ayol o’z egasini tug’ishi va yalangoyoq cho’ponlarning bino qurishdagi 
musobaqalashishlari (Ahmad-2981);

boshqa ummatlarning musulmonlarga turli tomonlardan hamla qilishlari (Abu 
Dovud-4297);

o’pirilishlar, tosh yomg’irlar va hayvonlarga aylanishlar (Ibn Moja-4059);

boylikni tarqalishi (Buxoriy-3176);

inson tarafidan faqat tanigan kishisi bilan ko’rishishi (Ahmad-3947);

insonlar xislatini baholashning o’zgacha bo’lishi (Ahmad-8131);

insonlarni qiynoqqa soladigan nazoratchilarning paydo bo’lishi (Hokim-8347).
3. Hozirga qadar bo’lmagan kichik alomatlarga quydagi voqealar keltiriladi:
a) 
arab yarimorilini yana bog’ va dengizlar qoplashi (Muslim-1012-(157));
b) 
oyning kattalashishi (Tabaroniy-9/147-(al-mu’jamu-l-avsat));
c) 
hayvon va jonsiz jismlarning insonlar bilan gaplashishi (Ahmad-12112);
d) 
Ifrot suvlari tog’dek tillolarni ochib chiqarishi (Muslim-2894);
e) 
yer o’z qaridagi boyliklarni tashiga chiqarishi (Muslim-1013);
f) 
musulmonlar Madinada boshpana va himoya qidirishlari (Abu Dovud);
g) 
Jahjah ismli rahbar va Qahtonda bir shaxsning paydo bo’lishi (Ahmad-; 
Buxoriy-7117);
h) 
Mahdining chiqishi (Hokim-8673).
2) Olimlar Qiyomatning katta alomatlari tarifini - “Darhaqiqat U (qiyomat 
kuni) Sizlar o’nta alomatni ko’rmagunilarcha kelmaydi” (Muslim-2901) degan 
hadisga asoslanib yoritishadi. Bu sodir bo’ladigan voqealar ketma-ketlikda bo’lib, 
ularning orasida ko’p vaqt o’tmasligi haqida olimlar islomning muqaddas 
manbalariga asoslanib fikr bildirishadi. “Alomatlar ipga tortilgan munchoqqa 
o’xshaydi, agar ip uzilgudek bo’lsa, ketma-ket to’kilgandek voqealar birinma-ketin 
keladi” (Hokim-8461).
Birinchi alomat: Dajjolning chiqishi – bu borada Odamning yaratilishidan 
tortib to qiyomat kuni bo’lishi oralig’ida Dajjol (fitnasi) chalik muhim voqea 
bo’lmaydi (Muslim-2946). Hadislarda Dajjol chiqishidan oldin qattiq qahatchilik 
bo’lishi va imonlik kishilar Alloh zikrini qilish bilan to’yinishlari aytiladi (Ibn 
Moja-4077). Hadislarda kelgan tavsiflarga ko’ra Dajjol past bo’yli, qiyshiq oyoq


jingalak sochli, bir ko’zli (ikkinchi ko’zi tekislangan, chiqib ham qolmagan, ichkariga 
kirib ham ketmagan) kishi (Abu Dovud-4320). Uning peshanasiga “kofir” deb 
yozilgan (Buxoriy-7408). Dajjolning bolas bo’lmaydi (Muslim-2927). Dajjolning 
chiqishi borasida hadsilarda Xuroson deb ko’rsatilgan (Termiziy-2237), ammo 
musulmonlar uni paydo bo’lganini Iroq va Shom oralig’iga kelganda bilishadi. U 40 
kun yerda bo’ladi, shu 40 kunning 1 kuni bir yilga, yana bir kuni 1 oyga, yana bir 
kuni 1 haftaga va qolgani oddiy kunlarga teng keladi (Muslim-2937). Dajjolga 
ergashganlarning aksari yahudiy va ayollar bo’lishligi hadislarda keltiriladi 
(Ahmad-18376). Hadislarda kelgan ma’lumotlarni tahlil qilgan olimlar tomonidan, 
Dajjolni Isa (a.s.) Lud (Quddusdan 50 km uzoqlikda joylashagan) shahrining eshigi 
oldida o’ldirishi ma’lum qilinadi (Muslim-2897).
Ikkinchi alomat: Iso ibn Maryamning kelishi – Qur’onda Iso ibn Maryamning 
tushishi va bu kelish Qiyomat kuni alomatlaridan ekanligi aytiladi. 
َــﻼَﻓ ِــﺔَﻋﺎﱠﺴــﻠِﻟ ٌﻢْﻠِــﻌَﻟ ُــﮫﱠﻧِإَو 
ٌﻢﯿِﻘَﺘـــْﺴُﻣ ٌطاَﺮـــِﺻ اَﺬَٰھ ۚ ِنﻮُﻌِﺒـــﱠﺗاَو ﺎَﮭـــِﺑ ﱠنُﺮَﺘْﻤـــَﺗ - 

Download 405.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling