1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei
Download 405.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Boş
2-MAVZU: Valiylik maqomi
Valiylar haqida so‘z ketar ekan, ularga berilgan karomat masalasi yoritilmasa mavzu to‘liq bo‘lmaydi. “Karomat” so‘zi arab tilidagi “karuma”, “yakrumu” fe’lidan olingan masdar bo‘lib, sharaf, obro‘, in’om, olihimmatlik, yuqorilik kabi ma’nolarni anglatadi. Karomat shu ma’noda ikki xil bo‘ladi: 1. Asliy; 2. Kasbiy. Birinchi, asliy karomatga “Isro” surasining 70- oyatini: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O‘zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik” misol keltirsa bo‘ladi. Ushbu karomat mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin, bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Ikkinchi, kasbiy karomatga “Hujurot” surasining 13-oyati: “Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir” dalil bo‘ladi. Oyatdan ko‘rinib turibdiki, bu karomat taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Islomda karomat istilohi – g‘ayritabiiy faoliyat bo‘lib, Alloh o‘sha ishlarni taqvodor mo‘min (valiy)ning sharafi uchun uning o‘zi tomonidan sodir etadi. Karomatni ne’mat, ya’ni marhamat bilan adashtirib yuborish kerak emas. Karomatning ayon bo‘lishidagi hikmat - karomat sodir bo‘lganidan so‘ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir. Karomat sodir bo‘layaptganda Alloh tomonidan valiylarga kuch va qudrat ato etish, yoki farishtalar yordami orqali amalga oshiriladi. Qur’onning “Yunus” surasi 64-oyati: “Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so‘zlarida o‘zgartirish yo‘qdir. Ana shu buyuk yutuqdir” karomatga dalolat qiladi. Valiylarga beriladigan karomat o‘zlarining davrlariga xos bo‘lgan g‘ayritabiiy ish bo‘lib, bu faoliyat davrlar o‘tishi bilan kelajakda oddiy hol bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari karomat har qanday valiyga berilish shart qilib qo‘yilmagan. Aksar valiylarga karomat berilmasligi ham mumkin va bu o‘sha shaxs valiy emas degani bo‘lib qolmaydi. Sababi, yuqoridagi Qur’on oyatlarida taqvodorlik tavsifi keltirilgan ko‘plab musulmonlarga karomatlar in’om etilmagan. O‘z o‘rnida g‘ayritabiiy ishlar haqida so‘z ochilar ekan, ularning turlari haqida qisman ma’lumot berish o‘rinli bo‘ladi. Gʻayritabiiy ishlar bir necha zotlarga ato qilinib: payg‘ambarlarga beriladigan faoliyat Qur’onda oyat (alomat) va burhon (dalil) iboralari bilan nomlanib, moʻjiza so‘zini ishlatish urfga kirgan; valiylarga berilgan ishlar karomat; sehrgar va folbinlarga beriladigan turi shaytoniy amal hisoblanadi. Bu g‘aritabiiy ishlarning ichida eng sharaflisi va qudratlisi payg‘ambarlarga beriladigan moʻjiza bo‘lib, ular narsalarning asliga o‘zgartirish kirata oladigan kuchga egalar. Karomat esa narsalarning asliga o‘zgartirish kirita olmaydi, sehrgar va folbinlarning ishi bo‘lsa faqatgina xayollanishga sabab bo‘ladi. Gʻayritabiiy ishlarning ichki juziliklari va ularning orasdagi qiyosiy farqliklarni yoritish kengroq ko‘lamdagi ilmiy yondoshuvni talab qiladi. AL-FIQH AL-AKBAR َناك ُهنأ ِرابخلأا يف َيور امم ِلاجدلاو َنْوَعْرِفو َسيلبإ ِلثم ِهِئادعلأ ُنوكت يتلا امأو . ٌقح ِءايلولأل ُتاماركلاو ِءايبنلأل ُتايلآاو مهل ٍتاجاح َءاضَق اهيِّمسن ْنكلو ،ٍتامارك لاو ٍتاياء اهيّمسن لاف مهل. Payg‘ambarlarga berilgan moʻjizalar va avliyolarga ato etilgan karomatlar haq va rostdir. Ammo axborlarda rivoyat etilgan Iblis, Fir’avn, Dajjol kabi Allohning dushmanlariga berilgan va beriladigan g‘ayri tabiiy imkoniyatlar moʻjiza ham emas, karomat ham deyilmaydi, balki ularning hojatlarini ravo etish deb sanaladi. AQIDA AT-TAHOVIY ءاج امب نمؤنو .ءايلولاا عيمج نم لضفا دحاو يبن :لوقنو ،ملاسلا مهيلع ءايبنلأا نم دحا ىلع ءايلولاا نم ادحأ لضفُن لا مهتاياور نم تاقثلا نع حصو مهتامارك نم. Avliyolardan hech birini payg‘ambarlarning hech biridan ortiq sanamaymiz, balki bitta payg‘ambar barcha avliyolardan afzaldir. Avliyolarning karomatlari haqdir. Bunga ishonchli rivoyatlar bor. AQOID AN-NASAFIY ِروُهُظ و ِةَليِلَقْلا ِةَّدُ ْلما يِف ِةَديِعَبْلا ِةَفا َسَ ْلما ِعْطَق ْنِم ِّيِلَوْلِل ِةَداَعْلا ِضْقَن ِقيِرَط ىَلَع ُةَماَرَكْلا ُرَهْظَتَف ٌقَح ِءاَيِلْوَ ْلأا ُتاَماَرَك ِعاَفِدنا و ِءاَمْجَعْلا و ِداَمَجْلا ِم َلاَك و ِءاَوَهْلا يِف ِناَرَيَّطلا و ِءاَ ْلما ىَلَع ِي ْشَ ْلما و ِةَجاَحْلا َدْنِع ِساَبِّللا و ِباَر َّشلا و ِماَعَّطلا ُةَمارَكلا هذه ْترهَظ يذلا ِلوسرلل ًةزجعم َكلذ ُنوكيو ،ِءاَي ْشَ ْلأا ْنِم َكِلَذ ِرْيَغ و ِءاَدْعَ ْلأا نع ِّمِهُ ْلما ِةَياَفِك و ِء َلاَبْلا نم ِهِّجَوَتُ ْلما ِهِلوسر ِةلاسرب ُرارقلإا ُهُتنايدو ،ِهِتَناَيِد يف اًّقحُم َنوكي ْنأ لاإ اًّيلو َنوكي ْنلو ٌّيلو هنأ اهب ُرَهظَي هنلأ ،ِهِتّمأ نم ٍدحاول. ًلاصأ ِءايبنلأا َة َجَرَد ٌّيلو ُغلبَي لاو. Avliyolarning karomatlari rost va haqdir. Uzoq masofani oz muddatda bosib o‘tish, zarur hollarda oziq-ovqat, kiyim va boshqa narsalarning hozir bo‘lishi, suv yuzida yurish, havoda uchish, jonsiz narsalar bilan so‘zlashish, balo-ofatlarning daf bo‘lishi, dushmanlarni dog‘da qoldirish kabi ishlar valiylik darajasiga yetgan kishidan zohir bo‘lsa karomat, payg‘ambarlardan sodir bo‘lsa moʻjizadir. Hech bir valiy o‘z diyonatida sodiq va payg‘ambarining barhaq elchi ekanligiga iqror bo‘lmaguncha chin valiy bo‘la olmaydi. Avliyolar payg‘ambarlarning darajalariga yeta olmaydilar. BAD’UL-AMOLIY اَيْنُد ِراَدِب ِّيِلَوْلا ُتاَماَرَك ِيلاَوَّنلا ُلْهَأ ْمُهَف ٌنْوَك اَهَل اًرْهَد ُّطَق ٌّيِلَو ْل ُضْفَي ْمَلَو ِلاَحِتْنا يِف ًلاو ُسَر ْوَأ اًّيِبَن Valiyga shu dunyoda ato etilgan karomatlar bor narsa. Avliyolar Alloh ne’matiga sazovor kishilardir. Avliyo hech qachon payg‘ambarlardan biror nisbatda afzal bo‘lmagan. Balki u nabiy yoki rasul darajasiga yetishi mumkin emas. Xulosa o‘rnida valiylar borasida mashhur hanafiy olimi Abu Ja’far Tahoviyning aqida asarida aytgan fikrlar va unga berilgan sharh bilan tugatish maqsadga muofiqdir. Abu Ja’far Tahoviy: “Avliyolardan hech birini payg‘ambarlarning hech biridan ortiq sanamaymiz, balki bitta payg‘ambar barcha avliyolardan afzaldir. Avliyolarning karomatlari haqdir. Bunga ishnochli rivoyatlar bor” deydi. Bu so‘zlarga sharh bergan hanafiy olimlari avliyolardan birortasi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, payg‘ambarlarning birortasidan afzal bo‘la olmaydi, deb e’tiqod qilamiz. Agar hamma avliyolar bitta payg‘ambar bilan solishtirilsa, ulardan ustun chiqadi va martabasi yuqori bo‘ladi, deyishadi. Abu Ja’far Tahoviy «Ittihod» mazhabidagilarga (Banda ko‘p ibodati ila Allohga birlashib ketadi, deb e’tiqod qiluvchilarga) raddiya bermoqda. Shuningdek so‘filarning johillariga ham. Chunki, ular ba’zi valiylar payg‘ambarlardan afzal, deydilar. Ammo, haqiqiy, istiqomatdagi so‘fiylar, vahiy va shariatga amal qilishga buyuradilar. Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling