1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei
-Mavzu: Islomda sehr va unga munosabat
Download 405.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Boş
3-Mavzu: Islomda sehr va unga munosabat
Qay bir jamiyatda dindan bexabarlik, ilmsizlik, johillik ko‘paysa, turli irim-sirimlar, xurofotlar va zararli ilatlarga yo‘l ochiladi. Johiliyat zamonidan buyon ayrim kishilar ongi va dunyoqarashida yashab, ularni haq yo‘ldan chalg‘itib kelgan ba’zi muammolar keyingi paytlarda yana yangidan bo‘y ko‘rsata boshladi. Odamlar orasida folbinga boradiganlar, folbinning aytganini qiladiganlar va folbinlarga oid savollar beradiganlar ko‘payib qoldi. Shuningdek, sehr va sehrgarlar mavzusiga oid turli mish-mishlar, tashviqotlar, asossiz gap- so‘zlar ham tobora xalq orasida urchib bormoqda. Mavzu ushbu masalarga aniqlik kiritishga qaratilgan. Sehr so‘zining lug‘aviy ma’nosiga nazar tashlansa, َرَح َس (sehrlamoq, shaydo qilmoq, aldamoq) fe’lidan olinib ر ْح ِس - sehrgarlik, maftunkorlik degan ma’nolarni aglatadi. Arab tilining izohli lug‘atlarida sehr iborasiga tilshunoslar bir qancha tavsiflar berishgan: yolg‘onni haqiqat deb ko‘rsatishga intilish; aldash maqsadida narsalarni eng yaxshi suratda ko‘rsatishga intilish; asl mohiyati yashirin, ton nozik va aniqlanishi oson bo‘lmagan narsalar. Yuqorida tavsiflangan faoliyatlar bilan shug‘ullanuvchi sehrgar (sahir) deb nomlandi. Islom nuqtai nazaridan sehrga olimlar turli fikrlar bildirganlar. Faxriddin Rozi: “Sehr an’anaviy shariat tushunchasida yashirin sababga ega bo‘lgan va narsalarning asl tabiatiga xos bo‘lmagan har qanday narsadir. Mohiyatiga ko‘ra bu xodisalar bo‘rttirib (bezatib) ko‘rastish va yolg‘ondir”. Ibn Qudoma Maqdisiy: “Sehr – tugun solish, afsun o‘qish, qaytariq qilish, og‘zaki va yozma ravishda, yoki qandaydir xarakat bilan sehr qilinayotgan insoning tanasiga, yuragiga (qalbiga) va aqliga (idrok) bilvosita ta’sir qilishdir. Sehr – voqelik bo‘lib, u o‘ldirishi, kasallik olib kelishi, erkakning erlik vazifasini bajara olmaslikka, erni xotindan ajratishga, ularni orasiga nafrat solish, yoki muhabbat uyg‘otishi mumkin”. Sehrning mavjudligi borasida Qur’ondan bir qancha dalillar kelgan: َتوُراَمَو َتوُراَه َلِباَبِب ِ ْينَكَلَ ْلما ىَلَع َلِزْنُأ اَمَو َرْح ِّسلا َساَّنلا َنوُمِّلَعُي اوُرَفَك َينِطاَي َّشلا َّنِكَٰلَو ُناَمْيَل ُس َرَفَك اَمَو - Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan narsalarga ergashadilar (Baqar-102); ُهُلِطْبُي َس ََّللها َّنِإ ۖ ُرْح ِّسلا ِهِب ْمُتْئِج اَم ٰى َسوُم َلاَق اْوَقْلَأ اَّمَلَف - Qachonki ular (qo‘llaridagi narsalarini) tashlaganlarida (va u arqon, asolar ilonlarga aylanib qolganida) Muso dedi: «(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur (Yunus-81). Sehrning mavjudligi borasida Sunnatda ham qator dalillar kelgan: Payg‘ambarning Labid ibn A’sam tomonidan sehrlanish voqeasi (Buxroiy-5763; Muslim-2189); Yettita halok etuvchi gunohlardan saqlanish borasida Payg‘ambar tomonida aytilgan ogohlantirish (Buxoriy-2766). O‘z o‘rnida mushriklar ham Payg‘ambar Muhammadga nisbatan sehrga oid turli hil tuxmatlar bilan xaqoratlaganliklari borasida Islomning muqaddas manbalarida aytilgan. Qur’onda: Payg‘ambarni a) sehrgar - ٌينِبُم ٌرِحا َسَل اَذَه َّنِإ َنوُرِفاَكْلا َلاَق - Kofirlar: «Darhaqiqat, bu (ya’ni, Muhammad) zo‘r sehrgardir», dedilar (Yunus, 2); b) sehrlangan - ًلا ُجَر َّلاِإ َنوُعِبَّتَت ْنِإ اًروُح ْسَم - Aniqki sizlar sehrlangan, aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasizlar (Isro, 47); v) avvalgilardan naql qilinayotgan sehr -ُرَثْؤُي ٌرْح ِس َّلاِإ اَذَٰه ْنِإ َلاَقَف - Bu (Qur’on Allohning so‘zi emas, balki) faqat (avvalgilardan naql qilinayotgan bir sehrdir (Muddassir, 24) kabi tuxmatlar bilan xaqoratlangan. Qur’onda sehrga nisbatan bir qancha hukumlar aytilgan: o payg‘ambarlarga berilgan burhonlarga qarama-qarshilik - ْمُهَتْئِج ْذِإ َكْنَع َليِئاَر ْسِإ يِنَب ُتْفَفَك ْذِإ َو ٌينِبُم ٌرْح ِس َّلاِإ اَذَٰه ْنِإ ْمُهْنِم اوُرَفَك َنيِذَّلا َلاَقَف ِتاَنِّيَبْلاِب - Shuningdek, Isroil avlodiga hujjatlarni keltirganingda, seni ular (g‘azabi)dan asraganimni esla. Ularning kofirlari: «Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas», – degan edilar (Moida, 110); o gunoh - ٰىَتَأ ُثْيَح ُرِحا َّسلا ُحِلْفُي َلاَو ۖ ٍرِحا َس ُدْيَك اوُعَن َص اَمَّنِإ ۖ اوُعَن َص اَم ْفَقْلَت َكِنيِمَي يِف اَم ِقْلَأَو - Qo‘lingdagi narsani (ya’ni asoingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qayerda bo‘lmasin zafar topmas (To Ho, 69); o kufr - َرْح ِّسلا َساَّنلا َنوُمِّلَعُي اوُرَفَك َينِطاَي َّشلا َّنِكَٰلَو ُناَمْيَل ُس َرَفَك اَمَو - Sulaymon kofir emas edi, balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar (Baqara, 102). Olimlar sehrgaralarning turlari haqida ham bir qancha fikrlar bildirishgan va ularni quydagi turlarga bo‘lishgan: 1. sahir – afsungar - ٰىَتَأ ُثْيَح ُرِحا َّسلا ُحِلْفُي َلاَو ۖ ٍرِحا َس ُدْيَك اوُعَن َص اَمَّنِإ ۖ اوُعَن َص اَم ْفَقْلَت َكِنيِمَي يِف اَم ِقْلَأَو - Qo‘lingdagi narsani (ya’ni asoingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qayerda bo‘lmasin zafar topmas (To Ho, 69). Xos ravishda sehrgarni faoliyati tugun soluvchi, afsun o‘quvchi, qaytariq qiluvchi, og‘zaki va yozma ravishda, yoki qandaydir xarakat bilan sehr qilinayotgan insoning tanasiga, yuragiga (qalbiga) va aqliga (idrok) bilvosita ta’sir qiluvchi shaxs tushuniladi; 2. kohin – bashoratchi - ٍ نوُن ْجَم َلاَو ٍنِهاَكِب َكِّبَر ِتَمْعِنِب َتْنَأ اَمَف ْرِّكَذَف - Bas, (ey Muhammad) siz insonlarga Qur’on oyatlari bilan) pand-nasihat qilavering! Chunki siz Parvardigoringizning ne’mat-marhamati bilan kohin-folbin ham, majnun ham emasdirsiz (Tur, 29). Xos ravishda kohin kelajakda bo‘ladigan ishlarni, maxfiy ish va sirlarni bilishini da’vo qiluvchi odamdir; 3. arrof – folbin - ةمايقلا موي باذعلاو ةمادن اهرخآو ةملام اهلوأ ةفارعلا – Folbinlikni boshi ta’na, oxiri pushaymonlik va qiyomat kunidagi azobdir (Bayhakiy-20226) Xos ravishda arrof ba’zi alomatlarga qarab, misol uchun, so‘rovchining gapiga, ishiga yoki holiga qarab, o‘g‘irlangan narsaning qayerda ekanini, yo‘qolgan narsani joyini va shunga o‘xshash narsalarni bilishini da’vo qiluvchi shaxsdir. Sehrni 2 turkumga bo‘lish mumkin: 1-turi, sehrni tomosha qilayotgan shaxsning ko‘zlariga ta’sir qilish orqali. Narsaning mohiyati o‘zgarmaydi, balki unga qarayaptganlarning idrokiga ta’sir bo‘ladi, ya’ni ko‘zni aldash sodir etiladi. Masalan, bir kishi kelib tuxumni ko‘rsatib shuni havoga ko‘tara olaman deydi. Uning qo‘lidagi tuxumga qarab tursangiz u o‘zgarmaydi, lekin havoga ko‘tarilgandek ko‘rinadi. Bunday holatda sehr qiluvchi narsaga emas, balki sodir bo‘layotgan xodisaga qarayotgan insonlarning ko‘ziga ta’sir qiladi. Bu turkumni 2 turga bo‘lish mumkin: a) Sehr qiluvchi jinning yordamisiz turli xil xatti-xarakatlar bilan amalga oshiradi. Bu turli xil fokus (ko‘zboylg‘ichlik), tezlik, mohirlik va shu kabi holatlar bilan ko‘ruvchilarni aldash. b) Sehr qiluvchi insonning idrokiga jin orqali ta’sir qiladi. Islom olamida jinlar haqida qator asarlar yozib mashhur bo‘lgan Vohid Abdussalom Bali insonlarni aldanishilarining bir necha holatlari haqida o‘zi guvoh bo‘lganini aytib o‘tadi. Bir kun bir shaxs ikki daraxt orasiga xatto mushukni ham ko‘tara olmaydigan ingichka arqonni bog‘lab bu arqondan yurib o‘ta olishligini aytadi. Yana bir shaxs bir hayvonni og‘zidan kirib, orqa tomonidan chiqa olishligini aytadi. Vohid Abussalom Balining ta’kidlashicha, agar bu jin yordamidagi aldov bo‘lsa, bu holatni kamerani berkitib olingandan xech qanday g‘ayrioddiy holat yuz bermayaptganini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Vohidning aytishicha, yuqoridagi kabi arqondan yurayotgan insonni kameraga tushurganini aytib, kamerada sehr qilayotgan shaxs xech qanday arqonda yurmasdan o‘z joyida turganligini va arqon ham o‘z joyida turganligini, sehrgar esa o‘z joyida turib qo‘l va oyoqlarni shunchaki qimillatayotganligi ko‘rinadi, buni tomosha qilayotganlarga u haqiqatdan ham arqonga chiqayotganligi hayollanayotganligi ko‘rinadi. Agar bu fokus bo‘lganda edi, kamerada insonlar ko‘rayaptgan narsa o‘zgarmasdan ko‘rinishi aytiladi. Arqonda yurayotgan shaxsga qaytilsa, bu holatda jinning yordami orqali tomosha qiluvchilarning ko‘zlariga hayollanish ko‘rinayapti, lekin filmda jinni o‘zi ko‘rinmayapti. Boshqa holatga, ya’ni hayvonni og‘zidan kirib, orqa tomonidan chiqishini ta’kidlovchiga kelsak, shunday qilayotgan shaxsning oldiga bir birodarimiz yaqinlashib “Oyatu-l-kursini” o‘qigan edi, shu zaxoti tomosha qilayotganlar sehirgar boyagi hayvonning ikki oyoqlari orasidan o‘tayotganligi ko‘rinib qolganligini aytadi. Ko‘zning hayollanishi shu ishni qilayotgan insonning qobilyatiga bog‘liq (fokuschi), yoki bunda jin aralashgan bo‘ladi va uni (jinni) kamerada ko‘rib bo‘lmaydi, bunday holatda sehrni Qur’on, sunnatda kelgan ma’sur zikr, yoki “bismillah” deb buzish mumkin. 2-turi, sehrgarni insonga uning yo‘qligida ta’sir qilishi. Bu tadbir faqat jin ishtirokida bo‘ladi. Sehr turlari Sehrning yo‘nalishiga qarab ularni bir necha turga bo‘lish mumkin: 1. qaytaruvchi (sihru-t-tafriq) – Baqara-102, Muslim-2813; Bunda asosan yaqin insonlarni bir-biriga nafrat uyg‘otishga qaratilgan; 2. rom qiluvchi (sihru-l-mahabba) – Abu Dovud-3883, Ibn Moja-3530. Kimgadir chuqur va qattiq sevgi hissini singdirish; 3. nigohni mahliyo qiluvchi (sihru-t-tahayyul) – A’rof-115-122, ToHa-65-66. Insonga gallyusinasiya (yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi) orqali ta’sir qilish; 4. aqldan ozishni keltirib chiqaruvchi (sihru-l-junun) – Abu Dovud-3896. Qandaydir faoliyat natijasida sehrgarning qurboni o‘z aqlidan ozadi; 5. qon ketishga olib keluvchi (sihru-n-nazif) – Buxoriy-2039, Abu Dovud-287; Olimlar ushbu 5 ta sehr turlarida keltirilgan dalillarga asoslanib boshqa turlari haqida ham ma’lumot berishadi. 6. hafsalasizlikni keltirib chiqaruvchi (sihru-l-xumul) – insonni yolg‘izlanishlikka, odamovi bo‘lishga chorlaydi; 7. vasvasa tug‘diruvchi (sihru-l-havatif) – inson tushiga jin turli tashlanayotgan yirtqich bo‘lib kiradi va unga tanish va notanish insonlar tovushi bilan murojaat qiladi. Shu tufayli yaqin kishilariga nisbatan turli shubhliklar tug‘uladi. 8. kasallik tug‘diruvchi (sihru-l-maraḍ) - bu insoning biron-bir tana a’zosidagi og‘riqlarga bog‘liq; 9. nikoh bog‘lashga to‘sqinlik tug‘diruvchi (sihr ta`tili-z-zavaj) – bunday sehr turi, muayyan bir ayol (qiz)ga nisbatan turmushga chiqa omasliklari uchun yo‘nalirilgan (Vohid ibn Abdussalom Bali). Shuningdek olimlar sehr atrofidagi amaliyotlar borasida ham fikr bildirgalar. Bular a) ٌطْبَر - tugun bog‘lash – sog‘lom erkak va ayol, er-xotinlik jinsiy faoliyatlarini bajara olmasliklariga bog‘liq holat (Vohid ibn Abdussalom Bali); b) ينعلا - ko‘z tegish – zavq aralash hasadli qarash orqali o‘zga bir shaxsga nisbatan zarar yetkazish (Yusuf-67-68, Qalam-51, Ibn Moja-3508). Jin bilan sehrgarni bog‘lanishi Bu bog‘lanishni bir necha turlari bor: 1. Afsun o‘qish (qorong‘u xonada olov yoqish); 2. Jonliq so‘yish; 3. Tubanlik (Qur’on varaqlarini oyoq ostiga bog‘lab xojatga kirish. Taqiqlangan jinsiy aloqa); 4. Najosatdan foydalanish (Qur’on suralarini xayz qonlari bilan yozish); 5. Oyatlarni teskari yozish; 6. Munajjimlik (Emishki yulduzni ruhi unga yordam beradi); 7. Kaftdan foydalanish (Balog‘atga yetmagan junub holdagi bolani chap kaftiga to‘rtburchak va har tomonidan turli afsunlar yozib, ushbu to‘rtburchak o‘rtasiga yog‘ va havo rang gulni, yoki siyohni qo‘yib to‘g‘ri to‘rtburchak qog‘ozga qo‘yish); 8. Insonning shaxsiy narsalaridan foydalanish (Bunda insonga taaluqlik bo‘lga va uning ter hidi bo‘lgan dastro‘maol, kiyim, bosh kiyim, ko‘ylak kabi narsalarining uchi tugulib “yo‘liga” Qur’on oyatlarini o‘qib, ichida yana shirkiy afsularni ham o‘qib dam soladi va oxirida tugnning uzunligiga qarab tashxsi qo‘yadi). Sehrgarning alomatlari dardmand kishi va uning onasi ismini so‘raydi; dardmand kishining biron-bir shaxsiy narsalarini so‘raydi (kiyim, dasturmol, va shu kabi); Allohning nomini zikr qilmasdan qurbonlik qilish uchun, yoki uning qonini kasal kishiga surtish uchun, yohud qurbonlikning jasadini qarovsiz yerda qoldirish maqsadida muayyan alomatga ega hayvonni talab qiladi; tushunarsiz afsun va daflar o‘qiydi; dardmandga ichida harf yoki raqamlar yozilgan to‘rtburchak shakli bor tumor beradi; dardmandga quyosh nuri tushmaydigan xonada ma’lum muddat yolg‘izlanishni buyuradi; ko‘p hollarda 40 kungacha bo‘lgan muddatni inobatga olib dardmandga ma’lum kunlar davomida suvga teginmaslikni buyuradi; dardmandga ba’zi bir narsalarni berib, ularni yerga ko‘mishni so‘raydi; dardmandga qog‘oz berib yoqishni va uning tutuni bilan o‘zini hidlantirishni so‘raydi; tushunarsiz so‘zlarni gapiradi; sehrgarning o‘zi dardmandga uning ismini, asli qayerdan ekanligini va afsungarning oldiga boshlab kelgan muammosini gapirib beradi; dardmandga qog‘oz yoki idishga oq rangli gil (loy)dan alohida harflarni yozib, ularni suv bilan chayib, keyin o‘sha suvni ichishga buyuradi. Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling