1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei


Albatta (Iyso Qiyomat) soati haqidagi bilim-


Download 405.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana25.12.2022
Hajmi405.18 Kb.
#1066247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boş

Albatta (Iyso Qiyomat) soati haqidagi bilim-
alomatdir. Bas, sizlar u (soat) haqida hargiz shak-shubha qilmangiz! (Zuxruf, 
61). Hadislarda Iso ibn Maryamning tushishi tasdiqlangan va Payg’ambar 
Muhammad tomonidan Isoga tavsif berilgan, ya’ni u o’rta bo’yli, pushti va oppoq 
badanli ekanligi haqida (Abu Dovud-4324). Iso ibn Maryamni tushadigan manzili 
hadsilarda Damashqdagi oq minor deb ko’rsatilgan (Abu Dovud-4321). Iso ibn 
Maryamning tushish vaqti musulmolarning Dajjolga qarshi urushga tayyorgarlik 
ko’rib turgan vaqtlarida namoz vaqti kirishi ko’rsatilgan (Muslim-2897). Iso ibn 
Maryam Dajjolni o’ldirishidan tashqari, adolat bilan hukm yuritadi, xojlarni sindirib, 
cho’chqalarni yo’q qiladi hamda jizyani bekor qiladi (Muslim-155). Iso ibn Maryam 
40 yil yashab vafot etadi va musulmonlar uning haqqiga janoza o’qib ko’madilar 
(Abu Dovud-4324).
Uchinchi alomat: Ya’juj-ma’jujning chiqishi – Qur’oning Kahf surasi 93-99 
oyatlarida Zu-l-qarnaynga ikki tog’ oralig’idagi xalqlardan ya’juj-ma’jujlarning 
qilayotgan yomonliklari borasida tushgan arzlaridan so’ng, bu ikki xaloiqni to’g’on 
bilan to’sganligi aytiladi. Shuningdek ushbu oyatlarda ya’juj-ma’juj qiyomatga yaqin 
qolganida Zu-l-qarnayn tomonidan qurulgan to’g’on-to’siqni Allohning irodasi bilan 
buzilib, teks bo’lilb ketishi hamda ya’juj-ma’jujlarni olamga tarqalishi aytib o’tilgan. 
Muslimning sahih to’plamida kelgan hadis ya’juj-ma’jujlar haqida umumlovchi va 
yakuniy ma’lumti beradi. Unga ko’ra, Iso ibn Maryam boshchiligida musulmonlar 
Dajjolning ustidan g’alaba qozonishgadan so’ng Alloh Isoga vahiy yuboradi, unda 
Yaratuvchi shunday bandalarini yuborayotganligi aytadi-ki, ularga qarshi xech kim 
chiqa olmasligini, shuning uchun Iso bilan bo’lganlar Tur tog’iga chiqib jon 
saqlashlarini buyuradi. Shundan so’ng Alloh ya’juj-ma’jujlarni har bir tepalikdan 
yuborishni boshlaydi. Ulardan birinchilari Tabariya ko’lidan o’ta turib uni ichib 
tugatadilar, keyingilari shu joydan o’ta turib, shu yerda bir vaqtlar suv bo’lar edi 
deyishadigan darajada. Iso ibn Maryam va u bilan bo’lganlar bir buqaning boshi 
bugungi kundagi yuzlab dinordan ko’ra afzalroq bo’ladigan darajadagi kunga qadar 
qamalda bo’ladilar. Shunda Iso ibn Maryam hamda u bilan bo’lganlar Allohga duo 
qiladilar va Alloh ya’juj-ma’jujlar bo’yniga bir qurt tushuradi, ertalabga qadar 
barchalari tilka pora qiligan bo’ladilar. Shundan so’ng Iso ibn Maryam va u bilan 
bo’lganlar tog’dan tushishganda yerda bir qadam bosish darajadagi ya’juj-


ma’jujlarning badanlaridan bo’sh yer qolmaganligini hamda hamma joyni ularning 
badbo’y hidi tutib ketganligini ko’rishadi va Allohga yana duo qilishadi. Alloh 
bo’yinlari tuyaning bo’ynidek qushlarni yuboradi va bu qushlar ya’juj-ma’jujlarni 
jasadlarini Alloh iroda qilgan yerga olib ketib tashlaydilar. Shundan so’g Alloh 
yomg’ir yuborib yerni oynadek tozalaydi (Muslim-2937). 
To’rtinchi alomat: Quyoshning g’arbdan chiqishi – bu buyuk alomat borasida Buxoriy va 
Muslimlarning hadis to’lamlarida ma’lumo keladi. Unga ko’a, Qiyomat soat quyosh 
g’arbdan chiqmagunga qadar bo’lmaydi va qachonki quyosh g’arbdan chiqib insonlar buni 
ko’rishganda barchalari xayron qolib imon keltirishadi. Ammo bu shunday vaqt bo’ladi-ki 
unga qadar imon keltirganlardan boshqalarning imon keltirishi xech qanday foyda 
bermaydi (Buxoriy-4636; Muslim-157). 
Beshichi alomat: hayvon (dobbatu-l-arz)ning chiqishi – uning chiqishi oxiri zamon yanada 
yaqilashganda, olamda fisq-fujur, gunoh-ma’siyatlar yaada ko’payganda, yaxshilik hamda 
savob ishlar juda oz qolganda bo’ladi. Bu hayvon boshqa biz ko’nikkanlaridan farq qiladi: u 
isonlar bilan suhbat quradi. Hadislarada, bir hayvon paydo bo’lib oranglardagi yashaydigan 
insonlarni burnlariga alomatlar qoldiradi. Shunday bo’ladi-ki bir tuya xarid qilgan isondan 
uni kimdan sotib olganligi so’ralsa, burnida alomati bor shaxsdan ekanligini ma’lum qiladi 
(Ahmad-22946). 
Oltinchi, yettinchi va sakkizichi alomatlar: yerdagi 3 ta yirik o’pirilish – bu yirik o’pirilishlar 
borasida qator hadis to’plamlarida bir xil ma’nodagi ma’lumotlar keltiriladi. Xususan, Sizlar 
10 ta alomatni ko’rmagunilarcha Qiyomat kelmaydi: quyoshning g’arbdan chiqishi, tutnni 
paydo bo’lishi, hayvonni (dobbatu-l-arz) chiqishi, ya’juj-ma’jujni chiqishi, Iso ibn 
Maryamning tushishi, Dajjolning chiqishi, 3 o’pirilish: g’arbada, sharqda va arab 
yarimorolida sodir bo’lishi (Muslim-2901). 
To’qqizinchi alomat: tutunni paydo bo’lishi – bu borasida Qur’onda ma’lumot keladi. “Bas, 
(ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni barchaga ko’rinadigan) tutunni keltiradigan Kunga 
ko’z tuting! U (tutun barcha) odamlarni o’rab olur. Bu alamli azobdir. «Parvardigor, O’zing 
bizlardan bu azobni aritgin. Albatta bizlar iymon keltirguvchidirmiz». (Lekin) ular uchun 
qayoqdan ham (boshlariga tushgan bu balo-ofatlardan) eslatma-ibrat olish bo’lsin?! 
Holbuki ularga ochiq payg’ambar (ya’ni Muhammad alayhis-salom) keldi, so’ngra undan 
yuz o’girdilar va: «(Unga Qur’on birovlar tomonidan) o’rgatib qo’yilgan, (u) majnun», 
dedilar-ku?! (Bas, ochiq-ravshan mo’’jiza – Qur’onni keltirgan payg’ambarga iymon 
keltirmay, undan yuz o’girgan kimsalar boshqa biron narsadan pand-nasihat olarmidilar?!) 
Albatta Biz bu azobni (sizlardan) bir oz (vaqtgacha) aritguvchidirmiz, sizlar ham shak-
shubhasiz (o’z kufru isyonlaringizga) qaytuvchidirsizlar (Duxon, 10-15). Payg’ambar 
hadislarida ham bu borada ma’lumolar keladi. Sahoba Huzayfa ibn Asid G’iforiy biz 
qiyomat alomatlari haqida suhbat qurib turgan edik, Payg’ambarimiz kelib, nima haqida 
suhbatlashyotanimizni so’radilar va biz qiyomat haqida degan edik ular, 10 alomatni 
ko’rmaguninglarcha qiyomat bo’lmaydi dedilar va ular orasida tutuni chiqishini ham aytib 
o’tdilar (Muslim-2901). Mufassir ibn Kasir yuqorida keltirilgan “Duxon” surasidagi oyatlarni 
tafsir qila turib Tabaroniydan kelgan hadisni keltiradi. Darhaqiqat Sizlarning Robbingiz 3 


narsa bilan ogohlantirdi: birinchisi – tutun, uning dastidan imon keltirganlarda tumovga 
o’xshash holat yuzaga kelsa, imon keltirmaganlar bo’lsa, shishib ketishadi, xatto ularning 
quloqlaridan chiqa boshlaydi; ikkinchisi – hayvon; uchinchisi – Dajjol (Ibn Kasir. Tafsiru-l-
Qur’oni-l-A’zim. -j.7, b.248). 
O’ninchi alomat: olovning chiqishi – bu olov Adnon (Yaman) ko’rfazidan chiqib insonlarni 
jam’ bo’lish maydoniga yig’adi (Muslim-2901). Olimlar islomning muqaddas manbalarida 
keltirilgan ma’lumotlarni o’rganib chiqib yig’ilish maydoni (mahshar)ni Shom deb 
ta’kidlaydilar (Ahmad-28393). Bundan tashqari hadsilar matni olov mahshar yeriga oxirgi 
xaydab boradigan insonlar haqida ma’lumot berib, ular muzayna qabilasidan bo’lmish ikki 
cho’pon bo’lishliklari aytilgan (Buxoriy-1874).
Oxirat kuniga bog’liq voqealar. Qiyomat kunining daxshatlarini Qur’on tavsiflab berib, u 
kunda insonlarni shuday qo’rqichlar bosadi-ki, uning dastidan ko’zlar orqaga tortib ketadi, 
yuraklar esa ko’krakdan chiqib ketgudek bo’ladi.
Ushbu kunning eng qo’rqinchli voqealaridan – olamni buzilishi hisoblanib, unda yer o’z 
tog’lari bilan, osmon bo’lsa o’z yulduz, sayyora, quyosh va oyi bilan vayron bo’ladi. 
Qur’onda xabar berilishicha yer larzaga keladi, tog’lar o’z joyidan ko’chib parchalanadi. 
Dengizlar portillab yona boshlaydi, osmonlar bo’linib xarakatga keladi, quyosh eshiladi, oy 
qorong’ulashib qoladi, yulduzlar to’kilib yorug’lik berishni to’xtatadi. Barcha bu daxshatlar 
Qur’onning quydagi suralarida tavsiflanadi: «Kahf», 47; «To Ha», 105-107; «Anbiyo», 104; 
«Zumara», 67; «Tur», 9; «Rohman», 37; «Haqqo», 13-16; «Ma’arij», 9; «Muzzammil», 14; 
«Qiyoma», 7-8; «Mursalat», 10; «Naba’», 20; «Takvir», 3,6; «Infitor», 1-3; «Inshiqoq», 1-2; 
«Fajr», 21; «Qoria’», 5.
Qiyomat kuni insonlar bilan sodir bo’ladigan voqealar. 
Surning chalinishi: Qiyomat kuni kelganda farishta Surga puflaydi va uning tovushi yeru 
osmondagi barcha narsa yakun yasaydi (Zumar, 68; Yosin, 49-50). Hadislarda bu Sur 
chalinishi haqida, Sur chalinganda har qanday inson diqqat bilan boshini ko’tarib eshitadi. 
Bu tovushni birinchi eshitadigan kishi, tuyalarini sug’oradigan havzasini devorlarini 
suvayotgan inson bo’ladi. U va dunyodagi boshqa barcha insonlar qotib (o’lmoq) qoladilar 
(Muslim-2940). Surning mohiyatini olimlar Payg’ambardan kelgan hadisga asoslanib 
tushuntiradilar. Payg’ambardan bir badaviy kelib Sur nima ekanligini so’raganda 
Payg’ambar, bu unga puflanadigan surdir deydi (Ibn Hibbon-7312). Surga kim puf urishi 
borasida barcha sunniy olimlar umumiy fikrga kelib, Isrofil deyishgan (Ibn Hajar, Fathu-l-
bariy, - j.11, - b.376). Surga puflanadigan kun haqida Payg’ambardan kelgan xabarga ko’ra 
juma bo’ladi (Abu Dovud-1047). Surga nechi bor puflanishi borasida olimlarning orasida 
bahs bo’lsada (kimdir 2 martta deydi, kimdir 3 martta), quvvatliroq gap 2 marotaba (Zumar, 
68; Muslim-2940). 
Qayta tirilish: Bu tushunchadan insonga uning badani qaytarilishi va qayta tiriltirilishi 
tushuniladi (Yosin, 51-53). Insonlarning badanlari Alloh yuborgan yomg’irdan so’ng xuddi 
o’simliklardek yerdan unib chiqadi (A’rof, 57; Fotir, 9). Insonlarni bu unib chiqishi ularning 
dum suyaklarida joylashgan danakchadek (kichik nohotdek) suyak - 
بنذلا بجع – ajbu-z-


zanab (olimlarning tadqiqotlariga ko’ra uni xech nima bilan yo’q qilib bo’lmaydi, na kislota, 
na olov bilan)dan bo’ladi (Buxoriy-4935; Muslim-2955). Qur’onda inson qanday holatda va 
qaerda (samolardami, dengizdami, yoqib yuborilganmi) o’lib topgan bo’lishiga qaramasdan 
Alloh uni qaytatdan tiriltirish qodir ekanligini aytadi (Baqar, 148). Hadislar matni birinchi 
bo’lib Payg’ambar Muhammad tiriltirilishini ko’rsatadi (Muslim-2278). Insonlar yalag’och, 
yalangoyoq va xatna qilinmagan holda yig’iladilar (Anbiyo, 104; Muslim-2859). Shundan 
so’ng insonlar kiyntiriladilar. Birinchi kiyntiriladigan inson Payg’ambar Ibrohim bo’ladi 
(Buxoriy-3349). 
Mahshar yeri: Qiyomat kuni insonlar yig’iladigan yer, hozirda istiqomat qilinayotganidan 
o’zgacha bo’ladi (Ibrohim, 48). Hadislarda Qiyomat kuni insonlar oq-qizil yerda yig’ilishlari 
aytiladi (Buxoriy-6521). Yuqorida aytildi insonlarni yig’iladigan manzillari Shom shahri o’rni 
bo’ladi (Ahmad-28393).
Oxirat kunidagi insonlarning holatlari: U kuni insonlarning holati turlicha bo’ladi. Ularni 3 
guruhga bo’lib ko’rib chiqish mumkin. Imonsizlar, gunohkor imonlilar va taqvodor imonlilar.
Qur’on oyatlari shuni ko’rsatadi-ki, imonsiz insonlar boshiga ko’plab qo’rqinchlik falokat va 
azoblar yog’iladi. Maorij surasining 43-44 oyatlarida ularning qabrlardan chiqish holatlari 
aytiladi “U kunda ular go’yo (o’zlari sig’inadigan) butlarga qarab chopishayotgandek 
shoshilgan, ko’zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o’rab-egallab olgan hollarida qabrlaridan 
chiqib kelurlar! Mana shu (hayoti dunyoda) ularga va’da qilinguvchi bo’lgan Kundir!” Qamar 
surasi 6-8 oyatlarida ham shunday achinarli holatni tavsiflaydi: “(Ey Muhammad), endi siz 
ulardan yuz o’giring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish bo’lgan bir narsaga (ya’ni 
Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda ular (kofirlar) 
ko’zlari (qo’rquvdan) quyiga boqqan hollarida go’yo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan 
chiqib kelurlar! Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar «Bu og’ir 
kundir», derlar”. Ibrohim surasining 49-50-oyatlari ularning kiyadigan kiyimlari-yu qo’llari 
kishanlanganligini tavsiflaydi: “(Ey Muhammad), u kunda jinoyatchi kimsalarni kishanlar 
bilan bog’langan hollarida ko’rursiz. Ularning kiyimlari qora moydan bo’lib, yuzlarini olov 
o’rab olur”. Imonsiz kishilarning amallari haqida gapirilsa, ularni shartli ravishda ikkiga 
bo’lish mumkin. Birinchisi – yaramas ishlar, yomonlik va zarar yetkazish bilan bog’liq. 
Bunday ishlar ustma-ust bo’lgandek zulmatga o’xshaydi. “Yoki (kofirlarning qilgan amallari) 
ustma-ust to’lqin va uning ham ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga 
o’xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o’z qo’lini chiqarib (qarasa) ko’rishga yaqin 
bo’lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas uning (uchun) hech qanday nur bo’lmas” 
(Nur, 40). Ikkinchisi – shunday amallar-ki, ushbu ishlar ularni Allohning azobidan himoya 
qila oladigan: sadaqa, qulni ozod qilish, silai rahm va savob ishlarga mablag’ ajratish kabi 
amallar. Qur’onda bu ishlar Nur surasi 39-oyatda sarobga, Oli Imron surasi 117-oyatda 
ekiniga tegib, uni halok qilgan sovuq shamolga, Ibrohim surasi, 18-oyatda bo’ronli kunda 
qattiq shamol uchirib ketgan kulga o’xshatiladi. Imonsiz kishilar ularga tayyorlab qo’yilgan 
barcha azob-uqubat va dahshatlarni ko’rgach hammalari bir-biri bilan talashib-tartishib, 
ayblashga tushadilar (Shuaro, 91-99). 


Gunohkor imoli kishilarning ham holatlari Qur’onda tavsiflangan. Ba’zi shunday kishilar 
hayotlik vaqtlarida turli gunohlar qilib, keyin o’zlarini Qiyomat kuni jazoga mubtalo qiladilar. 
Masalan zakot bermagan insonlarga boyliklari bo’yinturiq qilib ilinadi (Oli Imron, 180). Shu 
oyatdagi bo’yinturiq hadislarda do’zaxga boshlab boruvchi ikki tishli zaharli ilon qilinadi deb 
o’tilgan (Buxoriy-4565). Mutakabbir insonlar qiyomat kuni xuddi uni sezishmaganlaridek 
chumolidek mayda qilib yaratiladi (Termiziy-2492). Ko’pgina oyat va hadislarda shunday 
gunohlar eslanadi-ki, uni qilgan kishi bilan Qiyomat kuni Alloh na gaplashmaydi va na 
maqtaydi, balki bunday shaxsni og’ir azob kutadi. Bu Allohdan nozil qilingan xabarlarni 
berkituvchi rohiblar qatorida, shunday ishlarni amalga oshiruvchi olimlarga ham qarata 
aytiladi (Baqar, 174-175). Islomning muqaddas manbalarida ko’plab shu kabi gunohlar 
eslanib, imonli gunohkor insonlarga nisbtan yetkaziladigan azoblar keltiriladi. 
Imonli taqvodor insonlar borasida ham Qur’on va Payg’ambar Sunnatida qator ma’lumotlar 
keltiriladi. Avvalambor imoli taqvodor insonlarni Alloh Qiyomat kunining yomonliklaridan 
o’zi saqlaydi va baxt surur ato qiladi (Inson, 11-12). Bunday insonlar orasida Alloh Qiyomat 
kuni o’z soyasida saqlidigan bandalari bo’ladi (Buxoriy-1423). Hadislarda imkonsiz 
qarzdorlarni holatini yengillashtirgan insonlar Alloh o’z mag’firatiga burkashi haqida aytiladi 
(Muslim-2699). Bundan tashqari hadislarda adolatli insonlarning Qiyomat kunidagi holatlari 
juda maqtaladi va nurdan bo’lgan makonlarni egallashliklari aytiladi (Muslim-1827). 
Shuningdek Qiyomat kuni imonlik taqvodor insnolarga xos bo’lgan ishlar Qur’onning Oli 
Imron, 133-134 oyatlar va Balad surasi 11-13 oyatlarida va boshqa ko’pgina oyat va 
hadislarda keltirib o’tiladi. 
Hisob va jazo: Qiyomat kunidagi hisob va jazodan murod insonlarini bu dunyoda qilgan 
amal va so’zlari bilan tanishtiriladi. Ularning imonlari, yoki imonsizliklari, Allohga 
bo’ysunganliklari, yoki osiy bo’lganliklari ko’rsatib beriladi. Shuningdek ular erishgan ajr va 
azoblar ko’rsatiladi. Ularga taqvodor bo’lgan bo’lsalar mushaflari o’ng tomondan, 
fosiqlarniki chap tomondan beriladi. Hisobga, Allohning bandalarga gapirishi, shuningdek 
insonlarni Allohga murojaat qilishlari, hamda odam farzandlarining barcha dalillari, vajlari, 
guvohliklar va amallarning torozuda tortilish kabi masalalar ko’riladi. Hisob kimlargadir og’ir 
bo’lsa, kimlargadir yengil kechadi, kimlargadir izzat bo’lsa, kimlargadir xorlanish bo’ladi.
Qur’onning quydagi oyatlarida hisob qaday amalga oshirilishi yoritilgan: Baqara, 210; 
Ibrahim, 49-51; Kahf, 48-49; Zumar, 69; Josiya, 28. Birinchi bo’lib Payg’ambar 
Muhammadning ummati hisob qilinadi (Muslim-855). Hisob qilishning mezonlari mutloq 
adolat asoslanganligi Qur’on oyatlarida keltiriladi: Baqara, 281; Anom, 160, 164; Isro, 
13-14; Nahl, 89. Inson va Alloh o’ratsidagi birinchi so’raladigan masala namoz bo’ladi (Abu 
Dovud-864). Insonlar orasidagi o’zaro so’raladigan birinchi masala – to’kilgan qon bo’yicha 
bo’ladi (Buxoriy-6964). Hisob insonlarga mushaflarni turli xil tomonlardan berilishi bilan 
yakun topadi (Ishiqoq, 7-9, 10-12).
Hisoblashib qo’yish: Qiyomat kuni Alloh zolimdan kimga nisbatan zulm qilingan bo’linsa, 
shuning hisobini so’raydi va adolatli ravishda xech qanday ranjish holati qolmaydi. Bu holat 
xattoki hayvolarning orasida ham qolmaydi (Muslim-2582). Qiyomat kuni inson uchun 
haqiqiy boylik – bu uning qilgan solih amallari hisoblanadi. Bu dunyoda kimgadir nohaq 


ozor yetkazilgan bo’linsa, demak uning solih amallaridan ozor yetkazilganga olib beriladi. 
Agar solih amal bo’lmasa, yoki qolmasa, unda ozor berilgan shaxsning gunoh ishlaridan 
unga o’tkaziladi (Buxoriy-2449). Kimki bu hayotida ul bul kimdan qarz olib, qutilmasdan 
vafot etgan bo’lsa, unda shu qarz evaziga qarzdorning solih amalidan qarz beruvchiga olib 
beriladi (Ibn Moja-2414). Olimlar Payg’ambardan kelgan hadislarni o’rganib chiqib, bu 
hisoblab qo’yishish masalalari jannat va do’zax orasidagi ko’prik oldida bo’lishligini aytib 
o’tishadi (Buxoriy-2240). 
Tarozu: Qiyomat kunida tarozu bo’lishligi va unda insonlarning amallari tortilishi ham 
islomning muqaddas manbalarida keltiriladi. Oyat va hadislar bu tarozular haqiqiyligi, aniq 
o’lchashligi haqida xabarlar beradi (Anbiyo, 47). Olimlar orasida turli bahslar bor tarozuda 
aynan nimalar o’lchanishi borasida. Birichidan amallar tortiladi, sababi ular 
moddiylashtiriladi va tarozuga qo’yiladi (Buxoriy-6406); Ikkinchidan insonning o’zi tarozuda 
tortiladi (Buxoriy-4729); Uchinchidan insonning amallari yozilgan mushaflar ham tortiladi 
(Termiziy-2639).
Hovuz: Qiyomat kunida hovuz bo’lishi borasida ko’lab hadislar kelgani uchun, ular 
mutavotir darajasiga yetgan. Hadislarda Payg’ambar Muhammadga beriladigan hovuz 
juda katta, uning suvi sutdan oppoqroq, asaldan shiraliroq, hidi esa, mushkambardan 
isliroq, uning qirg’oqlaridagi ko’zalar osmondagi yulduzlar kabi va undan kim bir marotaba 
ichsa umurbod chanqamasigi aytilgan (Buxoriy-6579).
Sirot (ko’prik) va Jannat hamda Do’zax sohiblari: Qiyomat kunining oxirida insonlar yoki 
jannatga yoki do’zaxga kiradilar (Saffot, 22-23; Hadid, 12-15). Jannatga kiradiganlar va 
do’zaxga tushadingalar ko’prikga (sirot) ro’baro’ bo’ladilar (7437).

Download 405.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling