1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei
-Mazu: Islomda taqdir borasidagi fikrlar
Download 405.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Boş
4-Mazu: Islomda taqdir borasidagi fikrlar
Qadar so‘zi fe’ldan yasalgan otdir. Bu ibora biron bir narsani miqdorini va hajmini bilishni anglatadi. Arab tilida al-qadar “hukum”, “yechim”, “biron-bir narsani chegarasi” ma’noalriga ega. Taqdir, aniqrog‘i at-taqdir bu – “biron-bir yechim masalasi borasida fikr qilish” degan ma’noni anglatadi. Qadar, ya’ni taqdir – Alloh ta’oloning narsalarning bo‘lishidan avval bilishi va uning hikmatining taqozosiga mutanosib o‘laroq, butun Koinot uchun qo‘ygan o‘lchovidir. Bundan tashqari taqdirni “qazo” iborasi bilan ham anglanadi. Al-qazo o‘zgarmas hukum ma’nosida keladi. Bu so‘zning etimologik, ya’ni asl ma’nosi “to‘htatmoq”, “uzmoq” deganidir. Olimlar “qadar” va “qazo” borasida qator fikrlar aytishgan: Birinchi fikrga ko‘ra qadar – Allohning azaliy ilmi bilan chiqarilgan hukum, qazo – bu hukumga asosan yaratilish; Ikkinchisi shuni aksi. Taqdir imon rukunlariga kirib unga xujjat, Qur’onda Alloh, «Albatta Biz har bir narsani (aniq) o‘lchov bilan yaratdik» (Qamar: 49); yoki «... barcha narsani yaratib (aniq) o‘lchov bilan o‘lchab qo‘ygan zotdir» (Furqon: 2) degan. Payg‘ambar davrida taqdir borasida sahobalarni orasida bahs ko‘tarilganda, buni eshitgan Payg‘ambarning jahli chiqib, bu ishga buyuurilmagan ekanliklarini va o‘tgan ummatlar mana shu masalada bahslashganliklari uchun halok bo‘lganliklarini va bu borada bahslashmaslikni buyuradi. Abu Bakr, Umar va Usmonlar davrida bu borada bahs ko‘tarilmaydi, faqat Umar davrilarida Abu Ubayda Amr ibn Jarroh Umar Shomga kirmaymiz deganlaridagi e’tirozi borasida o‘zaro bahslashuv bo‘lgan, lekin Umar tuyaning egalari borasida bildirgan fikrlar juda yaxshi misol bo‘lgan. Bu boradagi masalani birinchi ko‘targan shaxs basralik Sansaveyx (Savsan) degan baqqol bo‘lgan. Avvaliga u xristianlikdan islomni qabul qiladi, so‘ng yana nasroniy diniga o‘tadi. Uning fikrlarini Ma’bad Juhaniy (699-700 yoki 703-04 yillari Xajjoj Yusuf tomonida bu fikrlarni tarqatganligi uchun qatl qilinadi). Ma’baddan bu fikrlarni Gʻiylon Dmashqiy (742 yil xalifa Xisham davrida qatl qilingan) qabul qiladi. O‘sha davrda yashagan sahobalardan Abdulloh ibn Umar, Ibn Abbos, Jobir ibn Abdulloh, Abu Hurayra, Anas ibn Moliklar bu kabi fikrlarni aytganlarga qarshi urush e’lon qilishadi. Ammo Ma’badning fikrlari mu’tazili yo‘nalishi asoschilari Vosil ibn Ato va Amr ibn Ubaydlarning qarashlarida o‘z aksini topadi. Qadarga iymon keltirish to‘rt narsa (bosqich)ni o‘z ichiga oladi. Birinchi: Alloh ta’olo barcha narsalarni ular xox o‘zining, xox bandalarning ishlariga taalluqli bo‘lsin azaliy va abadiy, umumiy va batafsil suratda bilgan ekaniga ishonish. Allohning ilmi – barcha narsani bilishligi. «Holbuki, Alloh barcha narsani bilguvchi Zotdir» (Baqara: 29); Ikkinchi: Alloh ta’olo barcha narsani «Lavhul-Maxfuz»ga yozib qo‘ygan ekaniga ishonish. Alloh Qur’onda: «Na Yerga va na o‘zlaringizga biron musibat yetmas, magar (yetsa) Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta bu Allohga osondir» (Hadid: 22); Alloh ta’olo bu ikki bosqich haqida shunday dedi: «Siz Alloh ta’olo Osmon va Yerdagi barcha narsani bilishini, bimaysizmi? Bular kitobda (Lavhul-Maxfuzda) bordir. Albatta bularning barchasi Allohga osondir». (Xaj: 70). Imom Muslimning «Saxix»ida Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilinadi: «U kishi dedi: men Rasulullox sallAllohu alayxi va sallamning: «(Alloh ta’olo) maxlukotlarning takdirini Yer va Osmonni yaratishdan ellik ming yil avval yozib ko‘ygan» - deb aytganlarini eshitdim». Uchinchi: Barcha narsalar, ular xoh Alloh ta’oloning ishlari xoh maxluqotlarning ishlariga taalluqli bo‘lsin, Alloh ta’oloning xoxishi bilan bo‘lishiga ishonish. Alloh ta’olo dedi:«...Va parvardigoringiz xohlagan va ixtiyor qilgan narsasini yarata oladi». (Qasas: 68). «Alloh ta’olo xohlagan narsasini qiladi». (Ibrohim: 27). «U sizlarga onalaringiz qornida qanday xohlasa shunday surat beradi». (Oli Imron: 6). Alloh ta’olo bandalarning ishlariga taalluqli narsalar haqida shunday dedi: «Agar Alloh xohlasa, ularni sizlarning ustingizdan hukmron qilar va ular sizlarga qarshi urush qilar edilar». (Niso: 90). «Agar Alloh xohlasa, ular bunday qilmas edilar. Ularning to‘qigan uydirmalari bilan qo‘yib qo‘ying». (An’om: 137). To‘rtinchi: barcha mavjudotlar o‘z zoti, sifatlari va xarakatlari bilan Alloh ta’oloning maxluqotlaridir. Ya’ni Alloh barcha narsalarni yartgan. Alloh ta’olo dedi: «Alloh ta’olo barcha narsaning yaratuvchisidir, xolbuki, U barcha narsaga vakildir». (Zumar: 62). «Alloh ta’olo barcha narsani yaratdi va o‘lchab qo‘ydi». (Furqon: 2). «Alloh ta’olo sizlarni va sizlarning amallaringizni yaratdi». (Soffat: 96). Yuqorida aytib o‘tganimizdek, taqdirga iymon keltirish bandaning ishlaridagi ixtiyori, xohishi yoki qudrati bor ekanini inkor etmaydi. Chunki, shariat va voqe’lik buning isbotiga dalolat qiladi. Shariatning dalolati: «Xohlagan kimsa, qaytishi uchun parvardigori tomon yo‘l olsin». (Naba’:39) Qudrat haqida esa, Alloh ta’olo shunday dedi: “Alloh ta’olodan qudratingiz yetganicha taqvo qiling va quloq soling va itoat qiling». (Tag‘obun: 16). «Alloh ta’olo hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif qilmaydi. Har kim yaxshi amal qilsa o‘zining foydasiga, yomon amal qilsa o‘zining zimmasigadir». (Baqara: 286). Voqelikning dalolati: Har bir inson o‘zining xohishi bilan ro‘y berayotgan bir ishni qilish yoki qilmaslik, o‘tirish, yurish kabi xarakatlar bilan, titroq singari o‘z xohishidan tashqari bo‘lgan narsalar o‘rtasini farqlay oladigan xohish va qudrat bor ekanini biladi. Biroq, bandaning xohish va qudrati Alloh ta’oloning xohishi va qudrati bilan sodir bo‘ladi. Alloh ta’olo dedi: «......Sizlardan to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishni xohlagan kishilarga eslatmadir. Sizlar butun olamlar parvardigori bo‘lmish Alloh xohlasagina xohlarsizlar». (Takvir: 28-29). Chunki, barcha Koinot Alloh ta’oloning mulki bo‘lib, Uning mulkida Uning ilmi va xoxishisiz biron narsa sodir bo‘lmaydi. Biz takdirni tavsif etganimizdek iymon keltirish, bandaga zimmasidagi mas’uliyat va toat ibodatlarni tark qilish, yoki gunoxlarni qilishga xujjat bo‘lmaydi. Birinchidan Alloh ta’olo dedi: «Xali mushriklar: «Agar Alloh xoxlaganda na biz va na ajdodlarimiz shirk keltirmagan va biron narsani xarom kilmagan bo‘lardik» deydilar. Ulardan ilgarigilari xam to azobimizni totigunlaricha mana shunday xakni rad qilganlar. Ayting oldingizda bizga ko‘rsatadigan biron xujjatingiz bormi?! Sizlar fakat gumonga ergashasiz. Sizlar fakat yolgon gapirasiz». (An’om: 148). Ularning takdir bilan xujjat keltirishlari to‘gri bo‘lsa edi, Alloh ta’olo ularga balosini tottirmagan bo‘lar edi. Ikkinchidan: Alloh ta’olo dedi: «Payg‘ambarlardan so‘ng odamlarning Allohga karshi xujjatlari bo‘lmasligi uchun Payg‘ambarlarni xushxabar beruvchi va ogoxlantiruvchi kilib yubordik. Alloh ta’olo Aziz va Hakim zotdir» (Niso: 165). Agar takdir Alloh ta’oloning xukmiga muxolif bo‘lgan kimsalar uchun xujjat bo‘lsa edi, Payg‘ambarlarni yuborish bilan rad kilinmagan bo‘lardi. Zero, Payg‘ambar yuborilganidan so‘ng muxolif bo‘lish xam, Alloh ta’oloning takdiri bilan sodir bo‘ladi. Uchinchidan: Imom Buxoriy va Imom Muslim Aliy ibn Abi Tolib roziyalloxu anxudan rivoyat kildilar: U dedi: «Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam: «Sizlardan xar biringizning jaxannam yoki jannatdagi joyi takdirda yozib ko‘yilgan» – dedilar. So‘ngra, Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam ushbu oyatni tilovat kildilar: «Ammo bergan va takvo qilgan kimsa..» (Bu Buxoriy rivoyati. Muslim rivoyatida esa, Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam «Xar bir kishi o‘zi yaratilgan narsa uchun muyassar kilinadi»- dedilar). Payg‘ambarimiz Muxammad -sallaloxu alayxi va sallam- amal qilishga buyurib, takdirga suyanishdan kaytardilar. To‘rtinchidan: Alloh ta’olo bandani ba’zi narsalarni qilish va ba’zi narsalarni kilmaslikka xamda uni kodir bo‘la oladigan nasalargagina buyurdi. Alloh ta’olo dedi: «Tokatingiz boricha Alloh ta’olodan takvo kilingiz!». (Tagobun:16). «Alloh ta’olo xar bir jonga o‘z tokatiga karab taklif kiladi» (Bakara:286) Agar banda Alloh ta’olo tomonidan biron ishni qilishga majbur kilinsa edi, unda tokat kila olmaydigan narsalarga taklif kilingan va undan xalos bo‘la olmagan bo‘lur edi. Bu (tokatidan tashkari narsaga majburan buyurilishi) - botil ishdir. Shuning uchun xam, bilmasdan yoki unutib yoki zo‘rlash okibatida sodir etgan gunoxidan banda mas’ul emasdir. Beshinchidan: Alloh ta’oloning takdiri maxfiy sir bo‘lib, takdirdagi narsa sodir bo‘lganidagina oshkor bo‘ladi. Bandaning kilmokchi bo‘lgan narsasini xoxlashi, shu narsani qilishdan oldin sodir bo‘ladi. Demak, uning bir narsani xoxlashi, Alloh ta’oloning takdirini bilishlikka asoslangan emas. Shunday ekan, shaxsni bilmagan narsasida xujjati bo‘lmagani uchun, takdirni xujjat qilishi bekor bo‘ladi. Oltinchidan: Biz insonning o‘zi yoktirgan dunyo ishlariga erishmagunicha intilaverishi, yoktirmagan narsalariga berilmasligi va bu berilmasligiga takdirni xujjat kilmayotganini ko‘ramiz. Buning karshisida u diniy ishlarda, o‘zi uchun foydali bo‘lgan narsalardan zararli narsalarga kayrilib, takdirni xujjat kiladi? U va bu xolat bir xil emasmi? Buni tushuntirish uchun sizga bir misol keltiramiz. Faraz kilingki, bir odamning oldida ikki yo‘l bor. Yo‘llarning birinchisi boshboshdoklik, kotillik, obro‘larni to‘kish, xatar va ocharchilik xukmron bo‘lgan shaxarga, ikkinchisi esa intizom, osudalik, farovonlik, shaxslarni obro‘larini va mol-mulkini ximoya qilish xukmron bo‘lgan shaxar tomon olib boradi. Xo‘sh, u kaysi yo‘ldan boradi? Shubxasiz, u ikkinchi yo‘ldan yuradi. Aklli odamning esa, boshboshdoklik va xavf-xatar bo‘lgan shaxar tomon yurishi va bunga takdirni xujjat qilishi mumkin emas. Shunday ekan, nima uchun inson, jaxannam yo‘lidan yuradi va bu yurishiga takdirni xujjat kiladi?!. Ikkinchi misol: Bemor uchun dori tayinlanadi-da, u uni xoxlamsada iste’mol kiladi. Va zarar kiladigan taomlar takiklanadi-da, u ularni xoxlasada iste’mol kilmaydi. Zero, bu ishlarning barchasi shifo topish va soglik ilinjidadir. Uning takdirni xujjat kilib, dorini iste’mol qilishdan bosh tortishi yoki zarar kiladigan taomni iste’mol qilishi mumkin emas. Shunday ekan, nega inson takdirni xujjat kilib, Alloh ta’olo va Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam buyurgan narsalarni tark kiladi yoki Alloh ta’olo va Rasulullox sallAllohu alayxi va sallam ta’kiklagan ishlarni kiladi?. Yettinchidan: Alloh ta’olo buyurgan ibodatlarni kilmasligi yoki ta’kiklagan ishlarni qilishga takdirni xujjat kilayotgan kishiga biror kishi tajovuz kilib, uning mol-mulkini tortib olib, obro‘larini to‘kib: «Meni malomat kilma! Mening tajovuzim Alloh ta’oloning takdiri bilan bo‘ldi» desa, u bu xujjatni kabul kilmaydi. Shunday ekan, ya’ni, takdirni xujjat kilib birovning o‘ziga tajovuz qilishini kabul kilmas ekan, banda kanday kilib takdirni o‘zi uchun Alloh ta’oloning xakkiga tajovuz qilishida xujjat kiladi?! Rivoyat kilinadi-ki, Amirul-mu’miniyn Umar roziyalloxu anxuning xuzuriga o‘grilik qilgan bir kishini olib keldilar. Amirul-mu’miniyn uning ko‘lini kesishga xukm kildilar. Jinoyatchi: «Ey amirul-mu’miniyn, shoshilmang, axir men Alloh ta’oloning takdiri bilan o‘girladimku!», deganida Umar roziyalloxu anxu unga javoban: «Biz xam Alloh ta’oloning takdiri bilan (ko‘lingni) kesamiz» - dedilar. Takdirga iymon keltirishni ulkan samaralari bor. Shulardan: Birinchi: sabablarni qilish paytida sabablarga emas, balki, Alloh ta’oloning o‘zigagina suyanish. Chunki, barcha narsa Alloh ta’oloning takdiri bilan bo‘ladi. Ikkinchi: takdirga iymon keltirgan shaxs o‘z maksadiga erishgach magrurlanmaydi. Chunki, bu erishish Alloh ta’oloning takdir kilib ko‘ygan yaxshilik va muvaffakiyat sabablari bilan bergan ne’matidir. Insonning o‘zi bilan magrurlanishi esa, ushbu ne’matga bo‘lgan shukronani unuttiradi.Uchinchi: xotirjamlik Alloh ta’oloning joriy bo‘lgan takdiridan ruxining lazzat olishi, buning natijasida esa inson sevimli narsaga erisha olmagani yoki yoktirmagan narsani sodir bo‘lishi bilan bezovtalanmaydi. Chunki, bu – Yer va Osmonlar mulki ko‘lida bo‘lgan Alloh ta’oloning takdiri bilan bo‘lgan va bo‘lishi mukarrar edi.Alloh ta’olo bu xakda shunday dedi: «Yerga yoki o‘zingizga yetgan musibat, Biz yaratishimizdan avval Kitobda (yozib ko‘yilgan) edi. Bu – Alloh ta’ologa osondir. Sizlar erisha olmagan narsangizga afsus kilmasligingiz va sizga (Alloh ta’olo) bergan narsalar bilan kibru xavoga berilmasligingiz uchun (eslatdik). Alloh ta’olo faxrlangan mutakbbirni yoktirmaydi» (Hadid: 22-23). Payg‘ambarimiz Muxammad sallaloxu alayxi va sallam dedilar: «Mu’minnig ishiga xayron kolaman. Uning barcha ishi yaxshidir. Bu fakat mu’min uchunginadir. Agar unga yaxshilik yetsa shukr kiladi. Bu uning uchun yaxshidir. Agar unga zarar yetsa, sabr kiladi. Bu uning uchun yaxshidir» (Muslim rivoyati. ) Takdir bobida ikki toifa adashdi: Birinchi toifa – jabariylar. Ular: «Inson o‘z amallarini qilishda majburlangan bo‘lib, uning o‘z ishlarida xoxish va kudrati yo‘k»- deb aytadilar. Ikkinchi toifa – qadariylardir. Ular: «Inson o‘z amalini qilishda xoxish va kudrat bilan mustakildir. Uning amalida Alloh ta’oloning xoxish va kudratining asri xam yo‘kdir»- deb aytadilar. Birinchi toifa – jabariylarga shariat va vokelik bilan raddiya beramiz. Shariat bilan raddiya shuki, Alloh ta’olo banda uchun iroda xamda xoxishni isbot etib, unga amal qilishni xam ko‘shib ko‘ydi. Alloh ta’olo dedi: «Sizlarning ayrimlaringiz dunyo xayotini, ayrimlaringiz oxiratni xoxlaydilar» (Oli Imron: 152). «Ayting: Xakikat parvardigoringiz tarafidandir. Bas, xoxlagan kishi iymon keltirsin, xoxlagan kishi kofir bo‘lsin. Biz zolimlar uchun jaxannamani tayyorlab ko‘ydik-ki, uning alangalari zolimlarni kamrab oladi» (Kaxf: 29) «Kim solix amalni kilsa, u o‘z foydasi uchundir. Kim yomonlik kilsa, u o‘zining zarari uchundir. Parvardigoringiz bandalarga zulm kiluvchi emas» (Fussilat: 46). Vokelik bilan raddiya shuki, xar bir inson o‘z xoxishi bilan kilayotgan yeyish, ichish, savdo- sotik singari ixtiyoriy ishlari bilan, ixtiyordan tashkari xaroratining ko‘tarilishi, titrok va balandlikdan yikilib tushish singari sodir bo‘lgan ishlarning o‘rtasini farklay oladi. Ya’ni, u birinchi xolatda majbursiz, o‘z ixtiyori bilan xarakat sodir etgan, ikkinchi xolatda esa sodir bo‘lgan narsa uning xoxishisiz va ixtiyorisiz bo‘lgan. Ikkinchi toifa qadariylarga esa, shariat va akl bilan raddiya beramiz. Shariat bilan raddiyamiz shuki, Alloh ta’olo barcha narsalarning Yaratguvchisidir. Xar bir narsa Uning xoxishi bilan vujudga kelgan. Alloh ta’olo o‘zining Kitobida bandalarning amallari xam Alloh ta’oloning xoxishi bilan sodir bo‘lishini bayon kilib, shunday dedi: «Agar Alloh ta’olo xoxlasa, xujjatlar kelganidan so‘ng ulardan keyingi kishilar urushmas edilar. Birok, ular ixtilof kildilar. Ularning ba’zilari iymon keltirdi va ba’zilari kofir bo‘ldi. Agar Alloh ta’olo xoxlasa, ular urushmas edilar. Birok, Alloh ta’olo o‘zi xoxlagan narsasini kiladi» (Bakara:253) «(Biz) Agar xoxlasak, xar bir jonga o‘z xidoyatini berar edik. Lekin Men tomonimdan mukarrar bo‘ldi: Shubxasiz, men jaxannamni jin va insonlarning barchasi bilan to‘ldiraman» (Sajda: 13). Akl bilan raddiyamiz esa, butun Borlik Alloh ta’oloning mulkidir. Inson esa shu borlikning bir kismidir. Demak, u xam Alloh ta’oloning mulkidir. Zotan, kul xojasining mulkida xojaning izni va xoxishi bilangina tasarruf qilishi mumkin. Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling