1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 1.53 Mb.
|
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar №1.
Makromatn (maksimal) matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Makomatn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzasga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so‘zboshi (muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh, sharh bo‘lib keladi. Maksimal matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan bo‘ladi.
Makromatnning tashkillanishini quyidagi sxema asosida yanada yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin: Makromatnning eng kichik birligi abzasdir. Abzas bir mazmuniy butunlik bo‘lib, «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzas qisqa xabar (abzasda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzasni o‘zidan oldingi abzasga bog‘laydi, shuningdek, abzas ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra ilmiy matn (tezis, maqola, ma’ruza, annotatsiya, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), rasmiy matn (ma’lumotnoma, qaror, buyruq, tavsifnoma, tavsiyanomalar), ommabop matn (maqola, suhbat, tabrik va xitob nutqi matnlari) kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Matnning maqsadiga ko‘ra quyidagi turlari farqlanadi: 1) hikoya matni; 2) tasviriy matn; 3) muhokama matni. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish maqsadida tuzilgan matn hikoya matni sanaladi. Hikoya matni ko‘proq so‘zlashuv va badiiy asarlarda qo‘llanadi. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxsni tasvirlash, tavsifash, ta’rifash maqsadida tuzilgan matn tasviriy matn sanaladi. Tasviriy matn so‘zlashuv, badiiy asarlar va boshqa nutq shakllarida qo‘llanadi. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza bildirish maqsadida tuzilgan matn muhokama matni sanaladi. Muhokama matni ko‘proq ilmiy asarlarda, shuningdek, badiiy, so‘zlashuv va boshqa nutq shakllarida qo‘llanadi. Matn tarkibidagi gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda ham, qo‘shma ham bo‘laverishi mumkin. Ular mazmunan va mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Muayyan so‘z va grammatik shakllar bu bog‘lanishni ko‘rsatib turadi. Mavzuga oid savollar 1. Matn so‘ziga ta’rif bering. 2. Hajm belgisiga ko‘ra matn qanday turlarga bo‘linadi? 3. Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 4. Matnning maqsadiga ko‘ra turlari haqida ma’lumot bering. 5. Kontekst deb nimaga aytiladi? Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar №1. Matnlarni o‘qing. Mulohaza qiling, yozuvchining falsafiy fikrlarini sharhlashga harakat qiling. Matnlarning hajmiga ko‘ra turini aniqlang. Tabiat gultoji Kiyik och qolmaslik uchun ko‘kat yeydi. Amma bir-birini o‘ldirmaydi. Sher och qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini o‘ldirmaydi. Odam ko‘katni ham yeydi. Kiyikni ham yeydi. Ko‘ngil hushi uchun sherni ham o‘ldiradi… Keyin.. urush qilib, bir-birining boshini yeydi… Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling