1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet63/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Charxpalak
Maktabimiz biqinida ariq oqardi. Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanaffusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim... Yog‘och gardishi ko‘hna. Temir paqirchalari zanglab ketgan. Parraklariga ko‘kimtir suv o‘tlari yopishgan... Birov yolg‘ondan turtib yuborsa, rostdan qulab ketadigandek... Charxpalak nolali g‘iyqillab aylanadi. Kaftida suv ko‘tarib, yuqoriga olib chiqadi... Tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi...
Charxpalak ham bunga ranjimaydi. Yangidan yangi suv tomchilarini yuqoriga ko‘tarib beraveradi... Nolali g‘iyqillaydi...
Oradan ko‘p yillar o‘tib, o‘sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo‘ldi. Nega shunday bo‘lganini uzoq o‘yladim...
So‘ng... Bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo‘msar ekanman.
Suv suv emas, men ekanman! Charxpalak charxpalak emas, o‘qituvchilarim ekan!
Meni — bir tomchi suvni katta hayot yo‘liga olib chiqib qo‘ygan ustozlarim — charxpalak zahmatini oqlay oldimmikan?.. Bilmadim.
... Ko‘hna charxpalak hamon tushlarimga kiradi...

8. Matnni o‘qing. Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan olingan parchani o‘qing. Adib fikrlarining ahamiyatini bugungi kun bilan bog‘lab izohlang.


BADAN TARBIYASI
Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarinda, ishlarinda, ibodatlarinda kamchilik qilurlar. Maishatimizni rohatda bo‘lmog‘i jasadimizning sog‘lom bo‘lmog‘iga bog‘lidur. Biz sihatimizni saqlamak ila amr o‘linganmiz, shuning uchun vujudimizi hifzi-sihatga zid bo‘lgan yomon odatlar ila churitmakdan saqlanmakligimiz lozimdur. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo‘yib astarini yuvub ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota-onalar bolalari kasal bo‘lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yoki do‘xturga boqizmak kerak.
Imom Shofe’i hazratlari: «Ilm ikki xildur: biri badan ilmi, ikkinchi din ilmi», – demishlar. Bunga qaraganda eng avval hifzi sihat qoidalarini bilmak, alomatlikga ters bo‘lgan narsalardan saqlanmak ila bo‘ladur.
Ichkulik, ko‘knor, nasha, afyun, taryok, chilim, nos, popirus kabi badanning salomatlikig‘a zararli, og‘ulik, ba’zisi harom, ba’zisi makruh, ba’zisi isrof bo‘lgan narsalardan qochmak, saqlanmak shariat, aql, hikmat yuzasidan lozimdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Har narsa ko‘p ichganda mast qiladurgan bo‘lsa, man sizni aning ozginasidan ham nahy qilaman», – demishlar.

9. Matnni o‘qing. Mirzakalon Ismoiliyning madaniyatlilik va nutq madaniyati o‘rtasidagi aloqadorlik haqida fikrlarini muhokama qiling va o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing.


Gap madaniyat yoki madaniylik ustida borganda, hozirgi ba’zi yoshlarning bema’ni bir asovligi haqida gapirmasdan bo‘lmaydi. Odamning o‘z ona tiliga bo‘lgan mehr-u muhabbati va hurmati, o‘z tilini qanchalik bilish-bilmasligi undagi madaniylik darajasiga o‘lchovdir. Madaniyatning tom mohiyatini tushungan, ya’ni madaniylik qonun-qoidalari tanasiga singib ketgan har bir odam o‘zi gapirgan tilning sofligi, tantanasi uchun hamma vaqt jon kuydiradi. Bunday odam ruscha gapirayotganda, rus tilining, o‘zbekcha gapirayotganda, o‘zbek tilining sofligini saqlaydi. Madaniyatning nima ekanini anglamagan, o‘z ona tilini qadrlamagan saviyasi past odamgina ruscha gapirib turib o‘zbekcha so‘zlarni, o‘zbekcha gapirib turib ruscha so‘zlarni aralashtiradi. Bu esa har ikkala tilni buzish, ikkala tilning yuziga oyoq bosishdan boshqa narsa emas!
Mazkur tillarda har qanday fikr va mulohazani juda chiroyli qilib bildirish, har qanday lavha va manzarani odam hushini oladigan qilib tasvirlash mumkin.
Darhaqiqat, bir tilda toza gapira olmagan yo toza gapirishni mensimagan odamni aslo madaniyatli deb bo‘lmaydi. Gapning qisqasi, madaniyatli bo‘lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orning o‘zigina kifoya emas, shular bilan birga shirinso‘zlik, tozalik, saranjomlik, og‘irlik, halollik va, eng muhimi, o‘z ona tiliga muhabbat va uning sofligini saqlashga harakat ham zarurdir.

10. “Sharq hikmatlaridan” olingan ushbu parcha asosida muhokama matni yarating.


Kishida odob bo‘lsa, ilm ham bo‘lishi lozim. Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. Odobli odam tabibga o‘xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug‘lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir.


Mavzuga oid testlar

1. «Matnning lingvistik tahlili» asari muallifi kim?



  1. A.Qilichev B) I.Pavlov C) V.Tomsen D) R.Galperin

2. Matn hajmiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

  1. makromatn va mikromatn B) ilmiy va badiiy

  2. rasmiy va publitsistik D) rivoya va muhokama matn

3. … – bu bir leksik yoki grammatik birlik asosida ifodalangan ma’no yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) kontekst B) havola C) sitata D) matn
4. Matn uslubiy mohiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
A) makromatn va mikromatn B) ilmiy, rasmiy. ommabop va badiiy
C) rasmiy va publitsistik D) rivoya va muhokama matn
5. O‘zaro va tarkiban bog‘langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og‘zaki shakldagi yaxlit birlik … sanaladi.
A) kontekst B) havola C) sitata D) matn
6. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxsni tasvirlash, tavsifash, ta’rifash maqsadida tuzilgan matn … sanaladi.
A) tasviriy matn B) hikoya matni C) muhokama matni D) og‘zaki va yozma
7. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish maqsadida tuzilgan matn … sanaladi.
A) hikoya matni B) tasviriy matn C) muhokama matni D) og‘zaki va yozma
8. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza bildirish maqsadida tuzilgan matn … sanaladi.
A) hikoya matni B) tasviriy matn C) muhokama matni D) og‘zaki va yozma
9. Nutq … shakllarda namoyon bo‘ladi?
A) hikoya matni B) tasviriy matn C) muhokama matni D) og‘zaki va yozma
10. Matnning kirish qismi mavzuning necha foizini tashkil etishi kerak?
A) 20 B) 30 C) 10 D) 50


Uy ishi

Berilgan matn bilan tanishing. Matnni turli jihatlariga ko‘ra tavsiflang.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling