Chashmai Ayub – Buxorodagi me’moriy yodgorlik, Muqaddas ziyoratgoh binosi to‘g‘ri burchakli tarhli (19x26m) bo‘lib, g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan 4 xonadan iborat, xar bir xona bir biriga o‘xshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Dastlab eng qadimgi xona murabba tarhli (4,5 x 4,5m) quduqxona bunyod etilgan.(Arslonxon tomonidan Minorai Kalon va Nomazgoh masjidi bilan bir davrda qurilgan degan rivoyatlar saqlangan), uning ikki yonida ziyoratchilar uchun o‘z vaqtida 2 eshigi bo‘lgan; old tomoniga toqli xona (4,5x4,5 m) tutashtirib qurilgan , u binoga peshtoq vazifasini o‘tagan , qo‘sh gumbazli, oldi peshtoqli. Ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1370 yilda unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minorakori bo‘lgan dahliz qurilganligi yozilgan. Binoning qadimiy qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarga ko‘ra chashma-quduq Ayyub payg‘ambar qadamjoyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |