1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet49/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
SMT

2-§. Tasviriy san’at

Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlarining hukmdorlari o‘z saroy va qasrlari, mehmonxona va hammomlarini mavzuli, manzarali rasmlar va bo‘rtma tasvirlar bilan bezatilishiga e’tibor berdilar. Bu tasvirlarda jang va ov manzaralari, qabul marosimlari va ziyofatlar, hokimlarning portretlari ishlangan. Jumladan, Mahmud G‘aznaviyning saroy devorlariga turli rasmlar, hukmdor va uning yaqinlari tasvirlari ishlangan, saroy devorlari bo'rtma tasvirlar bilan bezatilgan. G‘aznaviylar saroyi bezaklarida monumental haykaltaroshlik keng o‘rin egallagan. Lashkari bozor saroyi relyeflari, gilamsifat bo‘rtma naqsh namoyonlari yuksak mahorat bilan ishlangan. Mahmudning davomchisi bo‘lgan shahzoda Mas’ud saroyi rasmlarida ishq-muhabbat tasvirlangan. IX–XIII asrlarda O‘rta Osiyo san’atida haykaltaroshlik hali to'liq siqib chiqarilmagan edi. Yozuv manbalarida, bu asrlarda keng maydonlarda haykallar bo‘lganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin ular bizgacha saqlanmagan. Shu davrdan boshlab, ijtimoiy hayotda rang va o‘yma naqqoshlik san’ati keng o‘rin egallay boshlagan.

Naqqoshlar o‘z ijodlarida turli geometrik shakllardan tashqari, o'simliklar, hayvon va qushlar tasviri bo‘lgan naqshlardan foydalanib kompozitsiyalar yaratganlar. Ularda davr kishilarining fikr-tuyg‘ulari ifodalangan. Bu davrda tasviriy san’atning portret janrida asarlar yaratilganligi haqidagi ma’lumotni sharqning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino portretini chizish lagan parchasi to‘g‘risidagi rivoyat ham xarakterlaydi. Bu rivoyatda Ibn Sino Mahmud G‘aznaviyning injiqliklaridan bezib saroydan ketib qolganligi uchun hukmdor g‘azablanib uni topishni buyurgan va rassom Ibn Arroqga Ibn Sinoning portretini chizdirib, rassomlarga berib ko'paytirtirgan va shu portretlami atrofdagi qishloqlarda tarqattirgan ekan.

Bu davrda amaliy san’at yana jonlandi. Kulolchilik, shishasozlik san’ati, zargarlik rivojlandi. Buyumlami turli tasvirlar bilan bezatish keng yoyildi. Bezak san’atida jonivor va qushlar, afsonaviy hayvonlar tasviri ishlatildi. Buxorodagi Mag‘oki Attori masjidi, Termizdagi saroy bo‘rtma tasvirlarini shunga misol qilib olish mumkin. Lekin ularda ayrim tasvirlar, masalan, hayvonlar tasviri real shakllarda ishlanganini inobatga olinmasa, ko‘p hollarda real borliq nihoyatda soddalashtirilgan va naqsh elementiga aylantirilgan holda ishlangan. Real tasvir unsurlari yog‘och va tosh o‘ymakorligi san’atida ko‘p uchraydi. Shunday o‘ymakorlikni Zarafshon vohasida topilgan ustunga ishlangan naqshlarda ko‘rish mumkin. Unda o‘simliklar, hayvon va qushlar tasviri bilan qo‘shilib ketgan. Qush, baliq, hayvonlar soddalashtirilib ishlangan. Miskarlik, kandakorlik (torevlika) va metall quyish san’ati ham bu davrda yuksaklikka erishgan. Katta naqshli mis qozonlar, turli satil va shamdonlar shu davrda yuksak badiiy buyum quyish san’atidan dalolat beradi. Shu davrda katta va o‘rta kattalikdagi shaharlarda shishadan buyumlar yasash yo‘lga qo‘yilgan. Kuldortepa (Samarqand yaqinida), Varaxsha (Buxoro yaqinida)da shishasozlik manzillari arxeologlar tomonidan ochilgan. Shishadan amaliy va pardoz buyumlari ishlangan. Ularning shakllari har xil. Shu davrdan bizgacha oyoqli bokal, ko'za, mayda idishchalar yetib kelgan.

Ko‘pgina shaharlar va qishloqlarda kulol ustaxonalari tashkil topdi. Ishlangan kulolchilik buyumlariga ishlov berish ko‘p hollarda oq fonga bo‘yalgan sopol buyum yuzalariga qora-qizg‘ish-jigarrang bo‘yoqlarda tasvirlar ishlangan, kufiy yozuvida turli nasihat so‘zlari bitilgan.

Bu davrda o‘yma koshinlar keng tarqalgan. Bunday o‘yma koshinlar me’morlik majmualami bezatilishida ishlatilgan. Samarqanddagi Ibrohim ibn Hasan (1186-1199), Termizdagi maqbara va saroylarda, Xorazmda qurilgan Juma masjid shunday o‘yma sopol koshinlarda pardozlangan. Bu davr monumental-dekorativ san’ati ko‘proq o‘ymakorlik va bo‘rtma naqqoshlik san’ati sifatida namoyon bo‘ladi. Qurilgan binolarning devorlari, ayniqsa, tashqi tomonlari sirli koshinlar hamda pishirilgan g‘isht yoki shakllar bilan bezatilgan. Bu davrda to‘qimachilik borasida ham jiddiy yutuqlariga erishildi.

 



Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling