1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


-§.  Madaniyat va san’at tushunchasi talqinida tarixiylik. Madaniyat va san’atning umumiy xususiyatlari


Download 192.46 Kb.
bet2/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
SMT

2-§.  Madaniyat va san’at tushunchasi talqinida tarixiylik. Madaniyat va san’atning umumiy xususiyatlari.

Madaniyat - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr, jamiyat, elat va millat, shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati) ni izoxlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda madaniyat atamasi kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

Madaniyat arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik - ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik - shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, me’morchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Antropologiyada “madaniyat” atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik ma’no berish, hamda shu jarayonlarga bog‘langan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu ma’noda madaniyat o‘z ichiga san’at, fan va ma’naviy tizimlarni oladi.

San’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortdi, voqelikdagi go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi tabiiy sharoitning qulayligi, ekologik muhit bu yerlarda insoniyatning ilk manzillarining paydo bo‘lishi va ibtidoiy jamoa tuzumining shakillanishiga  imkon berdi.

“Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. «Madaniyat» va «Kultur» atamalari mutaxassislar fikriga ko‘ra ayni ma’noni anglatib, lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish» ma’nosini anglatgan. Keyinchalik «ma’rifatli bo‘lish», «tarbiyali», «bilimli bo‘lish» mazmunida ishlatilgan. O‘zbek tilida keng ishlatiladigan «Madaniyat» atamasi arabcha «madaniy» – “shaharlik” degan ma’noni bildiradi. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. Klakxonlarning 1952 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo‘lsa, so‘nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.

Madaniyat hodisasi tavsifida juda ko‘p izohlar mavjud «insoniyatni yashash usuli; ijtimoiy insonning to‘laqonli faoliyati», «inson tomonidan yaratilgan muhit», «yaxlit sotsial organizm», insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmuyi; suniy- ikkinchi tabiat; inson ijodiy faoliyati mahsuli; umuman jamiyat; jamiyatning ma’naviy holati; jamiyat sifati; shartli belgilar tizimi yig‘indisi; meyor va andozalar va hokazo. G‘arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran hozirgi mazmunni kasb etgan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o‘rin oldi. Kishilik jamiyatini beqiyos ko‘lamga ega bo‘lgan va doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi ma’lumotlarni muayyan tartibga solishga yordam beruvchi, umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan extiyoji madaniyat tushunchasini keng tarkalishiga sabab bo‘ldi. Kadimgi Rimda «Madaniyat» tushunchasi «hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan ma’noda ham foydalanilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur Rim faylasufi, notiq Sitseron ham “ruhiyat madaniyati” atamasini ishlatgan. Yevropa xalqlarida XVIII asrning oxirlarigacha “Madaniyat” atamasi aqliy-axloqiy madaniyat tushunchasi bilan yonmayon ishlatilgan. Ko‘rinib turibdiki, “Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini o‘zgartirmagan.

Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning o‘ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat “tabiiy” turmush tarzi asosida yashagan davrda: ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tugish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan vaqglarida madaniyat to‘g‘risidagi fikrning tug‘ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o‘z madaniyati bilan “qo‘shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo‘lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko‘proq mustaqil bo‘lib boradi. Insonning esa madaniyatiga tobeligi ortadi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik ma’naviy va axloqiy sohalardagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni fenomen sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini tushunish va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga o‘rganish zaruriyat 5 bo‘lib qoladi. Insoniyat jamiyati doimiy rivojda bo‘lib, u o‘zgarib takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o‘zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o‘zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar. Biz hozirga davrdagi mavjud muammolarga o‘xshash bo‘lgan to‘siklarni o‘tmishda odamlar qanday qilib yengib o‘tganlarini o‘rgana borib, o‘tmishga savollar bman murojaat qilamiz, o‘tmish bizga javob kaytaradi va shu bilai o‘tmish, hozirgi zamon va kelajak o‘rtasida doimiy muloqot bo‘lib turadi.

Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlariniig mehnati va bilimlarini o‘ziga singdirib oladi, saqlaydi va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to‘plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni ifodalaydi.

Turli sohalarda madaniyat turli mazmunda anglashiladi. Masalan, qadimshunoslik ya’ni arxeologiya fanida ham yondoshuv o’ziga xos.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling