1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
Download 192.46 Kb.
|
SMT
Ma’naviy madaniyat. Ma’naviy madaniyat bu ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini vujudga keltirish sohalaridir. Ma’naviy madaniyat haqida fikr yuritishdan avval, uning jamiyat ma’naviy hayoti tushunchasidan farqini aniqlab olish zarur. Jamiyatning ma’naviy hayoti tushunchasi kishilar, jamoa , elat, millat, sinflar hayoti ma’naviy arayonlarini xarakterlovchi umumiy tushuncha hisoblanadi. Bizningcha, ma’naviy madaniyat muayyan jamiyatning mafkura sohasi, ijtimoiy psixologiya, axloq, san’at, diniy e’tiqodlar kabi tomonlarini tashkil etadi.
Ma’naviy madaniyat tushunchasi tarixiy jihatdan yo‘lga qo‘yilgan ma’naviy boyliklami ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol (foydalanish) jarayonlarini ham qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat ijtimoiy ong shakllarining u yoki bu yig‘indisi emas, balki muayyan g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar, tushunchalar va boshqalarni vujudga keltiruvchi ijodiy faoliy atdir. Hozirgi zamon madaniyatshunoslaridan V.M.Mejuyev, S.N.Artanovskiy, A.I.Arnoldov, E.A.Baller, E.V.Sokolov, M.Xayrullayev, S.Shermuhamedov, U.Qoraboyev , A.Erkayev, K.Xonnazarov, A.Eshonqulov, M.Abduliayev va boshqalar ko‘rsatib o‘tishganidek, ma’naviy madaniyat bu – ma’naviy boyliklami ishlab chiqarish, unga mos bo'lgan munosabatlami birlashtiruvchi kishilar hayotiy faoliyatining ijodiy mazmunidir. Shuningdek, ma’naviy ishlab chiqarish kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami ham, ijtimoiy ong shaklini shakllantirishga yordam beruvchi turli xil vositalar, muassasalar, tashkilotlarni ham o ‘z ichiga qamrab oladi. Ma’naviy ishlab chiqarish o‘ziga insoniy his-tuyg‘ulami, sezgi va idrokni, mantiqiy va badiiy tafakkurni, estetik kechinmalar, ideal tushuncha va orzuhavaslami, nazariyalar va qarashlami, mulohaza va boshqalarni birlashtiruvchi insoniy faoliyat hamdir. Turli xil tasawurlar, g ‘oyalar, nazariyalar, ta'limo tla r, ilmiy bilimlar, san’at asarlari, axloqiy va huquqiy me’yorlar, falsafiy va siyosiy qarashlar, mifologiya va din ma’naviy madaniyatning asosiy unsurlari hisoblanadi. Ma’naviy madaniyatning ayrim elementlari (tarkibiy qismlar) muayyan normativ (me’yoriy) vazifani bajaradi. Masalan, siyosiy, huquqiy, axloqiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy qadriyatlar hisoblanuvchi urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusum va udumlar kishilarda muayyan me’yoriy xatti harakatlarga amal qilishni talab qiladi. Ma’naviy qadriyatlar o'zida ko‘proq axloqiy me’yorlami birlashtirib, kishilarning axloqiy xatti-harakatlarini nazorat ostiga oladi. Download 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling