1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari


Download 192.46 Kb.
bet8/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
SMT

Moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari. Moddiy va ma'naviy madaniyatlaming o 'za ro bog‘liqligi kishilaming ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarining moddiy ko‘rinishga aylanishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, madaniy qadriyatlarda ehtiyojlar, qobiliyatlar, maqsadlar ham ma’naviy ko‘rinishda, ham moddiy k o ‘rinishda namoyon bo‘ladi. Yoki xalqimiz tarixiga oid muzeyga qo‘yilgan eksponatlami tomosha qilar ekanmiz, ularda o'tmish ajdodlarimizning didlari, dunyoqarashlari, intilishlari va orzu-umidlari, tabiatga bo‘lgan munosabatlari, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, ya’ni ma'naviy dunyosining qay darajada shakllanganligini anglab yetamiz. Shuningdek, kiyimlarimiz, turli xil binolar, oziq-ovqatlar, transport vositalari, turfa uy-ro‘zg‘o r buyumlarimiz va boshqalar aslida moddiy-madaniy boyliklar hisoblansa-da, ularda kishilaming dunyoqarashi, didi, orzu-umid va his tuyg‘ulari, intilishlariyu ruhiy holatlari, bilimlariyu tajribalari o ‘z ifodasini topgan.

Biz yashab turgan dunyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning unsurlari bir butunlik va o'zaro ta'sir doirasida mavjud bo'ladi. Masalan, moddiy va madaniy boyliklarni yaratishda mehnat qurollari: ish qurollari, texnika, texnologiya, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar moddiy madaniyatdagi; so‘z, xatti-harakat, bo‘yoq, loyiha, qog'oz, yozuv qurollari va boshqalar ma’naviy madaniyatdagi asosiy mehnat qurollari hisoblanadi.

Moddiy boyliklar: kiyim-kechak. turaijoy, oziq-ovqat, transport va aloqa vositalari, yordamchi inshootlar; ma'naviy boyliklar: me’moriy yodgorliklar, musiqa, kino, haykaltaroshlik, teatr tomoshalari, adabiy va ilmiy asarlar, matbuot va televideniye faoliyati va boshqalarni yaratish mehnat jarayonisiz vujudga kelmaydi. Mehnat mahsulotlarining yaratilishi qachonki ma'naviy madaniy boyliklar o'zlarining yaratuvchilari tomonidan idrok etilgan taqdirdagina moddiy-madaniy boyliklarga aylanadi, moddiylashadi.

Moddiy va ma ’naviy madaniyatlar nafaqat o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda mavjud bo'ladi, balki ulami bir-biridan ajratib turuvchi farqli jihatlar ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu farq. birinchidan, ma'naviy madaniyatning ikki shaklda – predmetlar va faoliyatning mahsuli sifatida mavjud bo’lishida ko‘zga tashlanadi. Kitoblar, tasviriy va haykaltaroshlik san’ati asarlari, me’moriy yodgorliklar, kinofllmlar, televideniye va boshqalar ma’naviy madaniyatning moddiy, ya'ni predmet shaklidagi kolrinishlaridir. Sozanda, xonanda, raqqos, aktyor, suxandon. pedagoglaming va targ'ibotchilarning ijro hamda mahoratlari faoliyatning mahsullari hisoblanadi.

Moddiy madaniy boyliklar vaqt o’tishi bilan eskiradi, vayron bo’ladi, buziladi, xizmat vazifasini o’tab, nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ma’naviy madaniy boyliklar esa asrlar o’tsa-da, keyingi avlodlar ongi va ko‘z o‘ngida milliy qadriyatlar shaklida saqlanib qoladi. Ulardagi asosiy mazmun. g‘oyalar, tamoyillar, me'yorlar avlodlardan avlodlarga o‘tadi, abadiy yashab qoladi. Ular har bir tarixiy-madaniy jarayonda ijtimoiy taraqqiyotga yordam beradi.

Moddiy va ma’naviy madaniyatlaro‘rtasidagi ikkinchi farqli jihat insonning moddiy ehtiyojlari – oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojlari ma’lum darajada cheklangan boladi. Ma’naviy ehtiyojlari, ya’ni bilim olish, san’at asarlarini tomosha qilish yoki tinglashi, fan sohalarini o‘rganishi, kishilar bilan muloqotda bo‘lishi, urf-odatlar, marosimlarni tashkil etishi yoki undagi ishtiroki hamda aqliy faoliyatning boshqa turlariga ehtiyoji doimo va to'xtovsiz ravishda oshib boradi.

Uchinchidan, moddiy va ma’naviy madaniyat o ‘rtasidagi farqlardan yana biri shuki, moddiy qadriyatlar (moddiy madaniyat) ko‘proq iste’molga mo‘ljallangan bo‘lsa, ma'naviy qadriyatlar (ma’naviy madaniyat) inson shaxsini shakllantinshga, uni kamol toptirishga xizmat qiladi.

To‘rtinchidan, moddiy madaniyatning turli elementlari aniq ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan bo‘ladi. Masalan, mehnat qurollari faqat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga, oziq-ovqat faqat tirik organizmning moddalar almashinuvi ehtiyojini qondirishga, kiyim-kechaklar tabiat hodisalari ta’siridan saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, transport va aloqa vositalarining, uy-ro‘zg‘or buyumlarining ham aniq bir vazifalari mavjud. Ma’naviy madaniyatning har bir unsuri ko'p qirrali xususiyatga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zida boshqa elementlar (tarkibiy qismlar)ning vazifalarini birlashtiradi. Masalan, san’atni olib qarasak, u nafaqat badiiy estetik, balki siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, diniy mazmunga ham ega bo‘ladi. Yoki huquq o‘zida axloqiy, siyosiy, mafkuraviy va hatto, diniy mazmun-mohiyatni birlashtiradi. Ma’naviy qadriyatlarda ham siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy mazmun birlashib keladi.

 


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling