1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet6/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
SMT

Moddiy madaniyat. Moddiy boyliklarni yaratishda kishilar ishlab chiqarish vositalari. eng avvalo, mehnat qurollaridan foydalanadilar. Har bir davr moddiy madaniyatining taraqqiyotini o’sha davrda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalariga qarab aniqlash mumkin. Masalan, faqat qo‘l mehnatidan foydalanilgan davr moddiy madaniyati, undan ko'ra avtomatlashgan davr va so‘ngra, kompyuterlardan foydalaniladigan hozirgi zamon moddiy madaniyati avvalgi davrlar moddiy-texnika taraqqiyotidan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Insoniyat ilmiy tafakkuri taraqqiyotining turli davrlariga e’tibor bersak, XIX asrgacha madaniyat tushunchasi faqat ma’naviy madaniyatga nisbatan ishlatilib kelinganligini ko‘ramiz. Asosiy e’tibor moddiy boyliklarni yaratuvchi inson, uning diniy e’tiqodlari, axloqiy xatti-harakatlari, ilm olishga intilishi, ijodkorlik salohiyatiga qaratilgan. Ishlab chiqarish jarayoni, ya'ni tabiatga ta'sir ko‘rsatib, moddiy boyliklar islilab chiqarish diqqat-e'tibordan chetda qolgan. Go‘yo ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi tabiiydek ko‘ringan. Bu esa nafaqat insonning moddiy-madaniy boyliklami yaratishdagi o‘rnini, balki jamiyatning moddiy hayotini o'rganishni ham e’tibordan chetda qoldirdi.

Asosan, XIX asrning ikkinchi y armidan boshlab kishilarning moddiy boyliklami ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rni, undan oladigan ulushi, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi qadr-qimmati, huquqlari, burch va majburiyatlari, moddiy manfaatdorligi, farovon hayot kechirishi masalasi, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida zarur bo'lgan tajriba, malaka va ko‘nikmalarga alohida e’tibor berila boshlandi.

Kishilarning moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoni moddiy madaniyatning ko'plab tarmoqlari vujudga kelishiga olib keldi. Odamlaming tabiatga ongli ta’sir ko‘rsatishi dastlab dehqonchilik madaniyatini vujudga keltirdi. Agrar sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish jarayonida kishilar yerga ishlov berish madaniyatini egalladilar. Hunarmandchilikning taraqqiy etishi esa turli xil kasbiy madaniyatlaming shakllanishiga, ishlab chiqarishga texnikaning kirib kelishi ishlab chiqarish texnika madaniyati kabi moddiy madaniya tning tu rli sohalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Kishilar turmush shart-sharoitlarining yaxshilana borishi o'zida ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatni birlashtiruvchi turmush madaniyatining vujudga kelishiga olib keldi. Hozirgi paytda zamonaviy texnika yutuqlari jamiyat moddiy madaniyatining asosini belgilab beruvchi kuchga aylandi.

Moddiy madaniyatning tarkibiy tuzilishiga nazar tashlasak, u uch xil unsurdan: ishlab chiqarish vositalari, iste 'mol vositalari va yaratuvchanlik faoliyati kabi unsurlardan tashkil topganligini ko‘ramiz.

Ishlab chiqarish vositalari tarkibiga mehnat qurollari va ular bilan ta’sir ko‘rsatiladigan mehnat manbayi, transport va aloqa vositalari, ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan turli xil sun'iy inshootlar kiradi.

Uy-joy, kiyim-kechak, oziq -ovqat, uy - ro‘zg‘or buyumlari iste’mol vositalarining tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish va iste’mol vositalarining qay tarzda shakllanganligig a qarab muayyan xalq , elat yoki millatning umummadaniy taraqqiyotiga baho berish mumkin. Masalan, birgina iste'mol vositalarini o'rganish xalqning ehtiyojlari ko’lami qay darajadaligini ko‘rsatadi, chunki ehtiyojlarning keng ko'lamliligi moddiy- madaniy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Moddiy madaniyatning uchinchi unsuri moddiy boyliklami yaratish, rivojlantirish, boyitish va ulardan foydalanish kabilarni o'z ichiga oladi. Yaratuvchanlik faoliyati jarayonida kishilarning bilimlari, malakalari, ko‘nikma, ijodiy salohiyati va kasbiy tajribalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ko'chadi va moddiylashadi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatning moddiy madaniyati, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalari va ulaming natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyat kishilarning moddiy ehtiyojlarini qondirish, yuqori darajadagi farovonlikni ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaratish jarayonidir.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling