1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


-§. Eneolit  davri madaniyati va san’ati


Download 192.46 Kb.
bet16/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
SMT

2-§. Eneolit  davri madaniyati va san’ati.

Eneolit davri madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o‘ralgan manzilgohlarda, xom g‘ishtdan qurilgan uylarda yashaganlar. Uy–joylar dumaloq va to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uylarning devorlari somonli qorishma bilan suvalgan. Dastlab eshiklar uchun yog‘och ishlatilmay, ular hayvon terilari bilan to‘silgan, so‘nggi eneolit davrida yog‘och eshiklar paydo bo‘lgan. Bazi manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan.

Qurilish uslublari ancha rivojlangan. Uylar ichida to‘rt burchakli yoki xalqa shaklidagi o‘choqlar o‘rnatilgan. Turar joylar yonida don saqlash uchun xo‘jalik xonalari va maxsus molxonalar qurilgan. Aholi ko‘proq mayda chorva – qo‘y–echkilarni boqqanlar.

Eneolit davri qadimgi jamiyatning ijtimoiy, xo‘jalik va madaniy rivojlaninshda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. So‘nggi eneolit ona urug‘i – matriarxat tuzumidan patriarxat – ota urug‘iga o‘tuvchi davr bo‘lib hisoblanadi, lekin ota urug‘i hukmronligi faqat bronza asrida o‘rnatilib, qadimgi qabilalar orasida keng yoyildi.

Eneolit davri tarixiy – madaniy munosabatlarini o‘rganishda O‘rta Osiyo, Eron va Mesopotamiya aholisining madaniy aloqalariga e’tibor berish lozim. O‘rta Osiyo janubidagi mistosh davri me’morchiligida va tasviriy san’atida qadimgi Sharq shahar-davlatlarining madaniy ta’sirini ko‘rish mumkin. Tashqi savdo va ayirboshlash asosida O‘rta Osiyo janubida misdan ishlangan idishlar, qurollar va zeb–ziynatlar ko‘payib borgan.

Eneolit davri manzilgohlaridan  haykalchalarning ko‘plab topilishi uning ommaviy tayyorlanganligidan dalolat beradi. Ulardan hayvon (yovvoyi va xonaki) haykalchalari (neolit davri an’analarining davom etishi) ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo ayol haykalchalari muhim o‘rin tutadi. Ґaykalchalarda hosildorlik va ona ma’budalarining qiyofalari yorqin tasvirlangan. Ilk va qisman o‘rta eneolit uchun tik turgan nufuzli ayol haykalchalarining tasvirlanishi xosdir. Ґaykalcha bo‘ynidagi rangli munchoqlar va tanasidagi ramziy shakllari uning tabiat bilan hamnafas ekanligini ko‘rsatib turibdi. So‘nggi eneolit davriga kelib ayollarning o‘tirgan holdagi nafis xaykalchalari keng tarqalib, bo‘yoqlar o‘rniga o‘yma hamda yopishtirilgan naqshlar bilan bezatiladi. Tik va o‘tirgan holdagi erkaklarning xaykalchalari ham paydo bo‘ladi. Erkaklarning xaykalchalarida soqol - mo‘ylovi hamda bosh kiyimi aniq tasvirlangan. Erkaklarning haykalchalari ma’budaning ilohiy sherigi yoki uning turmush o‘rtog‘i yohud ilohiy qahramon sifatida izohlanadi.

Eneolit davrida devoriy naqshlar paydo bo‘ladi. Yassitepa ibodatxonasining naqshlari geometrik shaklda bo‘lib, ularga qora va qizil bo‘yoqlar berilgan. Naqshlarning motivi ancha sodda va naqshli sopol idishlarnikiga o‘xshaydi: to‘r shaklidagi kvadrat va uchburchaklar. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, eneolit davrida bir necha ming yillardan so‘ng O‘rta Osiyo me’morchiligida muhim o‘rin tutgan geometrik shakllar bilan bezash usuli vujudga keladi.

Eneolit davri kulolchilik sohasida sezilarli yutuqlarga erishiladi. Ma’lum issiqlikni saqlaydigan xumdonlar paydo bo‘ladi, xom ashyo sifati oshadi, kulolchilik buyumlarining ko‘pligida bir rangli va ko‘p rangli bezaklar bilan bezatila boshlaydi. Asosan kosalar va xumchalar naqshlar bilan bezatiladi. Asosan ikki xil bo‘yoqlar: qizil va qora-jigar ranglar ishlatiladi. Dastlab idishlarning yuqori qismi uchburchak va parallel chiziqlar bilan naqshlangan. Asta-sekin idishlar o‘zgacha ko‘rkka ega bo‘lib, bezaklkari ko‘payib boradi. Idish atrofidagi aylana chiziqlar, uchburchak shakllarning orasi goh chiziq, goh kvadrat shakldagi xoch, goh to‘lqinsimon chiziqlar bilan to‘ldirilgan. Keng tarqalgan motivlaridan biri xoch shakli bo‘lib, ko‘p sonli shakllarni vujudga keltiradi. Ma’lum uslubga solingan va aniq geometrik shaklga keltirilgan hayvon va qush tasvirlari paydo bo‘ladi. Ular echkilar, mushuk zotiga o‘xshash olachipor hayvon (qoplon bo‘lishi mumkin), yirik qanotli burgut va kichik qushlardan iborat. Odamlar juda kam hollarda tasvirlangan. Masalan, sopol idish bo‘lakchalaridan birida bir-biriga qarab turgan kishilar tasvirlanib, ular o‘rtasida Janubiy Turkmanistonning eneolit davri manzilgohlaridagi ayol ma’buda haykalchasiga o‘xshash ayol ma’buda tasvirlangan. Ko‘rinishdan rassom ayol ma’budaga sig‘inish harakatini tasvirlagan. Kishilarning obrazi va hayvonlar tasviri ba’zan ramziy belgi bilan uyg‘unlashgan. Agar ilgari hayvonlar tasviri totemizm bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qadimgi dehqonchilik aholisi afsonaviy tafakkurdan chiqib, ular boshqacha bir ma’noli tasvirlarni topa boradi.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling