1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari
Download 192.46 Kb.
|
SMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Ilk temir davri madaniyati va san’ati.
1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari.
1-§. Ilk temir davri madaniyati va san’ati. 2-§. O‘rta Osiyoning Sharq va G‘arb madaniyati va san’ati o‘rtasidagi vositachilik missiyasi. Madaniyat rivojida zardo‘shtiylik va “Avesto”ning o‘rni. 3-§. Ahamoniylar imperiyasi davri madaniyati hamda bu madaniyatga O‘rta Osiyo xalqlarining qo‘shgan hissasi. Oromiy yozuvi.
Temirdan keng foydalanish, undan mehnat qurollari va harbiy qurol-yarog‘ yasashning boshlanishi insoniyat tarixida keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Qadimgi Sharqda temir juda qimmatbaho metall hisoblangan. Temir oltindan 9-10, kumushdan 35-40, qo‘rg‘oshindan 400 marta qimmat bo‘lganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bor. Miloddan avvalgi I ming yillik boshlarida O‘rta Osiyoda ham dastlabki temir buyumlar paydo bo‘ldi. Mutaxassislar fikricha, temirdan foydalanishning boshlanishi va asta-sekinlik bilan mintaqa bo‘ylab keng yoyilishi mil. avv. X-VI asrlarga to‘g‘ri keladi. “Avesto” da temirning kashf etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da, “Kichik Avesto” dagi “ayah” so‘zini V. Geyger “temir” deb o‘qigan bo‘lsa, A. Bartolome esa bu terminni umumlashtirib “metall” deb tarjima qilganligidan ham ma’lum bir xulosaga kelish mumkin. Temir metallurgiyasining paydo bo‘lishi, mintaqadagi ko‘pgina yirik daryo vodiylarida sug‘orma dehqonchilikning keng yoyilishi, qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi va shaharsozlik madaniyatining rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda o‘zgarishlarga olib keldi. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan: · Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi · Qal’alari bo‘lgan qishloqlaring paydo bo‘lishi va keyinchalik ularning shaharlarga aylanishi. · Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi. · Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi. Temirdan dehqonchilik ishlarida foydalanilgan. Temirdan yasalgan qurollar daraxtlarni kesish, yangi erlarni o‘zlashtirish va boshqa ishlarda muhim sanalgan. Yerni haydashda so‘qa, omoch tishlarining temirdan yasalishi mehnat unumdorligini bir necha marta oshishiga xizmat qilgan. Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida O‘zbekiston hududlarida Farg‘ona, Choch, Sug‘d (Sug‘diyona), Xorazm va Baqtriya (shimoliy qismi) kabi tarixiy viloyatlar mavjud bo‘lgan. Baqtriyaning ilk temir davri manzilgohlarini rayonlashtirish borasida ham bir qancha qarashlar mavjud. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida rivojlanib, ilk temir davrida bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy hududlarni ham qamrab olgan. Tog‘ oldi hududlarida aholi turmush tarzi yanada taraqqiy topgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarida yangi vohalar o‘zlashtiriladi. E.V.Rtveladze Baqtriyadagi bu davrga oid tadqiqotlarni umumlashtirib, hududda yashagan aholi joylashuvini quyidagicha ta’riflaydi: ü Ulanbuloqsoy – Amudaryoning irmog‘i hisoblanib, Ulanbuloqsoy vohasida Kuchuktepa va Dabilqo‘rg‘on yodgorliklari joylashgan. ü SHerobod – Amudaryoning irmog‘i bo‘lib, SHeroboddaryoning o‘rta oqimida joylashgan. Bronza davrida SHeroboddaryoning o‘ng qirg‘og‘ida manzilgohlar paydo bo‘lgan. Keyinchalik chap qirg‘oq hududlari ham o‘zlashtirilib vohaning chegarasi Angor hududigacha cho‘zilgan. ü Urgul (Bandixon) – Bandixonsoyning o‘rta oqimida joylashgan. Dastlabki o‘ng qirg‘oqdagi Bandixon I va II inqirozga uchrab, chap qirg‘oqda yangi manzilgoh – G‘ozimullatepa I paydo bo‘ladi. ü Halqajar – Surxondaryoning o‘ng irmog‘i Halqajar vohasini qamrab olgan. Bronza davrida bu yerdagi irmoq havzalari o‘zlashtirilgan bo‘lsa, milloddan avvalgi VII asrdan boshlab daryoning chap qirg‘og‘ida manzilgohlar paydo bo‘ladi. Bu vohadagi eng yirik yodgorlik Qiziltepa ko‘hna shahri hisoblanadi. ü Yuqori Surhon – Surxondaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. ü O‘rta Surxon-Surxondaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashgan bo‘lib, bu vohadan ikkita manzilgoh Hayitobodtepa va Nomsiztepa aniqlangan. ü Amudaryo – Termizdan Boldirgacha bo‘lgan Amudaryoning o‘rta oqimi havzasida joylashagan. ü Vaxsh-Yavan – Vaxsh va Yavansuv daryolarining o‘rta oqimida joylashagan. ü Quyi Kofirnihon – Kofirnihon daryosining quyi oqimlarini egallaydi. Bu vohadan uchta – Qalaimir, Munchoqtepa va Xirmontepa manzilgohlari aniqlangan. ü Boytudasht – Panj vohasining yuqori qismidagi Boytudasht mavzesida joylashgan. Bu vohadan unchalik katta bo‘lmagan sakkizta manzilgoh aniqlangan. SH.B. Shaydullayevning tadqiqotlarida, ilk temir davri yodgorliklari Shimoliy Baqtriyada yettita va Janubiy Baqtriyada esa to‘rtta dehqonchilik o‘lkalarida mavjud bo‘lganligi ta’kidlangan: 1. SHerobod dehqonchilik o‘lkasi. Ko‘hitangtog‘ yon bag‘ri yaylovlari, Ulanbuloqsoy va SHerobod daryolari havzalarini o‘z ichiga oladi. Kuchuk I davrida vohaning markazi vazifasini Kuchuktepa yodgorligi bajargan bo‘lsa, Qadimgi Baqtriya madaniyati davriga kelib, bu o‘lkada Jondavlattepa shahri bunyod etiladi va u vohaning markazi vazifasini o‘tagan. Agar Kuchuktepa strategik jihatdan noqulay, kichik suv o‘zani bo‘yida joylashgan bo‘lsa, Jondavlattepa SHerobod daryo o‘zanida, xalqaro savdo, ya’ni Maroqand - Baqtra yo‘li ustida joylashganligi bilan xarakterlanadi. SHerobod dehqonchilik o‘lkasida Jondavlattepadan tashqari Kuchuktepa, Talashqontepa I kabi yodgorliklar ham joylashgan. 2. Boysun dehqonchilik o‘lkasi o‘z tarkibiga Boysuntog‘ yon bag‘ri yaylovlari, Bandixonsoy, Mirshodi suv havzalarini birlashtiradi. Hamma suv havzalari Boysuntog‘dan boshlanishi bilan xarakterlanadi. Vohaning markazi maydoni 22 gektardan iborat bo‘lgan Qiziltepa hisoblangan. Qiziltepa atrofida kichik yodgorliklar guruhi joylashgan. 3. Surxon dehqonchilik o‘lkasi Surxondaryoning o‘rta oqimi hududlarini birlashtirgan. Bu yerda Xaitobodtepa vohaning markazi vazifasini bajargan. Xaitobodtepa yodgorligiga ham Qadimgi Baqtriya madaniyati davrida asos solingan. Xaitobodtepa atrofida ham Bandixonsoytepa kabi qishloq tipidagi yodgorliklar joylashgan. 4. Kofirnihon dehqonchilik o‘lkasida ikkita sug‘orilish rayoni bo‘lib, birinchisi Kofirnihon daryosining Changob o‘zani hududlarini birlashtiradi. Bu yerda Hisor qal’asining quyi qatlamlari, Tupxona yodgorliklari joylashgan. Ikkinchi sug‘orilish rayoniga Kofirnihon daryosi o‘zanlari kiradi. Bu yerda Qalai-Mir yodgorligi va Naxri-kalon kanali joylashgan. O‘lkaning markazi Kalai-Mir yodgorligi hisoblanadi. 5. Vaxsh dehqonchilik o‘lkasida ham ikkita sug‘orilish rayoni kuzatiladi. Bular Vaxsh daryosining Yavan-su o‘zani bo‘lsa, ikkinchisi Vaxsh daryosining chap qirg‘oq hududlarini o‘z ichiga oladi. Yavan-suda Tomoshotepa va SHo‘raisoy yodgorliklari, Vaxshda esa Bolday tepa yodgorligi va Bolday kanallari shu davrga tegishli. 6. Panj dehqonchilik o‘lkasi shu nomli daryo o‘zanlarini o‘z ichiga olib, bu o‘lkada Baydudasht yodgorliklari joylashgan ( Baytudasht I-VI). Vohaning markazi Baytudasht IV yodgorligi hisoblanadi. 7. Qizil-su dehqonchilik o‘lkasi hududi Qizil-su daryosining quyi oqimlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda Makoni-mor yodgorligi joylashgan. Janubiy Baqtriya hududida shu davr yodgorliklari to‘rtta dehqonchilik o‘lkasida joylashgan bo‘lib, bular Dashtli, Faruxobod, Oltin-Dilyor va Naibobod o‘lkalaridir Har bir dehqonchilik o‘lkasi alohida joylashgan mustaqil iqtisodiy tuman bo‘lib hisoblanadi. Negaki, har bir o‘lka o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv zahirasiga ega. Yana shuni ham aytish mumkinki, har bir dehqonchilik o‘lkasi Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan. Har bir dehqonchilik o‘lkasi o‘zining siyosiy markaziga - bosh shahar yodgorligi va uning atrofida uyushgan qishloqlar tipidagi yodgorliklarni jamlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijalarini qiyosiy tahlil qilgan A.S. Sagdullayev Baqtriyadagi ahamoniylargacha bo‘lgan davrdagi manzilgohlarni quyidagi guruhlarga ajratib ko‘rsatadi: 1. Mustahkam mudofaa inshoatlari va qal’alari bo‘lgan Qiziltepa, Oltindilyor ko‘rinishidagi shakllanayotgan yirik markazlar. 2. Bandixon 2 singari mustahkam qal’asi bo‘lgan va bir yerda zich joylashgan yirik manzilgohlar. 3. Talashkantepa 1 ko‘rinishidagi burjlari va shinaklari bo‘lgan alohida qal’alar. 4. Bo‘yrachitepa 2 ko‘rinishidagi burjlari va shinaklari bo‘lgan alohida qal’alar. 5. Qizilchatepa 1,2,6 ko‘rinishidagi markaziy va tashqi hovlilari devor bilan o‘rab olingan uy-qo‘rg‘onlar. 6. Kuchuktepa ko‘rinishidagi doimiy qurilishlari bo‘lgan, ammo keng markaziy va ichki hovlilari bo‘lmagan mustahkamlangan uy-qo‘rg‘onlar. B.J. Eshov esa manzilgohlarni quyidagi tiplarga ajratadi: ü Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan. Sitadeli yirik hajmdagi manzilgohlar (shaharlar) - (Qiziltepa, Hayitobod). ü Qal’a - qo‘rg‘onlariga (mudofaa devorlariga ega) imoratlar tutush joylashgan manzilohlar Kuchuktepa (Bandihon, Talashkon 1). ü Yirik xajmdagi manzilgohlar yoki qadimgi qishloqlar (G‘ozimullatepa). ü Uy-qo‘rg‘onlari (Qizilcha guruh manzilgohlari). ü Alohida vazifani bajaruvchi manzilgohlar (diniy inshoatlar)- (Pishaktepa, Pachmaktepa).
Arxeologiya manbalari qadimgi Baqtriyada dastlabki shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanish jarayonini aniqlash imkonini beradi. Ular bronza davrida (Dashtli, Jarqo‘ton) paydo bo‘lgan. Baqtriyaning shahar markazlari (ular asosan ayrim viloyatlarda harbiy-ma’muriy hunarmandchilik va savdo-sotiq ahamiyatga ega bo‘lgan) asrlar davomida harobalarga aylanib, yer ostida qolib ketgan. Ahamoniylar davridan avval vujudga kelgan Shunday markazlardan Bolo Hisor (Baqtra), Oltindilyor, Qiziltepa va Boytudasht yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Baqtriya Amudaryo havzasida ayrim daryo vohalarida joylashgan beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofirnixon-Vaxsh, Panj, Ko‘kcha-Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan, Shimoliy Afg‘onistondagi Bolo Hisor o‘rnida qadimgi Baqtra joylashgan. Bu shahar Gerodot va Ktesiylarning ta’kidlashicha, Baqtriyaning markazi edi. Ktesiyning “Persika” asarida Baqtriyaning juda ko‘p harbiy istehkomlari va qal’alari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda Baqtriya tuprog‘idan mil. avv. I mingyillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uy-qo‘rg‘onlar, qal’alar va shaharlar xarobalari topib tekshirilgan. Jumladan, Surxon vohasida joylashgan Kuchuktepa, Talashqon, Jondavlat, Bandixon va Qizilcha yodgorliklarini aytib o‘tish lozim. Ular devorlar va mudofaa burjlar bilan mustahkamlangan qal’alar yoki to‘rtburchak shaklida qurilgan uy-qo‘rg‘onlardir. Qadimgi aholi sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. yodgorliklarda sopol idishlar, bronzadan va temirdan yasalgan pichoqlar, o‘roqlar, bronza idish parchalari hamda o‘q uchlari, jez igna va bigizlar, sopol urchuqlar, toshdan ishlangan qurollar topilgan. Qurilish, hunarmandchilik - temirchilik, kulolchilik, to‘qimachilik, zargarlik, charmgarlik va sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi Baqtriyada qadimiy madaniyat yuksak darajadagi taraqqiyotini ko‘rsatadi. Sug‘diyonaning markazi yunon tili shaklida Maroqanda shahri (VII - VIII asrlarga oid sug‘d tili yozuvlarida - Smarokansa, «uchrashuv, anjumanlar joyi» deb tarjima qilinadi). Maroqanda - bu hozirgi Afrosiyob ko‘hna shahar harobalaridir. Ahamoniylar davrida uning maydoni 219 gektardan iborat bo‘lib, shahar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. yunon tarixchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Maroqandaning mudofaa devori va ichki qal’asi bo‘lgan. Topilgan arxeologik manbalar Sug‘diyona va Baqtriyaning binokorligi, moddiy madaniyatining bir-biriga ancha o‘xshash va yaqin ekanligidan dalolat beradi. So‘nggi ahamoniylar davrida Baqtriya va Sug‘d bir ma’muriy o‘lka -satraplik tarkibida birlashgan. Ahamoniylar yozuvlari Sug‘diyonadan Persepol saroyiga lojuvard olib borilganligidan xabar beradi, ammo lojuvard konlari faqat Baqtriyaning Badaxshon tog‘larida mavjudligi ma’lum. Xorazmdagi shu davr aholisining asosiy tirikchilik manbai chorvachilik va dehqonchilik bo‘lgan. Tabiiy sharoit Amudaryoning eski o‘zani Oqchadaryo irmoqlaridan ariq qazib, suv chiqarishga imkon bergan tumanlarda sug‘orma dehqonchilik rivojlangan. Ko‘zaliqir madaniyatidan avval Xorazm vohasida mil. avv. IX-VIII asrlarga oid paxsa yoki xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa devorlari va turli me’morchilik inshootlar aniqlanmagan. Turar joylar kulba va chaylalarga o‘xshash yarim yerto‘lalardan iborat, sopol idishlar esa qo‘lda yasalgan va kulolchilik charhi bu davr mahalliy hunarmandchiligida noma’lum bo‘lgan. Xorazm moddiy madaniyati hamda binokorligidagi tub o‘zgarishlar va vohada oldingi davrlarda noma’lum madaniy an’analarning paydo bo‘lishi mil. avv. VII-VI asrlar chegarasi bilan belgilanadi. Mazkur davrga oid Xorazmda xom g‘isht va paxsadan qurilgan uy-joylarning qoldiqlari qazib ochilgan. Qurilish va hunarmandchilik ancha rivoj topgan (Ko‘zaliqir, Xumbuztepa, Xazorasp). Voha kulolchiligida charxdan foydalanish boshlanadi, temirdan mehnat hamda harbiy qurollari ishlab chiqariladi, saroy shaklidagi inshootlar, sajdagohlar va otashkadalar paydo bo‘ladi. Bu davr Xorazm vohasi sopol idishlari Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyona kulolchilik buyumlariga o‘xshab, ulardan deyarli farq qilmaydi. Sopol idishlar va boshqa moddiy manbalar asosiy xususiyati bilan umumiy madaniyatga mansubdir. Bundan binokorlik usullari, uy-joylarning tuzilishi va mudofaa tizimi ham dalolat beradi. Ilk temir davrda O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarida juda qadimgi zamonlardayoq rivojlangan madaniy an’analar Xorazm vohasi aholisining moddiy madaniyatiga ham tadbiq qilinadi. O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarini madaniy umumiylik, ziroatchi aholining qo‘shni-qarindoshligi, yaqin urf-odatlari, tili, diniy qarashlari va madaniy aloqalari birlashtirgan. Shuningdek, Marg‘iyona-Baqtriya aholi guruhlarning (binokorlar, hunarmandlar, ziroatchilar) Xorazm chegaralarida va aynan voha hududiga yoyilishi, ehtimoldan holi emas. Ziroatchi aholisining migratsiyalari fors podshosi Kir II ning yurishlaridan ancha oldingi davrlarda boshlangan. Migratsiyalar tufayli janubiy viloyatlar jamoalarining vakillari va Xorazm mahalliy aholisi qo‘shilib qorishishi sababli yangi madaniy va etnik jarayonlarga zamin yaratilgan. Toshkent viloyatida (Choch) ilk temir davrida Burg‘ulik (Burganli) madaniyati rivojlangan. Qadimgi qabilalar asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Mudofaa devorlari bilan o‘ralgan yirik shaharlar aniqlanmagan, turar joylar yarim yerto‘lalardan iboratdir. Qadimgi manzilgohlardan qo‘lda ishlangan sopol idishlar, bronza o‘roqlar va tosh qurollar topilgan. Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalari - I ming yillikning boshlarida Farg‘ona vodiysida Chust madaniyati rivojlanadi. Bu madaniyatni yaratgan aholi yerto‘la, paxsa yoki xom g‘ishtdan qurilgan uylarda yashaganlar. Ba’zi maskanlar mudofaa devorlar bilan o‘ralgan (Chust, Dalvarzin). Dalvarzinda qazib ochilgan devorning qalinligi 4,6 m keladi. Chust moddiy madaniyati yuksak darajada rivojlangan. Qadimgi yodgorliklarda topilgan tosh va bronza o‘roqlar, pichoqlar hamda arpa, bug‘doy, tariq donlari va ular uchun kovlangan o‘ralar chustliklarning asosan dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lganliklaridan darak beradi. Qadimgi aholining turmushida hunarmandchilik katta ahamiyat kasb etgan. Chustliklar yasagan bronza o‘roq, kamon o‘qlarining poykonlari, tosh o‘roq, pichoq va rangli sopol idishlar Marg‘iyona va Baqtriya buyumlariga ancha o‘xshaydi. Dalvarzinda mil. avv. VIII-VII asrlarga oid temir qurollar ham topilgan. Bu ma’lumotlar Farg‘onada temirdan ishlangan buyumlar tarqalganligidan dalolat beradi. Ilk temir davrida dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘iga aylanishi jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarilishiga imkon yaratdi. Aholining xo‘jalik hayotida xunarmandchilik asosiy o‘ringa chiqib, ayriboshlash uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘payib borishi - kulolchilik va temirchilik buyumlari aholi o‘rtasida ayirboshlash mahsulotlarga aylandi va mahsulot maqomini ola boshladi. Bu davrda ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘sdi, ya’ni bir kishining mehnatidan keladigan daromad asosida uning bir o‘zini emas, balki bir necha kishini ta’minlash imkoni bo‘lgan. Alohida hunarmandchilik markazlarining paydo bo‘la boshlashi shahar hayotining iqtisodiy asosiga aylandi. Hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘payib borishi savdo aloqalarining rivojlanishiga xizmat qildi. Mazkur davr kulolchiligining taraqqiyoti alohida o‘ziga xos hususiyatlarga ega. Kuchuktepa yodgorligidan topilgan sopol buyumlar xronologik jihatdan ikki davrni o‘z ichiga olgan. Yodgorlikining quyi qatlamidan topilgan sopol buyumlari charxsiz qo‘lda yasalgan, mo‘rt, sirtiga rangli naqsh solingan sopol idishlardan iborat bo‘lgan. Yuqori qatlam sopol mahsulotlari charxda yasalgan, ikki yarusli humdonlarda yaxshi pishirilgan, ancha sifatli, naqshsiz idishlardan iborat. Qo‘lda yasalgan idishlar asosan Kuchuk I davri (so‘ngi bronza) ga tegishli bo‘lib uning davriy sanasi mil. avv. X-VIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davr sopollari yarim aylana, konussimon, silindr shaklli, jo‘mrakli va quloqli, og‘zi keng chuqur kosalar, xumcha va tog‘oralardan iborat. Sopollar sirtiga gardishi bo‘ylab rangli naqshlar solingan. Naqshlar juda oddiy bo‘lib, och qizil angob ustiga solingan geometrik gullar, ya’ni ichi shtrixlangan va chaplama uchburchak, romb, gorizontal egri chiziqlar chizilgan. Sopollar orasida 20 % gacha kulolchilik charxida yasalgan idishlar uchraydi. Ular shakli va sifati jihatidan Sopolli madaniyatining bo‘ston bosqichi sopollaridan farq qilmaydi. Kuchuk II bosqichi mil.avv. VIII- VII asrni o‘z ichiga olib, mazkur bosqich sopol idishlarining aksariyat ko‘pchiligi silindrokonus shaklli xum va xumchalardan, tanasi bikonik shaklli kosa va miskalardan iborat. Xum va xumchalarning yoqasi qarmoqsimon shaklda. Ba’zida idish yoqasi osti bo‘ylab tarnovsimon shakl berilgan. Idishlar orasida konus shaklli jom va tog‘oralar, yarim aylana shaklli idishlar ham uchraydi. Kuchuk III sopol buyumlari asosini keng yoqali silindrokonik va bikonik idishlar tashkil etadi. Idish gardishi o‘tkirlashib, idish ichiga tomon biroz qayriladi. Yoqa usti ovallashib, Kuchuk III bosqichiga xos yoqa osti taram-taram novchalar yo‘qoladi. Bosqich oxirida idish gardishi yana o‘tmaslashadi, keng yoqali idishlar ko‘payadi. Qiziltepa yodgorligining quyi qatlami Qizil I (Kuchuk I) sopol buyumlari asosan qo‘lda yasalgan sopol idishlar, qayroqtosh va bronzadan yasalgan o‘roqsimon pichoqlar va boshqa artefaktlardan (inson tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalari) tashkil topgan. Sopollarning 97 % qismi qo‘lda yasalgan, rangli naqshinkor, mo‘rt, qizg‘ish angobli, yarim aylana, konussimon, silindrik shaklli kosa va nim kosalardan, xumcha va tog‘oralardan hamda jo‘mrakli va quloqli, og‘zi keng choynaksimon kosalardan iborat. Qizil II qatlamida charxda ishlangan sopollar 70 % ni tashkil etadi. Sopol idishlarning aksariyat ko‘pchiligi silindrokonus shaklli xum va xumchalardan,bikonik kosa va nim kosalardan iborat. Xum va xumchalarning yoqasi qarmoqsimon. Idishlar orasida yirik konus shaklli jom va tog‘oralar, yarim aylana shaklli turli buyumlar ham uchraydi. Qizil III keramikasi tiniq sariq angobli, Qizil II davriga xos rangli naqshinkor keramika va qarmoqsimon yoqali yirik bikonik tanali idishlar yo‘qolib, ular o‘rnini keng yoqali idishlar egallaydi. Har xil silindrokonik idishlar kulolchilik mahsulotlarini asosini tashkil etadi. Ularning aksariyati mayda kuboklar, bikonik kosalar, yirik (1-1,2 m) xumlardan iborat bo‘lib, ularning o‘tkir qovurg‘asi tana aylanasi bo‘ylab bo‘rtib chiqqan, qovurg‘a osti esa qisqa konik shaklini olgan. A.S.Sagdullayev tomonidan tadqiq etilgan Qadimgi Baqtriya yodgorliklaridan biri Qizilcha 6 qishloq makoni bo‘lib, u yerda 4 ta qurilish davri kuzatilgan. Yodgorlikning asosi kvadrat shaklida (30x30 m.) qurilgan qo‘rg‘on-hovli bo‘lib, uning qalin devori aylanasi bo‘ylab 8 ta koridorsimon xonalar joylashgan. Qizilcha 6 ning I-II qurilish gorizontlaridan topilgan keramika Qizil II davri keramikasi bilan bir xil. Ularning aksariyat ko‘pchiligi kulolchilik charxida yasalgan qarmoqsimon yoqali silindronik, bikonik va sferokonik idishlardan iborat. Qizilcha 6 mazilgohining uchinchi qurilish gorizonti keramikasida qarmoqsimon yoqali silindronik xum va xumchalar keskin kamayadi, sopol idishlar maydalashadi, kubok va bankasimon xurmachalar ko‘payadi. Yoqali xum va xumchalar sopol idishlarning asosini tashkil etadi, idishlarning faqatgina silindr qismi angoblanadi. Qizilcha 6 ning to‘rtinchi qurilish gorizonti Qizil IV davri sopollarini eslatadi. Ular asosan uchburchak yoqali xumchalar, silindrokonik va bikonik shaklda mayda kosalar, bankasimon idishlardan iborat. Qizilcha 6 yodgorligining III-IV qurilish gorizontlari sopollarini shartli ravishda Axomaniylar davri sopollari sifatida tavsiflaydi. Sherobod vohasining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan yodgorliklardan biri bu Jondavlattepa hisoblanadi. Jondavlattepaning Qadimgi Baqtriya davri keramikasi Jarqo‘ton sopollari kabi kulolchilik charxida yasalgan turli shakldagi idishlarning qornidan pastki konus qismi Sopolli madaniyati ko‘za va choynaklarida yorqin o‘z ifodasini topgan. Sopolli madaniyatining Bo‘ston bosqichida silindrokonus shaklli kosachalar ko‘plab uchraydi. Aynan shunday shaklli idishlar Jondavlattepaning Qadimgi Baqtriya madaniyati keramikasiga ham xosdir. Bu o‘xshashliklarning qiyosiy tahlilidan kelib chiqadiki, Sopolli madaniyati ta’sirida Jondavlattepa kabi ilk temir davri shaharlari shakllangan. Shimoliy Afg‘onistondagi ilk temir davriga oid Tillatepa yodgorligida 1969 yildan tadqiqot ishlari olib borilgan. Tillatepa sopollari kulolchilik charxida yasalgan bo‘lib, turli naqshlar bilan bezatilgan. Shimoliy Afg‘oniston hududidagi ilk temir davri yodgorliklaridagi sopol buyumlari Yoztepa yodgorligi idishlari bilan o‘xshashlik tomonlari mavjud. Yoz I madaniyati bosqichida kulolchilik ishlab chiqarish texnologiyasi jihatidan 2 guruxga ajratilgan: 1- qismi qo‘lda, 2- qismi charxda yasalgan. Sopollarning ranggi qizg‘ish, qo‘shimcha maxsulotlar deyarli uchramaydi. Loyi yaxshi ishlov berilgan, tashqi tarafdan och sariq yoki angob berilgan. Tuzilishi jihatdan kubok (qadax yoki piyola), miska (tovoq), xumcha idishlarning ostki qismi dumaloq, gardishi deyarli tikka bo‘lgan. Angob asosan idishlarning ustki qismini qoplagan. Ko‘pgina idshlarning quyi qismida angob yo‘q. Bazi bir xumchalarning quyi qismida maxsus oyoq yoki paddon bo‘rtib chiqqan bo‘ladi, bazi bir xumchalarning gardishi qalin xalqa sifatida shakllantirilgan. Yoz I bosqichining so‘nggida kosa piyola paydo bo‘la boshlaydi. Bular charxda yasalgan sopol buyumlar. Qo‘lda yasalgan sopol buyumlari 3 guruxga bo‘linadi: 1) bo‘yalgan, 2) bo‘yalmagan, 3) naqshlangan yoki naqshlanmagan. Yoz I davriga kelib O‘rta Osiyo kulolchiligi tarixida birinchi marotaba idish qopqoqlarining paydo bo‘lganligini va keng tarqalganligini kuzatishimiz mumkin. Bu holatni ham kishilarning diniy va ideologik qarashlarining o‘zgarganligi alomati deb baholash mumkin. Negaki, zardushtiylik urfi bo‘yicha ovqat tayyorlash chog‘ida yonayotgan olovga yoki kulga ovqatning tomchilari sachrashi ta’qiqlangan. Axamoniylar davrigacha tanga pullar bo‘lganligi noma’lum. Qishloq jamoalari o‘rtasidagi savdo-sotiq jarayonida “pul” vazifasini kulolchilik va temirchilik buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva mollari bajargan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy qismi ichki ehtiyojni qondirishga xizmat qilgan. Eramizdan awa lgi II ming yillikning oxiri va 1 ming yillikning boshlariga kelib, 0‘rta Osiyoda Baqtriya, So‘gldiyona va Xorazm kabi madaniyjihatdan rivojlangan davlatlar paydo bo‘ldi. Mazkur davlatlaming qadimgi davr madaniy taraqqiyoti boshqa bir qator xalqlar: Eron, Xitoy va Hind madaniyatlarining ta’siri ostida ro‘y bergan. Masalan, taxminan eramizdan awalgi I ming yillik o‘rtalariga kelib Baqtriya Hindiston bilan bo‘ladigan savdo-sotiqning asosiy markaziga aylandi. Savdo-sotiqning yuksalishi natijasida mustahkam qilib qurilgan qal’alar xalqning keng iste’mol va tashqi savdoga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylana boshladi. Yirik iqtisodiy markaz – shaharlaming vujudga kela borishi uchinchi mehnat taqsimotining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Jismoniy va aqliy mehnat bir-biridan ajrala bordi. Shaharlarda nafaqat moddiy va madaniy boyliklami yaratuvchi tabaqa lar, shuningdek, ma’naviy-madaniy boyliklar, ma’naviy qadriyatlami yuzaga keltiruvchi tabaqa – aqliy mehnat ahli shakllana boshladi. Ayniqsa, hunarmandchilik taraqqiy etgan shahar-qal’alarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ruhoniylar, san’atkorlar, shoirlar boy-badavlat. kishilaming farzandlariga G'arb san'ati va sodda ko’rinishdagi fanlar sohalaridan ta’lim-tarbiya beruvchi ziyoli tabaqalari vujudga kela bordi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, shahar-qal’alaming paydo bo‘Iishi, yirik sug‘orish va mudofaa inshootlarining qurilishi, ma’muriy boshqaruv tizimi — davlatlaming tarkib topishiga zamin yaratib berdi. Download 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling