1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
-§. Bronza davri madaniyati va san’ati
Download 192.46 Kb.
|
SMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-maruza
2-§. Bronza davri madaniyati va san’ati.
Bronza davrida sopol idishlar tayyorlash takomillashdi. Katta hajmdagi xum va xumchasimon idishlarda don va suyuq mahsulotlar saqlangan. Ko‘za, tuvak, kosa, tovoqsimon idishlardan uy ro‘zg‘orda keng foydalanilgan. Idishlar sifatli bo‘lishi uchun loy tayyorlashga toza sof tuproq tanlangan. Sopollarning sirtiga qizil, sariq, jigarrang bo‘yoq – angob berilgan. Idishlardan suv tashish, ovqat va don saqlash uchun keng foydalanilgan. Ovqat pishirish uchun ishlatilgan qozonlar qo‘lda yasalgan. Bu davr tarixiy-madaniy jarayonlari asosan moddiy topilmalar yordamida o‘rganiladi. Qadimshunoslar tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlari mintaqada yashagan qabilalarning madaniy-iqtisodiy munosabatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Turkmaniston, O‘zbekistan va Tojikiston hududlarida rivojlangan ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar asosida muhim madaniy yutuqlar vujudga kelgan. O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarida bronzadan buyumlar yasash, kulolchilik, zargarlik, to‘quvchilik, ip yigirish va to‘qimachilik maxsus kasb-hunarlarga aylangan. O‘sha davrda kanal qazib, daryolardan suv chiqarish, kanal va ariqlarni doimo tozalab turish, ya’ni sun’iy sug‘orish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Dehqonchilikda don (arpa, bug‘doy, javdar) ekish, chorva uchun xashak bo‘ladigan o‘simliklar o‘stirish, sabzavot va mevachilik rivojlantirilgan. O‘zbekiston tuprog‘ida bronza davriga oid madaniyatlar bir xilda taraqqiy topgan emas. Bu bosqichda Surxondaryo, Zarafshon va Xorazm vohalaridan iborat uch o‘lkaning madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgan. Bu madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va chorvachilik-dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalarga mansubdir. Ular bir-biridan ajralgan holda taraqqiy etgan emas, qabilalar o‘rtasida keng madaniy aloqalar rivoj topgan. Janubiy O‘zbekiston (Surxondaryo) o‘troq ziroatchi aholisining dastlabki markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu viloyatdagi bronza davriga oid Sopollitepada to‘rtburchakli me’morchilik shakldagi istehkom qazib ochildi. Uning ichida uy-joylar, ro‘zg‘or va xo‘jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalarining qoldiqlari topildi. Sopollitepada 8 ta guzarga tegishli uy-joylar tekshirilgan. Moddiy manbalar Sopollitepada kulolchilik va metallsozlik yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Kundalik hayotda xilma-xil kulolchilik buyumlaridan foydalanilgan. Tuvak, xumcha va xumlar chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini saqlash uchun ishlatilgan. Bronzadan xanjarlar, o‘q uchlari, nayza paykonlari, pichoqlar, jez ignalar, to‘g‘nag‘ichlar va idishlar ishlangan. Sopollitepa koridorsimon bloklar sistema asosida qurilgan, uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan yirik qishloq bo’lgan. Kattagina qismi paxta maydoniga qo’shib yuborilganligi sababli, faqatgina, uning markaziy qal’a qismi saqlanib qolgan. U kvadrat 82x82 metr bo’lgan istehkomdir. Qal’a mudofaa devorlari qalinligi 2 metr bo’lib, somon qo’shilgan hom g’ishtdan qurilgan. Sopollitepada 3 ta bosqichi aniqlangan. Sopollitepaning 2 ta qurilish davri bir xil materiallar bergan. Sopollitepadagi uy-joylar 8 ta kvartallarga bo’lingan. Kvartallar urug’lar asosida shakllangan. Olimlar fikricha, qishloq aholisi 155-315 kishidan iborat bo’lgan. Uylar ko’p xonali qilib, hom g’ishtdan qurilgan. Uylar ichidan toshdan, suyakdan, bronzadan yasalgan turli mehnat qurollar, sopol idishlar, turli taqinchoq va bezaklar, urug’ qabilalarning muhrlari, tamg’alari topilgan.Topilmalar o’sha davr aholisining yuksak madaniy – xo’jalik rivojiga erishganligidan guvohlik beradi. Sopollitepada uzoq yillar tadqiqotlar olib brogan A.Asqarovning fikricha, yodgorlik mustahkam asosda qad ko’targan bo’lib, quyidagi ajralib turuvchi belgilarga ega: ikki qismli tuzilish – mustahkam markaziy qism va uning atrofida mustahkamlanmagan maskan, uncha katta bo’lmagan maydon, asosiy qismning aniq rejaviy tuzilishi, sakkizta ko’p xonali turar – joylar qismlarining markazlashuvi va ularning yo’laklar bilan ajralib turishi, bo’lma (otsek) lari bo’lgan himoya devorlari. Undan tashqari, kulolchilik va metallga ishlov berish hunarmandchiligi hamda dehqonchilikning yetakchi mavqega ega bo’lishi ham Sopollitepa uchun xosdir. Sopollitepadagi ko‘pgina mozorlarda hatto qabr bo‘shlig‘i mavjud, ya’ni qabrga tuproq o‘pirilib, qabr tuproqqa to‘lmagan. Mozorlar, ularga qo‘yilgan ashyoviy dalillarga nihoyatda boy. Qabrlardagi ashyoviy buyumlar sopollitepaliklarning abadiy o‘limga ishonmaganliklaridan dalolat beradi. Qabrlarda 10 tadan 30-40 tagacha dafn etish anjomlari qo‘yilgan bo‘lsa, ularning asosan ko‘p qismini sopol buyumlar, undan so‘ng bronzadan ishlangan buyumlar va har xil taqinchoqlar tashkil etadi. Shu bilan birga, T.Shirinov Sopollitepa manzilgohida 4 mingga yaqin toshdan yasalgan mehnat qurollari va qurollar topilganini aytib, ularning izohini beradi. Qabrlardagi ko‘mish bilan bog‘liq buyumlar orasida yumshoq materiallar – teri, yog‘och, bug‘doy poya va novdalardan to‘qilgan idishlar, kiyim qoldiqlari ham uchraydi. Marhum “narigi dunyoga” kuzatilar ekan, qarindoshlari va jamoadagi yaqin kishilari tomonidan maxsus ovqatlar tayyorlanib, idishlarga solib kuzatganlar. Zero, ularning e’tiqodiga ko‘ra, bular marhumni narigi dunyoga yetib olguncha marhumga zarur bo‘ladi, deb tasavvur etganlar. Bunday tartibda dafn etish o‘sha davr aholisi onggida vafot etgan yaqinlarini hamisha o‘zlarining yonlarida, ularga madad berib turibdi, degan tushuncha paydo bo‘lgan. Sopollitepada olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalariga ko‘ra, u bronza davri dehqon jamoalarining noyob manzili sifatida shakllangan protoshahar ekanligi isbotlangan. Sopollitepa aholisi uchta qurilish davrini boshlaridan kechirgan. Davr o‘tishi bilan ushbu manzilda aholi ko‘payib, yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun Ulanbuloqsoy suv resurslari kamlik qilganligi sababli, uning sopolli 3 qurilish bosqichida dehqon jamoalarining bir qismi yangi yerlar qidirib, SHerobod daryosining quyi havzalariga, Bo‘stonsoyning yuqori oqimiga borib o‘rnashganlar. Bu joyda olib borilgan arxeologik qidiruv ishlariga ko‘ra, Bo‘stonsoyning har ikkala sohillarida dehqon jamoalarining qishloqlari, ular yaqinida qator bronza davrining qabristonlari paydo bo‘lganligi aniqlangan. Ular orasida yirik yodgorlik Jarqo‘ton qishlog‘i bo‘lib, tez orada bu qishloq tipidagi aholi turar-joy bronza davrining ilk shahriga aylanadi. Ushbu yodgorlikda 1973 yildan boshlab uzluksiz olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida bu hududlarda ro’y bergan urbanizatsiya jarayonlariga ko’plab aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo’ldi. Maydoni 100 gektardan kam bo’lmagan bu qadimgi shahar ikki qismdan – “arki a’lo” va “shahriston” dan iborat ekanligi, uning “shahriston” qismidan bir nechta turar-joy massivlari, turli tarmoqli shahar hunarmandchiligining obektlari, otashparastlar ibodatxonasi, ark maydonidan esa shahar hokimining mahobatli saroy kompleksi, metall eritish pechlari va boshqalar topib o’rganildi. Uzoq yillar davomida muntazam olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida malakali darajada yuksak rivojlangan kulolchilik va bronza metallurgiyasi ishlab chiqarish korxonalari, zargarlik va mehnat qurollari ishlab chiqarish ustaxonalari, paxta va ipak mahsulotlari xom ashyosiga asoslangan to’qimachilik manufakturalarining ashyoviy dalil va qoldiqlari topib o’rganilgan. Arkning umumiy maydoni 3 gektrni tashkil etib, u somon qo’shilgan hom g’ishtdan ishlangan qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Devorning qalinligi 3 metr, uning mudofaa qudratini oshirish uchun ma’lum masofada u kvadrat shaklda qurilgan burjlar bilan mustahkamlangan. O’z davrida balandligi 5-6 metrdan kam bo’lmagan bu mudofaa inshoatining bizgacha saqlangan qismlari hozirda 1 metrdan oshmaydi. Arkka kirish darvozasi uning janubida bo’lib, undan ark markaziy qismiga tomon ketgan pastlik, ya’nii ko’cha kuzatiladi. Ark darvozasidan boshlangan yo’l aslida markaziy yo’l bo’lib, u tahminan 25-30 metr masofada g’arbga tomon burilgan, huddi o’sha joydan pastlik yo’lning sharqqa tomon ketgan ikkinchi tarmog’i kuzatiladi. Asqarov fikricha, g’arbga tomon ketgan yo’l monumental bino darvozasiga kelib to’xtagan bo’lib, bu inshoat aslida shahar hukmdorining saroyi bo’lishi mumkin. Arkning ichki qismi kichik tepaliklar majmuasidan iborat. Bu yerda A.A. Asqarov tomonidan qazilgan stratigrafik shurf natijasida Sopolli madaniyati ashyolari bilan birga Kuchuk I davriga oid sopollar majmuasi topilgan. Arkning sharqiy qismida olib borilgan qazishmalar natijasida 4 ta xonadan iborat oila yashagan uy qoldig‘i ochildi. Uyning umumiy ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rt burchak shaklda bo‘lib, uzunligi 16, eni 10,5 metr. T.SH.Shirinov tadqiqotlari aynan Jarqo‘ton yodgorligini ilk shahar timsoli sifatida o‘rganish va uni moddiy madaniyat namunalari orqali ilmiy tahlil qilishga qaratilib, tadqiqotchi ushbu yodgorlik misolida O‘rta Osiyo bronza davri shahar deb atalishi kerak bo‘lgan madaniyatining arxeologik belgilarini quyidagicha izohlaydi. 1. Jamoa sardorlari yoki hukmdorlar istiqomat qiladigan saroylarning bo‘lishi; 2. Diniy markaz, mahobatli ibodatxonaning bo‘lishi; 3. Mudofaa devori bilan o‘ralgan ark hududida saroy aholisi yashaydigan uylarning joylashishi; 4. Keng hududda shahar aholisi yashaydigan imoratlarning bo‘lishi, umumjamoa uchun xizmat qiladigan inshoatlarning joylashishi, o‘sha hududda ishlab chiqarish kuchlari – hunarmandchilik ustaxonalari va dastgohlarining jamlanishi; 5. Yuqori darajada rivojlangan hunarmandchilik (kulolchilik, chilangarlik, to‘qimachilik, tosh va teriga ishlov berish) kvartallarning shakllanib borishi; 6. Muhr yoki qimmatbaho buyumlar uchraydigan “boy”larning qabrlari bo‘lishi; 7. Shahar aholisining iyerarxiyasini ko‘rsatuvchi aholi istiqomat qiladigan uylarning bir-biridan farqlanishi. Aholi istiqomat qiladigan uylardan farqli monumental inshoat saroy, ibodatxonaning mavjudligi; 8. Savdoning rivojlanishini ko‘rsatuvchi, boshqa madaniyatlarga xos bo‘lgan ashyolarning topilishi, ya’ni ushbu madaniyatga xos bo‘lmagan, sopol buyumlar, suyakdan, toshdan, metaldan va qimmatbaho toshlardan ishlangan buyumlarning topilishi; 9. Gliptika, epigrafika va ibtidoiy yozuv ko‘rinishlarining uchrashi.
Bu yuqorida sanab o‘tilgan arxeologik belgilar Jarqo‘ton yodgorligida o‘zining to‘liq aksini topgan. Ushbu belgilarning to‘qqizinchisi, ya’ni yozuv ko‘rinishlarining mavjudligi borasidagi fikrlar muhim hisoblanadi. Yozuv - ilk sivilizatsiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. Ayrim olimlar, sivilizatsiyaning belgisi deb, yozuvning paydo bo‘lishini asos qilib olsalar, boshqalari shaharlarning paydo bo‘lishi, yozuv va ibodatxonalarni sivilizatsiya belgilari deb hisoblaydilar. K. Renfryu esa jamoaning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi, rivojlangan hunarmandchilik, shahar, yozuv va ibodatxonalarning bo‘lishini sivilizatsiyaning asosiy belgilari deb hisoblaydi. T.SH.Shirinov «urf–odatlarga tamomila bo‘ysunuvchi, og‘zaki ijod rivojlangan, davlat boshqaruvi esa kam taraqqiy etgan jamoalarda yozuvning bo‘lishi ilk shaharlarning ikkinchi darajali belgilari” dir deb hisoblaydi. SH.B. Shaydullayevning fikricha, ilk shaharlar, shaharlar bilan bir tarixiy jarayonda vujudga keladigan ilk davlatlar boshlang‘ich yozuv usuli, ya’ni inson o‘z fikrini ifoda etishisiz davlatning ham vujudga kelishi mumkin emas. Boylikning oshishi sanoqqa, xo‘jalikni boshqarish jarayonining murakkablashishi esa yozuvga ehtiyoj tug‘dirgan A.Asqarov tomonidan Sopollitepa yodgorligi sopollaridan topilgan 29 ta belgi va keyingi tadqiqotlar natijasida Jarqo‘ton yodgorligidan topilgan 46 xil belgi-yozuv bitilganligi aniqlangan. Bu belgilarni piktografik yozuv deb atash haqiqatga yaqin ekanligi asoslab berilgan. Ushbu belgilarni kulollarning tamg‘asi deyilganda, har bir yodgorlikda ushbu belgilarning o‘ziga xoslik an’analari saqlangan bo‘lar edi. Patriarxal oilalarining totem belgisi deb atalsa tarqalish geografiyasi bunchalik keng bo‘lmasligi, har bir yodgorlikka xos, boshqa joylarda uchramaydigan an’anaviy belgilari bo‘lishi lozim. Demak, Sopolli madaniyati kulolchiligida uchraydigan bu belgilarni piktografik yozuv deb atash haqiqatga yaqin. Shaxdod yodgorligi sopollarida piktografik belgi-yozuvning ancha rivojlanganligini kuzatish mumkin. U yerda 333 ta belgi alohida ifodalanganligi, 273 ta piktografik yozuvda esa belgilarning uyg‘unlashganligini – bir joyda yozilganligini aytib o‘tish lozim. Shaxdod yodgorligidan topilgan, sopollarda bitilgan belgilar professor Ali Hakimi tomonidan piktografik yozuv sifatida e’tirof etilgan. Piktografik belgili yoeuvlar Afg‘onistonning Dashtli, Turkmanistonning Togolok, Gonur yodgorliklaridan ham topilgan. Sopolli madaniyati piktografik belgi-yozuvlarining Janubiy Turkmaniston, Eronda tarqalgan piktografik yozuvlar bilan bir xilliligi yoki o‘xshashligi o‘sha xalqlar bilan juda yaqin madaniy aloqada bo‘lganligidan dalolat beradi. Bronza davri moddiy madaniyati va unga singdirilgan badiiy tafakkurning qay darajada ekanligini Farg‘ona shahri yaqinidan topilgan eramizdan awalgi III ming yillikka oid bronza to‘g lnag‘ichlar, Chirchiq daryosi yuqori irmog'idan topilgan eramizdan awalgi II ming yillikka tegishli bronza bilaguzuk, Chust madaniyati manzilgohidan topilgan turli xil taqinchoqlar, idishlar ko'rsatadi. Ibtidoiy-diniy tasavvurlaming vujudga kelishi badiiy tafakkur namunalarida ham o‘z ifodasini topgan. Ibtidoiy davrga oid tasviriy san’at namunalariga e'tibor bersak, ularda diniy va badiiy tafakkur hamda tabiat hodisalariga bo'lgan munosabatlar umumlashib kelganligini ko'ramiz. Masalan, Saymalitosh g‘ori (Farg‘ona viloyati)dagi suratda qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, quyosh xudosiga topinayotgan va iltijo qilayotgan kishilar tasviri berilgan. Shuningdek, bu suratda doira chalayotgan odam va qo'lini yuqori ko‘tarib juft-juft bo‘lib raqsga tushayotgan kishilar tasviri berilgan, degan xulosaga ham kelish mumkin. Saymalitosh rasmlari orasida arxarlar, tog‘ echkilari, kiyiklami ovlash jarayoni tasvirlangan. Mazkur suratlarda ibtidoiy davr kishilarining tabiat hodisalariga nisbatan munosabatlari ifodalab berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo hududidagi ko‘pgina qoya tosh suratlarida tog‘ echkisi tasvirlarining uchrashi qadimgi turk qabilalarining arxarlar (yovvoyi tog‘ echkisi) bilan qarindoshligi haqidagi afsonalar bilan bogliq bo'lishi ham mumkin. Qadimgi turkiy qavmlar yashagan hududlardan bu jonivorlaming suratlari tushirilgan tamg'alaming topilgani bu fikrimizning dalili bo'lishi mumkin. Hayvonlar va odamlar tasvirining kengayishi, ov va diniy mavzularning tasvirlanishi ibtidoiy odamlar tafakkurining kengayib borganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy davming ham moddiy, ham ma'naviy madaniyati ishiab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida takomillasha borgan. Ibtidoiy davr ma’naviy madaniyatining vujudga kelishida, birinchidan , mehnat qurollarining takomillashib borishi, ikkinchidan, ibtidoiy odam nutqi va ongining ta’siri benihoya katta bo‘lgan. Chunki ibtidoiy odam mehnat qurollari orqali, avvalo, o‘zining oziq-ovqatlarga bo'lgan biologik ehtiyojini qondirgan bo‘lsa, so‘ngra ana shu qurollarni ishlatish natijasida o ‘zini qurshab turgan tabiat sirlariga chuqurroq kirib borgan. Tabiat sirlarini bila borish esa tafakkur taraqqiyoti uchun yo‘l ochib bergan.
7-ma'ruzaDownload 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling