1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet17/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
Bog'liq
SMT

6-ma'ruza


1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari.

 

6-mashg‘ulot

 

O‘zbekistonning eng qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari.

 

1-§. Bronza davrining o‘ziga xos xususiyatlari.



2-§. Bronza davri madaniyati va san’ati.

 

1-§. Bronza davrining o‘ziga xos xususiyatlari.



Bronza davri. O‘zbekistonda bronza davri madaniyati yodgorliklari ko‘p yillar tadqiqotlar natijasida turli viloyatlarda kashf etildi va muhim arxeologik ma’lumotlar fanga tatbiq qilindi (Y.G‘.G‘ulomov, S.P.Tolstov, M.A.Itina, A.A.Asqarov, Y.A.Zadneprovskiy, N.A.Avanesova, T.SH.Shirinov, B.Matboboyev, U.V.Rahmonov, Sh.B.Shaydullayev va boshq.).

Mil. avv. III–II mingyilliklarda dehqonchilik va chorvachilik, O‘rta Osiyoning dastlabki o‘choqlaridan sharq yo‘nalishida hozirgi O‘zbekiston va Tojikiston hududlariga keng tarqala boshlaydi.

Mazkur davrning xo‘jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri – bu qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishidan tashqari, mil. avv. II mingyillikning o‘rtalariga kelib chorvachilikning maxsus xo‘jalik sifatida dasht hududlarida rivoj topishidir. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir qildi. Ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida qadimgi qabilalarning iqtisodiy, ijtimoiy tarixi va moddiy madaniyati ham yangi asosda taraqqiy etgan.

Mil. avv. II mingyillikda dehqonchilik va chorvachilik O‘rta Osiyo aholisi xo‘jaligining asosiy sohalari bo‘lgan. Bronzadan ishlangan qurollar qadimgi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli, O‘rta Osiyo dashtlarida yashagan qabilalar asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Qadimgi Sharqda shahar-davlatlar vujudga kelishi bilan hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. O‘rta Osiyo janubiy hududlarida mil. avv. III mingyillikning o‘rtalari – II mingyillik boshlarida ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari rivoj topadi.

Jez miloddan avvalgi III ming yillikda kashf etilgan. Uning vatani Ikkidaryo oralig’i bo’lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo’lib, nisbat jihatidan turli xilda. Bronza metal sifatida ko’p afzalliklarga ega:

1.     Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o’tkirroq.

2.     Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq.

Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan. Misni eritish t° - 1084 S°, bronzaning erish t° 700-900 S° o’rtasida. Mis va qalayni birga qo’shib, qoliplarga quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo’lgan.

Bronzaning kashf etilishi bilan mehnat qurollarining turlari ham ko‘paydi. Bronzadan xanjar, pichoq, nayza, o‘roq, jez oyna, bigiz, munchoq, tamg‘a, idish va boshqa buyumlar yasalgan. Ammo tosh butun bronza davri davomida ham metall bilan muvaffaqiyatli ravishda raqobat qilib, qurollar ishlash manbai sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Toshdan pichoqlar, o‘roqlar, o‘q va nayza uchlari ham yasalgan. Yorg‘uchoqlar avvalgidek qumtoshlardan ishlangan, terini qayta ishlashda chaqmoqtoshdan keng foydalanishgan.

 


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling