1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet47/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
SMT

Isxoq ota maqbarasi – Koson tumanidagi yodgorlik.(X-XI asrlar). Maqbara bir xonali, murabba tarxli (7x7 m), gumbaz tomli, peshtoq davoridan 0,5 m burtib ishlangan. Somoniylar maqbarasiga uxshash g‘ishtlari  bezakli qilib terilgan, burchaklari ustunli, gumbaz osti bag‘allari muqarnosli. Tarzlari markazidan ravoq hosil qilinib, panjarasimon shaklda g‘ishtlar terilgan. Janub tomondagi ravoqqa eshik urnatilgan. Isxoq ota maqbrasi  Urta Osiyodagi qadimgi yodgorliklardan biri hisoblanadi.

Husam ota majmuasi – Koson (XI-XIX asrlar) tumanidagi Pudina qishlog‘ida. Majmua masjid, maqbara , ziyoratxona, uch darvozaxona va katta kichik bir necha maqbaralardan iborat. Majmua markazida Husam ota maqbarasi , ziyoratxona va ikki kichik daxma uning shimoliy qismida to‘qqiz gumbazli masjid joylashgan. ( XVI-XVII  asr) Masjid yonida tor yulak orqali majmuaning eng qadimgi binosi – Isxoq ota maqbarasiga o‘tiladi. (XI asr). Maqbara peshtoq gumbazli, burchaklarida guldastalar ishlangan.

Arabota maqbarasi – Samarqand viloyati Tim qishlog‘ida me’moriy yodgorlik, mil. 977\8 (hijriy 367). Me’mori noma’lum. Poydevori toshdan, devorlari chorsi g‘ishtidan (23x23x4sm) ganchxok bilan terilgan. Binoning umumiy tarhi murabba (560x560sm). Usti gumbaz bilan yopilgan. Devor va gumbaz orasidagi 4 kunjak yirik muqarnas kosalar shaklida. Ustunlar naqshli. Bu bejirim ustunlar xonaga shinam va ulug‘vor ko‘rinish beradi. Maqbaraning ko‘rki uning mahobatli peshtoqidir. G‘ishtlar turli tartibda juftlab terilgan, choklar qatoriga ganchkor naqshlar kiritilgan.peshtoq poyalarida kufiy yozuvlar bor. Ravoq tepasidagi uch mehrobsimon tokchalar mayda naqshlar bilan bezalgan. Arabota maqbarasi Movarounnahrda saqlanib qolgan eng qadimiy musulmon maqbaralaridan biri. Maqbara me’moriy tuzilishi jihatidan katta ahamiyatga ega. Uning peshtoqi o‘sha davrda yaratilgan shu turlagi binolarning dastlabki yetuk namunasi bo‘lib, XI-XII asrlar me’morchiligining rivojiga ta’sir etgan.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling