1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
Download 192.46 Kb.
|
SMT
Mog‘aki Attori Masjidi – Buxoroda (X-XVI asrlar). Mog‘ak (chuqurlik) da ator bozori yaqinida joylashganligi sababli shunday nomlanadi. Qadimgi to‘rt ustunli Moh masjidi (IXasr) o‘rnida XII asrlarda eski loyiha asosida qurilgan. XIV asrda ta’mirlangan, XV asrda peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (1541-42) binoning yuqori qismi va gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarixi (13,35x17,6m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli 12 gumbazli, o‘rta gumbazi balandroq bo‘lib, uning asosidagi darchalar orqali bino ichiga yorug‘lik tushadi. Sharqiy qismini keng pilla poyalik zinch egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq g‘ayriodati ravishda binoning yon tomonida joylashgan. Keyinchalik sharqiy qismiga qayta qurilgan. Peshtoqning ko‘rinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi o‘ziga xos bezaklar muhim o‘rin tutadi. Ganch va mayda g‘isht bo‘laklaridan bezatilgan peshtoq hasham va g‘oyatda nafis yuksak did bilan bajarilgan. Namoyon o‘lchamlariga munosib ravishda murakkab bo‘ritma bezaklar ishlangan, ustun go‘shalari o‘yma naqshlar bilan boshasi vazasimon shaklda ko‘rkamlashtirilgan.
Minorai Kalon (katta minora), Arslonxon minorasi- Buxoro. Muhandis va me’mor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). Minorai Kalon o‘rnida avval ham minora bo‘lgan., u qulab tushgach xozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan.Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer satqidan 9m chuqurlikda ,balandligi 50 m, kursisi qirrador,tanasi sulasimon, tepasi gumbazli davra qafasa ko‘shk bilan bog‘langan.Minora yuqorisiga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi.Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofini kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilapoya aylana zina orqali chiqiladi. Minorai Kalonning o‘zagi ham bezagi ham chorsi g‘isht ganchxok loyidan terilgan, bezak g‘ishti o‘rniga qarabturli shaklda , sirti silliq pardozlangan. Ustma ust joylashgan turli xil xonadosiy shakldagi bejirim bezakli xalqalari g‘ishtdin dandonlar bilan xoshiyalangan.Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan.Minorai Kalonning shu turdagi qadimgi inshoatlar orasida alohida o‘rin tutadi. Shakllarning o‘zaro mohangligi va munosibligi , xandasiy uyhunlik, ajoyib ko‘rk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam go‘zallik bag‘ishlaydi. Download 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling