1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet48/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
SMT

14-ma'ruza


3-mavzu. IX-XIII asrlarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati

1-mashg‘ulot

1-§. Musiqa san’ati

2-§. Tasviriy san’at

 

1-§. Musiqa san’ati

Musiqa. Musiqa san’atining gurkirab rivojlanishi ham Ilk Uyg‘onish davrining buyuk yutuqlaridan biridir. Bu davrda xalq ijodiyotining bir turi hisoblangan musiqa madaniyatining nazariy asoslarini o‘rganish avj ola boshlaydi. Dastlab musiqashunoslikka matematika ilmining bir bo'lagi sifatida qaralgan. Musiqa madaniyatining rivojlanishida xalqnjng an'anaviy tomosha san’ati muhim rol o‘ynadi. Shu bilan birga ilm va san’atsevar hukmdorlaming o‘z saroylari qoshiga ko‘plab san’atkorlami to‘plab, ularga homiylik ko‘rsatganliklari ma’lum. Rud, tanbur, barbat, daf (doira), talb, qo’biz, rubob, taburak, nay, zir, chogona, shaypur, surnay, karnay, arnun, qonun kabi musiqa asboblaridan keng foydalanganligining o‘zi ham musiqa madaniyatining taraqqiy etganligini ko'rsatadi.

Mumtoz musiqa madaniyati, ayniqsa, o ‘zbek va tojik xalqlarining niumtoz musiqasi hisoblangan “Shashmaqom” ning zamini ham xuddi mana shu davrda mustahkamlandi.

Ma’lumki, musiqa muayyan xalqning ichki ruhiy holatining ko‘zgusi bo‘lib, o‘zida inson qalbining eng nozik hissiy kechinmalarini aks ettiradi. Shu boisdan ilk Uyg‘on ish davri san’a tkorla ri insonning intilishlari, orzu-havasi, dunyoqarashi va ichki ruhiy kechinmalarini musiqa ohanglariga jo qilishga intiladilar. Musiqa ohanglaridan insonparvarlik tuyg'ularini hikoya qilish vositasi sifatida foydalanadilar.

Bu davr musiqa madaniyatini rivojlantirishda ham turkiy, ham tojik. Ham arab, ham forsiy xalq vakillari hamkorlik qildilar. Masalan, shoir Manuchehriy Dag‘moniy o‘zining quyidagi baytida X-XI asrlarda musiqa san’ati bilan shug'ullangan cholg'uchi va bastakorlaming nomlarini tilga oladi:

Az Xuroson Bushuaybu on turki Keshiy

V-on Saburu forsiy von Lukariy changzan...

Ya'ni, Xurosondan Bushuaybu, Buzaru, Kesh (Shahrisabz) lik turk va fors Saburiy va changchi Lukariy...

Uyg‘onish davri mutafakkirlariga xos xususiyat turili sohalar bo'yicha ijod qila olish qobiliyatining mavjudligi hisoblanadi. Masalan, o‘sha davming bastakorlari ham sozanda, ham xonanda, ham shoir bo‘lgan bo‘lsa , shoirlar sozandailik, bastakorlik, xonandalik va ayrim paytlari raqqoslik vazifasini ham bajarganlar.

Rivoyat qilishlaricha, mashhur fors-tojik shoiri Abu Abdulloh Rudakiy mashhur sozanda, xushovoz xonanda bo‘lish bilan birga, o‘z asarlariga kuy bastalagan bastakor ham, bo‘lgan. Munjiqiy Termiziy va Farruxiy kabi shoirlar ham shoir sifatida ham, musiqa san’ati sohasida ham mashhur kishilar bo‘lganlar.

Bu davrga kelib, o‘rta asr musiqa san’ati nazariyasi ancha rivojlangan. Musiqa nazariyasining vujudga kelishida Abu Yusuf ibn Ishoq al-Kindiy (arablarning birinchi faylasufi degan sharafli nomga ega bo'lgan mashhur faylasuf), Abu Nasr Forobiy va Ibn Sino kabi mutafakkirlaming xizmati beqiyos bo‘lgan .

Abu Nasr Forobiy musiqa nazariyasi bo‘yicha “Musiqaga oid katta kitob”, “Musiqa uslublari haqida kitob”, “Musiqa kitobi”, “Fanlaming turkumlanishiga oid kitobning  musiqaga bag‘ishlangan qismi” , “Ritm (ibko) larning turkumlanishiga doir kitob” va boshqa asarlarida asosiy e’tibomi musiqa nazariyasi va amaliyoti masalalariga qaratadi. Shuningdek, Forobiy musiqa ilmining bilimdoni sifatida musiqa nazariyasining kategoriyalarini, musiqaning ahamiyatini, uning boshqa ilmlar bilan aloqasini, uning turkumlanishini, ichki qonuniyatlarini, inson ma’naviy dunyosi uchun ahamiyati masalalarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Forobiyning “Ixso al-ulum” (“Ilmlarining kelib chiqishi”) nomli asarida musiqa ilmining kishi ruhiyatiga ta’siri xususida to‘xtalib: “Bu ilm shu ma’noda foydaliki, u o‘z muvozanatini yo‘qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi. Mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo‘lgan (odamlar) xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir, chunki tana kasal bo‘lsa, ruh ham so‘ladi, tana to‘siqqa uchrasa, ruh ham to'siqqa uchraydi. Shuning  uchun ovozlarning ta’siri ruhni sog‘aytirish orqali tana sog‘aytiriladi, ruh esa o‘z kuchlarini tartibga solinishiga moslashtirilishi orqali sog‘ayadi”, — deb yozadi.

Abu Yusuf ibn Ishoq Al-Kindiy ham Sharq musiqa nazariyasi bo‘yicha to‘qqizta asar yozgan. Shu boisdan uni o‘z davri arab musiqasining asoschisi deb ataganlar.

Al-Kindiy musiqa nazariyasini ishlab chiqish bilangina shug‘ullanib qolmasdan, musiqiy ohanglarining inson ruhiyatiga ta’sir etishi masalalarini ham tadqiq etgan. Uning fikricha, musiqa nafaqat inson kayfiyatining, balki uning fe’li-atvorini ham o‘zgartiruvchi qudratli kuchdir. Roviylarning ta’kidlashlaricha, Al-Kindiy musiqa sadolarining bemorlarga ruhiy ta’sir etishini tajribada sinab ko‘rgan. Hatto u shol  bo‘lib yotgan bolani musiqa yordamida o‘rnidan turg'azgan va yurg‘izib yuborganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Al-Kindiy o‘z asarlarida musiqaning turli xil ranglar va hidlar hamda estetik idrok bilan umumiy bog‘liq tomonlari mavjud ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, ba’zi bir gullar chiqaradigan bo‘y bilan kuy keltirib chiqaradigan ruhiy holatlar o‘rtasida qandaydir umumiylik mavjud. U gullar va hidlarni tovushsiz musiqa deb hisoblaydi. Uningcha, ayrim xushbo‘y hidlar kishida jasorat hissini. ayrimlari esa faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi. Ba’zilari kishiiarga zavq-shavq bag‘ishlaydi.

Umuman olganda, IX-XII asr mutafakkirlari musiqa nazariyasini yaratib berish bilan birga, musiqa ohanglarining ma’naviy barkamol insonni shakllantirishdagi rolini ham amaliy jihatdan, ham nazariy jihatdan asoslab bergan va umumjahon musiqa nazariyasi taraqqiyotiga zamin yaratgan.

 


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling