1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
-§. Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va san’ati taraqqiyotidagi o‘rni
Download 192.46 Kb.
|
SMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-maruza
3-§. Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va san’ati taraqqiyotidagi o‘rni.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan savdo-tranzit yo‘li shakllana boshlaydi. Bu yo‘l XIX asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen tomonidan dastlabki marta “Ipak yo‘li“ degan nom oldi va keyinchalik butun dunyo tadqiqotchilari tomonidan “Buyuk ipak yo‘li” deb e’tirof etildi. Buyuk ipak yo‘lining qisqacha tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Xan imperiyasining U-di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-86 yy.) mamlakatning g‘arbiy hududlariga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. Xitoyliklar bu hududlarda o‘sha davrda ancha xavfli bo‘lgan harbiy kuchlar - xunnlar bilan to‘qnashadilar. Xunnlarga qarshi kurashda ittifoqchilar topish va ular bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida imperator U-di mil. avv. 138-yilda diplomat, sayohatchi va savdogar Chjan Syanni O‘rta Osiyoga jo‘natadi. Chjan Syan bir necha yil xunnlar qo‘lida asirlikda bo‘ladi va mil. avv. 128-126 yillarda Farg‘ona (Davan)ga keladi. Davan hukmdorlari bilan harbiy ittifoq tuzishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan Chjan Syan ko‘p qiyinchiliklardan so‘ng yurtiga etib keladi. Chjan Syan missiyasi Xitoy uchun G‘arbiy o‘lkalarga chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mil. avv. 111-105 yillarda imperator U-di Parfiya (Xitoy manbalarida Ansi deb eslatiladi) podsholariga, Qang‘ hukmdorlariga, keyinroq esa Baqtriyayerlariga (Kushonlar) o‘z elchilarini jo‘natib ular bilan diplomatik-savdo aloqalarini o‘rnatadi. Shu tariqa, mil. avv. II-I asrlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘liga asos solinadi. O‘z davrida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu yo‘lning dastlabki tarmog‘i Xitoydagi Sian shahridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rta yer dengizigacha cho‘zilgan. Chjan-Szyanning sayohat yo‘nalishi Buyuk ipak yo‘li shakllanishiga asos bo‘ldi. Buyuk ipak yo‘lining dastlab quyidagi ikkita - Janubiy va Shimoliy yo‘nalishi bo‘lgan bo‘lsa, mil. era boshlariga kelib boshqa yo‘nalishlari ham o‘zlashtiriladi. Janubiy tarmog‘i (Nandao) Yuyminguan (yanguan) - Shanshan (Pshamshan) - Lobnor ko‘li (Tuzliko‘l) - Kunlun (Janubiy tog‘)ning shimoliy tizmalari - Shag‘ (yorkent) - Vaxon yo‘lagi - Badaxshon o‘lkasi. Bu erda yo‘l ikki tarmoqqa bo‘linib: Katta yuejlar yurti (Baqtriya) va Ansi (Parfiya)ga hamda Hindistonga olib borgan. Buyuk ipak yo‘lining markaziy tarmog‘i O‘zgan orqali O‘shga o‘tib, Quva-Marg‘ilon-Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoroga o‘tgan. Buxoroga kelgan markaziy tarmog‘i ikkiga bo‘lingan. Bu tarmoqning janubiy yo‘nalishi Buxoro-Qarshi-G‘uzor-Kesh-Termiz orqali Balhga o‘tgan va Hindikush tog‘ dovonlari orqali Hindistonga o‘tib ketgan. Ikkinchi yo‘nalish Buxorodan Marv va Nishopur orqali o‘tgan. Bu erdan yo‘l Tehron-Qazvin-Hamadon-Bog‘dod-Palmira yo‘nalishi bo‘ylab O‘rta yer dengizi bo‘yidagi Tir shahrigacha cho‘zilgan. Shimoliy tarmog‘i (Beydao) G‘arbiy Chesh hokimi qarorgohidan boshlanib “Shimoliy tog‘” - Tyanshanning Sharqiy tizmalari yonbag‘irlari bo‘ylab Qashqardaryo oqimi yo‘nalishida Qashg‘arga, Tyanshan tog‘idagi dovoni orqali Davan (Farg‘ona)ga, keyin Qang‘ga, yansay va Ansiga (yansiga) olib kelgan. Ipak yo‘lining asosiy karvon yo‘llaridan tashqari ichki savdo yo‘llari ham mavjud edi. Mil. avv. I ming yillikning oxiri-milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho‘zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlar-Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang‘ davlati, Parfiya davlati, Rim saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo‘lib “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlanuvchi bir yo‘l bilan bog‘landilar. Umumiy uzunligi 12 ming km bo‘lib, Xitoydan O‘rta yer dengizining shimoliy qirg‘oqlariga qadar cho‘zilgan bu yo‘l orqali ko‘pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar o‘rnatdilar. Podsholarning o‘zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg‘alar in’om etishlari an’anaga aylandi. Sharq bilan G‘arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchaydi. O‘sha davrdagi ko‘plab madaniy o‘xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi. Agar geografik xaritaga e’tibor beradigan bo‘lsak O‘rta Osiyoni qadimgi sivilizatsiyalar o‘zaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shu geografik joylashuv tufayli O‘rta Osiyoda muhim etnik jarayonlar (hind-Yevropa, hind-eroniy, turklarning ko‘chishi) bo‘lib o‘tishiga, madaniyatlarning o‘zaro ta’sir doirasi faollashuviga keng imkoniyatlar yaratildi. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo‘lib o‘tdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardo‘shtiylik, moniy, islom) yoyilishida O‘rta Osiyo xalqlari ulkan hissa qo‘shdilar. Buyuk Ipak yo‘li faqat karvon yo‘li bo‘libgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan, uning har tomonlama taraqqiy etishida ulkan omil bo‘lib xizmat qilgan jarayondir.
Manbalarning dalolat berishicha, Farg‘onaning “samoviy otlar”ini qo‘lga kiritish uchun xitoyliklar tomonidan uyushtirilgan ikkinchi harbiy yurish davrida ham Dunxuanda qo‘shin bir necha qismga bo‘lingan holda harakat qilgan. Ba’zi tadqiqotchilar fikricha xitoyliklar qo‘shini ikki yo‘nalishda – janubiy va shimoliy yo‘l bilan xarakat qilgan. Lekin so‘nggi yillardagi tadqiqotlar bu davrda xitoyliklar Tyan-Shan tog‘ining janubidan o‘tuvchi shimoliy yo‘nalishni. Buyuk ipak yo‘lining markaziy tarmog‘i hozirgi O‘zbekiston hududidagi shaharlar orqali o‘tgan bo‘lib, bir necha yo‘nalishda bo‘lgan. Xususan, Qashqardan Farg‘ona vodiysiga, bu yerdan esa Choch-Iloq vohasi, Ustrushona, Samarqand, Buxoro, Marv orqali o‘tib Eron va Suriyagacha (O‘rta Yer dengizi portlariga) yetib borgan yo‘lning ahamiyati ayniqsa katta edi. So‘nggi tarixiy-arxeologik tadqiqotlarga suyangan mutaxassislar fikricha, Xitoydan hozirgi O‘zbekiston hududidagi shaharlarga olib kelgan aloqa-savdo yo‘llari so‘nggi antik davrda qo‘yidagi ikki yo‘nalishda bo‘lib, ulardan mavsumga qarab foydalanilgan: 1) Xitoy – Qashqar – O‘sh – Mingtepa – Andijon – Quva – Simtepa – Xo‘jand – Ustrushona - Sug‘d – Baqtriya; 2) Xitoy – Qashqar – O‘sh (yoki O‘zgan) – Uchqurg‘on (Qaynovat) – Axsikent – Pop (Bob) (Shirinov T.SH., Zaynobiddinov S.Z., 2004. 8-bet). Bu yerdan Asht va Xo‘jand yoki Qamchiq dovoni orqali Ohangaron vodiysiga, Qozog‘iston va Sibir hududiga ketish mumkin bo‘lgan (Gorbunova N.G., 1984. s. 105; Matbabayev B.X., 1999. s. 124-140). Kushonlar davrida Xitoydan tashqari Hindiston, Rim, Parfiya davlatlari bilan ham iqtisodiy-madaniy aloqalar keng yo‘lga qo‘yildi. Markaziy Osiyo – Hindiston aloqalarida katta o‘rin tutgan yo‘llar bronza-ilk temir davridan boshlab Amudaryoning yuqori oqimlaridan Qobul daryosining quyi oqimi bo‘ylab Peshovardan 30 km. shimoli-sharqda joylashgan Charsaddga (qadimgi nomi – Pushkavachati “Lotoslar shahri”) olib chiqqan bo‘lsa, mil. avv. I asr boshlarida Purushapur (Peshovar) shahriga asos solingandan keyin, Hindikushdagi Xaybar dovoni orqali o‘tuvchi barcha yo‘llar bu shahar bo‘ylab o‘tgan (Uiler M., 2005. s. 11-12). Fikrimizcha, bu shaharning Kushonlar saltanatining poytaxtiga aylanishida ham uning muhim strategik ahamiyatga ega aloqa yo‘llari bo‘yida joylashganligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi. Mintaqamizning Hindiston bilan aloqalarida Shimoliy Baqtriya dastlabki oraliq hudud sifatida katta o‘rin tutardi. Dalvarzintepadan 1972 yilda topilgan oltin buyumlar ichida Hindistonda yasalgan taqinchoqlarning topilishi Kushonlar davrida O‘rta Osiyo – Hindiston aloqalari izchil davom etganligini ko‘rsatadi. Qadimgi Xitoy manbalarida, xususan, Chjyan Szyan hisobotida ham Daxya (Baqtriya) savdogarlari SHendu (Shimoliy Hindiston yoki Kashmir) bilan savdo aloqalari o‘rnatganligi, u yerdan mahalliy mahsulotlar bilan birga Syunda tayyorlanadigan bambuk tayoqlar va Shu yurtida (hozirgi Sichuan) yasalgan (suv o‘tlaridan tayyorlangan) arqonlar (xolsti) olib kelishi haqida ma’lumot mavjud (Bichurin N.Y., 1998. s. 157). Mintaqamizning Hindiston bilan aloqalari, ayniqsa, kushonlar davrida davlat diniga aylangan Budda ta’limotining Baqtriyaga tarqalishi bilan yanada oshdi. Surxon vohasida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Qadimgi Termiz shahri Baqtra shahridan keluvchi savdo yo‘li bo‘yidagi birinchi muhim punkt hisoblanrdi. Bu yerda antik davr manbalarida qayd etilgan muhim kechuv – “Yunonlar kechuvi”ni nazorat qilib turuvchi bojxona, savdo karvonlariga xizmat qiluvchi tegishli infratuzilmalar mavjud bo‘lgan. Termizdan Surxondaryoning Amudaryoga quyilish joyi yaqinida joylashgan yana bir kechuv orqali SHerobod-Temir Darvoza-Oqrabot dovoni yo‘nalishi orqali Sug‘d shaharlariga ketuvchi yo‘l boshlangan. Markaziy Osiyoning Hindiston bilan aloqalarida Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona, Sug‘d va Xorazm ham faol ishtirok etganligini ko‘rish mumkin. Xususan, mintaqamizning Buddizm tarqalgan eng g‘arbiy hududi Marg‘iyona bo‘lib, Marvdan (Gyaur-qa’ladan) ochilgan ikkita stupa (2-5 asrlar), Gandxar tasviriy san’ati an’analari asosida tayyorlangan Budda haykali va haykalchalari, Budda qo‘lyozmalari saqlangan va sirtida braxma yozuvida yozilgan budda monaxlari uchun qo‘llanma matnlar mavjud vaza (5-asr), Oq Qal’a makonidan (Qorabekovul vohasi) topilgan Bodxisatvaning o‘tirgan holatdagi haykalchasi, O‘zboydagi Qandim-Qaladan topilgan Kali ma’budasi haqidagi afsona aks etgan tasvir va boshqalar mintaqamiz janubiy hududlarining bu aloqalardagi ishtirokidan dalolat beradi (Gubayev A., 2000, s. 143-144). Xorazm vohasidagi antik davrga, ayniqsa, kushonlar davriga oid makonlardan topilgan ko‘plab moddiy ashyolar – sopoldan yasalgan fil va maymunning sopol haykalchalari, Tuproqqal’a saroyidagi «jangchilar zali» devoridagi tasvirlar, taqinchoqlar (munchoq) va boshqalar Xorazm vohasining ham Hindiston bilan aloqalaridan dalolat beradi (Rapoport Y.A., Trudnovskaya S.A., 1958, s. 363-364; Tolstov S.P., 1948a, s. 199). Bu aloqalarda Baqtriya hududi va Amudaryo suv yo‘li asosiy tranzit aloqa yo‘li sifatida katta o‘rin tutgan. Shimoli-G‘arbiy Hindiston va Gang daryosi sohilidagi hunarmandchilik markazlarida tayyorlangan munchoqlarning Eron hududidan (Gilyan provinsiyasi), quyi Volga bo‘yidagi Sarmatlar qo‘rg‘onlaridan topilishi Hindiston va Erondan Orol bo‘yi orqali Yevroosiyo dashtlariga qarab ketgan aloqa yo‘li yo‘nalishlaridan va bu aloqalarda Xorazm vohasining tranzit hudud sifatidagi ahamiyatidan dalolat beradi (Yagodin V.N., 2002, s. 165-170). So‘nggi yillardagi tadqiqotlar ham Hindiston-O‘rta Osiyo aloqalari tarixiga oid yangi ma’lumotlarning qo‘lga kiritilishiga olib kelganligini aytib o‘tish kerak. Amudaryoning quyi oqimidagi Qozoqli yotgan yodgorligida (Qoraqolpog‘istondagi Beruniy tumani hududi) 1999 yilda olib borilgan tadqiqotlar davrida Budda (yoki Bodxisatva)ning o‘tirgan holatdagi (qorni va ko‘kragi ochiq, bo‘ynida (boshi saqlanib qolmagan) taqinchoqlari bor erkak qiyofasida) sopol haykalchasi topildi (Yagodin V.N., 2003, s. 48-49). Bu topilma (haykalcha mil. avv. I- mil. I asrlar bilan sanalangan) bir tomondan, Xorazmga Budda ta’limoti kirib kelmaganligi haqidagi fikrlarning (Stavskiy B.Y., 1998, s. 95) unchalik asosli emasligini ko‘rsatib bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan S.P.Tolstovning Xorazmga Gandxara san’ati an’analarining ta’siri bo‘lganligi to‘g‘risidagi qarashlari (Tolstov S.P., 1948v, s.160) hamda kushonlar davrida Xorazmning Hindiston bilan qalin aloqalari mavjud bo‘lganligi haqidagi boshqa ma’lumotlar to‘g‘riligini yana bir bor tasdiqladi. O‘zboydagi qo‘rg‘onlardan topilgan so‘nggi antik davrga oid chetdan keltirilgan buyumlar Xorazm vohasining madaniy-savdo aloqalari yo‘nalishilarini aniqlashtirishda katta o‘rin tutadi. Bu topilmalar ichida Pafiyadan, kam miqdorda Kavkaz ortidan keltirilgan sopol idishlar, taqinchoqlar, qurol-yarog‘lar va boshqalar mavjud (Vaynberg B.I., Yusupov X.Y., 1990, s. 32). Ular O‘zboy shimolidan ushbu hududlarga hamda janubiy Ural bo‘yiga, Qora dengiz shimolidagi dashtlarga va Sarmatlar o‘lkasiga qarab ketgan aloqa-savdo yo‘llari faoliyatidan darak beradi. Buyuk ipak yo‘lining shakllanishi mintaqa shimolidagi dasht yo‘llari faoliyatida ham katta o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Markaziy Osiyoda davriy ravishda iqlimning keskin isib ketishi yuz berib turadi. Iqlimning bunday isishi Yevroosiyoning dasht hududlarida mil II-III asrlarda ham kuzatilib, bu o‘zgarishlar o‘simliklar olamiga, chorvador qabilalar xo‘jaligi va turmush tarziga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu jarayonlar Markaziy Osiyo shimoliy dashtidagi chorvador qabilalarining turli yo‘nalishdagi migratsiyasini keltirib chiqardi. Ularning bir qismi Sibir o‘rmonlariga, bir qismi Xitoyga (Xuanxe daryosi vodiysiga), bir qismi Sug‘d yerlariga – Amudaryo va Sirdaryo havzasiga kirib keldilar ((Grumm-Grjimaylo G.YE. 1933; Gumilev L. 2005, s. 76; Buryakov Y.F., 2005, s. 23-24). Shu tariqa, mil. avv. II asrning so‘ngi choragidan boshlab Xitoyni O‘rta Osiyo va u orqali Hindiston, Eron, Rim imperiyasi hududlari bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining xalqaro ahamiyatga ega tranzit yo‘nalishlari shakllana boshladi. Mintaqamizning iqtisodiy-madaniy aloqalari rivojida katta o‘rin tutgan bu aloqa-savdo yo‘llari davrlar o‘tishi bilan kengayib, yangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘ldi. Tashqi aloqalar, o‘z navbatida, mintaqadagi ichki yo‘llar tarmoqlari kengayishiga va tegishli xizmat ko‘rsatish tizimi rivojiga olib keldi. Bu jarayonlar keyingi tarixiy davrlarda yanada kengayib bordi.
10-ma'ruza2-mavzu. Ilk o‘rta asrlar madaniyat va san’ati Download 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling