1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


-§. Haykaltaroshlik va amaliy bezak san’ati


Download 192.46 Kb.
bet34/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
SMT

3-§. Haykaltaroshlik va amaliy bezak san’ati

 

Haykaltaroshlik. Bu davrda haykaltaroshlikning mahobatli turi va mayda plastikada asarlar yaratilgan. Buni shu davrga oid me’morlik bilan bog’liq holda ishlangan haykal parchalari hamda sopoldan ishlangan terrakotalarda ko‘rish mumkin. Ularda diniy va afsonaviy obrazlar bilan bir qatorda, real hayotni aks ettiruvchi obrazlar ham uchraydi. Haykallar maxsus tayyorlangan loydan, yog'och, ganch, alebastr va toshdan ishlangan. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘rta Osiyoda, xususan, ikki daryo oralig’iga joylashgan O‘zbekiston hududida mahobatli haykal va relyeflar ishlash borasidagi yutuqlar o‘z mavqeyi jihatidan mahobatli rangtasvir bilan bir qatorda rivoj topgan.

Buni shu davrga oid haykallarda, Varaxsha saroyi bo'rtma tasvirlari misolida ko'rish mumkin. Varaxsha saroyi haykallari ganchda bo'rtma tasvirning gorelyefiga yaqin uslubda ishlangan. Saroy relyeflarida suvda suzib borayotgan baliqlar, bir tizimda yugurib ketayotgan kakliklar tasvirlari e’tiborli. Ularda baliq va kaklik shartli zaminda, muhitda ko'rsatilgan. Masalan, baliqlar o'ziga o'xshatib real ishlangani holda, u suzib borayotgan suv to'lqini naqshga o'xshash shartli tasvir bilan ko'rsatilgan.

Saroy bo'rtma tasvirining mavzuli yechimida ov payti tabiat qo'ynida ishlangan. Otda uchib borayotgan chavandozlar, qochayotgan tog' qo'chqorlari hamda daraxt tasviri bo'layotgan voqea tasawurini hosil qiladi.

Mazkur kompozitsiyada odamlar tasvirining ishlanishi o'ziga xos. Biroz yonga, goh butunlay yon tomon ko'rinishida tasvirlangan odamlar ifodali ishlangan. Ularda ham reallik shartlilik bilan uyg'unlashib ketgan. Ko'z, burun, qosh, lab ishlanishida ham shu holni ko'ramiz. Haykaltarosh kompozitsiya talabidan kelib chiqib, ularni goh bo'rttirib, goh biroz susaytirib ishlagan.

Varaxsha saroyi haykallari ichida yarmi ayol, yarmi qushga o'xshatib ishlangan afsonaviy mavjudot ham e’tiborni tortadi. Bu haykalda ayol qiyofasi hamda qushning qanot va patlari qunt bilan ishlangan, lekin bunday ishlanish uslubi kompozitsiyani yaxlit ko'rishga xalaqit bermaydi.

Varaxsha saroyi bo'rtma tasvir kompozitsiyasi o'ta murakkab va ijodkorning boy tasawuri, yuksak mahoratining natijasi bo'lib, u idrok etilganida tomoshabin ko'z o'ngida harakatga to'la hayot-mamot kurashi bo’lgan ov manzarasi paydo bo'ladi.

Ilk o‘rta asrlar haykaltaroshligining mahobatli turi shu davrda bu mintaqadagi buddaviylik ta’limoti saqlanib qolgan yerlarda mavjud bo‘ldi. Bunday haykallar ibodatxonalarga qo'yilgan. Quvada (Farg'ona) buddizm bilan bog'liq bo'lgan arxeologik qazilma o'rganilganida shu joyda buddaviylar ibodatxonasining

ikki xonasidan mahobatli haykallarning bo'laklari topilgan. Katta otlar, sersoqol ma’bud va Budda haykali bo'laklari ochilgan. Bu haykallar o'zining mahobatli yechimi, ichki shijoatga to'laligi hamda yuqori mahoratda ishlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu topilmadan Dev bosh haykali e’tiborli. Unda peshonasi tepasida odam bosh suyagi shakli bog'liq holda ma’bud ishlangan. Haykal nihoyatda shijoatda, jo'shqin va vajohat bilan yon tomonga qarab turgan payti ko'rsatilgan. Ikkinchi xonada Budda haykalining saqlanib qolgan bosh qismi ham xarakterli. Unda dumaloq yuzli Budda boshining peshonasida qo'shimcha ko'z tasviri ishlangan bo'lib, bu ko'z hamma narsani ko'radigan va biladigan Buddaning ilohiyligini ta’kidlaydi. Haykal qunt bilan ishlangan, uning tanasi, yuzi nafis ishlanilishiga e’tibor berilgan, badani qo'ng'iroqli zarjiyaklar bilan bezatilgan, kiyimlari erkin, ko'k va boshqa har xil ranglar bilan pardozlangan bo'lgan. Budda haykali xonaning to'rida taxtda o'tirgan holda ishlangan bo'lgan. Ibodatxona arablar tomonidan yoqib yuborilgan, haykal esa buzib tashlangan. Haykalda saqlanib qolgan qilich izlari shundan dalolat beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu o'rganilayotgan davrda mahobatli haykaltaroshlik ijtimoiy hayotda, yashash muhitini badiiylashtirishda keng ishlatilgan, qo'llanilgan, bog' xiyobonlaiga oltindan haykallar o'matilgan bo'lgan. Bular haqida yozma manbalar ma’lumot beradi. Shu manbalar xitoy sayyohlari yozuvlarida saqlanib qolgan. Ilk o'rta asrlarda mayda haykaltaroshlik awalgi davr an’analarini davom ettirdi, sopol haykallar bu davrda ham ishlandi. San’atning bu turidan ko'pgina namunalari bizgacha yetib kelgan. Ularning katta qismi qolipdan chiqarilgan. Bunday haykalchalar, ayniqsa, So‘g‘dda ko'plab ishlangan. Koroplastika - ma’budalar haykalini yasash keng tarqaldi. Samarqand, Buxoro, Naqshab va Toharistondan topilgan shunday haykallar bir-biridan kiyimi, ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ular ko‘p va xilma-xil, dumaloq yoki janrli kompozitsiya sifatida taxmon-tokchalarga yoki bo’lmasa, maxsus tagliklarga o‘matilgan bo'lgan.



Bu davrda So‘g‘dda haykaltaroshlik nafaqat xonalarni bezashda, balki bevosita ibodatxonalarda ham keng foydalanilgan. Shunga Zarafshondan topilgan yog'ochdan ishlangan haykal misol bo'la oladi. Umuman shuni aytish kerakki, arablar kelgunga qadar So'g'd, Xorazm, Ustrushonada olov uylari bilan birga xudo uylari xudo — sanam ibodatxonalari mavjud bo'lgan. Boshida nur taratayotgan shar chambar, belida belbog', xanjar va qilich qilib haykal ishlangan. Haykal yog'ochdan yasalgan. U ma’lum kanon asosida ishlangan va yig'ilgan, ya’ni qo'llar alohida ishlanib, keyin ulangan. Ilk o'rta asrga oid bu yodgorlik So'g'd, umuman Markaziy Osiyodagi Iloh, xudo, ma’bud sanamning namunasi hisoblanadi. Sharqshunos olim V.V. Bartoldning fikriga ko'ra, sanamlar yunoncha siymo bo'lib, zardushtiylik ta’limotida muhim o'rin egallagan. Ular odam yoki hayvon shaklida ishlangan va shaharlarda o'matilgan. Uning balandligi 5 metrga yaqin bo'lib, oltindan yasalgan. Bu shaharning katta sanamlaridan hisoblangan. Poykent, Zomindavor, Farg'onada ham haykallar o'rnatilgan bo'lib, ular ham inkrustatsiya uslubida bajarilgan, ko'zlari qimmatbaho toshlardan ishlangan.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling