1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet36/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
SMT

11-ma'ruza


                                                                           2-mavzu. Ilk o‘rta asrlar madaniyat va san’ati

2-mashg’ulot

1-§. Arablarning O‘rta Osiyo yerlariga kirib kelishi

2-§. Mahalliy madaniyat va san’atdagi o‘zgarishlar

 

1-§. Arablarning O‘rta Osiyo yerlariga kirib kelishi

Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireney yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma’lumotlarni arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning “Futuh al buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi rasuli va muluk” (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirganlar. Ko‘chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.

VI asrning ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar etkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar etkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan).

Shunday vaziyatda islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik hamda Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo‘ysunish” ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan.

Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni “muslim” («musulmon»), ya’ni “itoatkorlar” deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining g‘arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar bo‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan bo‘lib, uni Ibrohim payg‘ambar o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi haj safarini uyushtirgan. Ka’baning ichida muqaddas tosh “Hajar-ul-asvod” o‘rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, yaratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko‘ra taqdirlanishi, inson yaratganga, yolg‘iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo‘lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e’tiqodlariga ko‘ra og‘irlashib borgandan so‘ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo‘ldilar. Muhammad ham o‘ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o‘zining eng yaqin do‘sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu arab tilida “hijrat” deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo‘ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo‘yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha).

Madinada Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y), ketma-ket “Xulofoiy rashoddin” (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan-Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.

Arablarning O‘rta Osiyoga dastlabki yurishlar Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651 yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryo (Jayxun)dan shimolda joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya’ni, “daryoning ortidagiyerlar” deb nom berishadi. Narshaxiy va arab muallifi yoqut bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad payg‘ambarning shaxsan o‘zi Movarounnahrni bo‘ysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga e’tiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga da’vat etgan.

652 yilda arablar Balx shahrini egallashga muvaffaq bo‘ldilar. O‘sha yili Amudaryodan o‘tib Movarounnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ammo, Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir 652 yilda Chag‘oniyonni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa ilk bor Movarounnahr yerlarini egallash edi. 654 yilda Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo‘ladi. 667 yilda arablar Chag‘oniyonga qayta yurish qilib eftaliylarga kuchli zarbalar berdilar. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edilar. Manbalarning ma’lumot berishicha, Movarounnahrga yurish qilishdagi harbiy-siyosiy tayyorgarlikdan biri, xalifalikning Basra va Kufa shaharlaridan 50 ming arab oilasi ko‘chirib keltirilishi va Xurosonning turli shaharlariga garnizon sifatida joylashtirilishi bo‘ldi.

673 yilning oxiri - 674 yilning boshlarida arablarning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Movarounnahrga hujum qilib Romiton va Poykandni egallaydi hamda Buxoro shahrini qamal qiladi. Ammo, buxoroliklar va turklarning ittifoqchi qo‘shinlaridan qattiq qarshilikka uchragach, sulh tuzishga majbur bo‘ladi.

676 yilda Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon Buxoroga yurish qilib Buxoro malikasi Xutakxotun qo‘shinlarini tor-mor etadi va Samarqandga hujum boshlaydi. Ammo, bir oy davom etgan bu urushda sug‘diylar arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Natijada, arablar sulh tuzib orqaga qaytadilar va yo‘l-yo‘lakay Termizni talon-taroj etadilar. 683 yilda xalifa Yazid vafot etganidan so‘ng xalifalikda toj-taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to‘xtab, o‘z ichki nizolari bilan band bo‘lib qoladilar. Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705 yy.) davrida o‘zaro ichki kurashlarga chek qo‘yilib arablar Movarounnahrga jiddiy harbiy harakatlar boshladilar.

Umuman olganda, arablarning yarim asr davomida Xuroson noiblari Abdulloh ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod qabilar tomonidan uyushtirilgan hujumlari talon-taroj qilish, o‘lkadagi harbiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish, boyliklarini olib ketish maqsadida uyushtirilgan edi. 704 yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, Movarounnahrni butunlay bosib olish harakati boshlanadi. O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga nihoyatda qo‘l kelgan edi. 706 yilda u katta qo‘shin bilan Movarounnahrga yurish boshladi va 707 yil Poykand shahri 15 kunlik kamaldan so‘ng egallandi.

Arablarga qarshi turklar, sug‘diylar umuman, mahalliy aholi o‘zaro ittifoq tuzishga erishgan bo‘lsa-da, Qutayba nayrang yo‘li bilan bu ittifoqni buzishga muvaffaq bo‘ldi va 708-709 yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurishlar qilib Buxoroni zabt etdi. Qutayba 710 yilda Shuman, Nasaf va Keshni egalladi. 710-712 yillarda Samarqand ixshidi Tarxun va Xorazmshoh Xurzod Qutayba bilan tinchlik sulhi tuzib unga yirik miqdorda boj to‘laydilar. Ammo, Samarqand aholisining tovon to‘lashga qarshilik ko‘rsatishi, norozilik natijasida Tarxunning taxtdan ketishi va o‘limi, Sug‘d podshosi va Samarqand afshini sifatida G‘urakning taxtga o‘tirishi arablarning Samarqandga hujumlari uchun bahona bo‘lgan edi. Shuningdek, Qutayba "Tarxunning o‘limi uchun qasd olaman", deb e’lon qildi va Samarqandga hujum uyushtirib, 712 yilda uni bosib oldi. Mug‘ tog‘i hujjatlarining ma’lumot berishicha, 712-713 yillarda Sug‘d, Choch, Farg‘ona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq tuzib vaqtincha g‘alabalarga erishgan bo‘lsa-da, Qutayba bu ittifoqqa rahna solib, ularni tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. 714 yilda Qutayba ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini to‘xtatib qo‘yish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kirdi va Isfijobni egalladi. 715 yilda Qutayba Farg‘onaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi. Shu yili Qutayba o‘ziga dushman bo‘lgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko‘taradi va mag‘lubiyatga uchrab, o‘ldiriladi. Shunday qilib, arablar qisqa muddat ichida Movarounnahr hududlarini bosib oldilar-ki, buning sabablari quyidagicha edi:

1.           O‘lkada hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va mahalliy hukmdorlarning o‘zaro kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi. Chunki, parokanda va siyosiy jihatdan tarqoq hududlarni alohida-alohida zabt etish Qutayba uchun qulay edi.

2.           O‘zaro birlashish harakatida bo‘lgan va ittifoqchilik uchun harakat qilgan mahalliy hokimlar orasiga Qutayba turli nayranglar bilan rahna solishga erishgan edi.

3.           Arablar o‘zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordam ko‘rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin bo‘ysundirdilar. Misol uchun, Sug‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi.

4.           Arablar Movarounnahrga qadar juda katta hududlarni bosib olgan bo‘lib,  katta boylik va harbiy  zaxiralarga ega edilar.  Arablar qo‘shiniga muntazam ravishda bosib olinganyerlar va ichki viloyatlardan yangi harbiy kuchlar safarbar kilinib turilar edi.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling