1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja


Download 192.46 Kb.
bet35/49
Sana02.01.2022
Hajmi192.46 Kb.
#195342
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
SMT

Amaliy bezak san’ati. V–VII asrlarda amaliy bezak san’ati ham nihoyatda rivojlandi. Kandakorlik, badiiy to'qimachilik, kitobat san’atida betakror asarlar yaratildi. Inkrustatsiya uslubida kitob muqovalari tayyorlandi, qadamatoshli oyoq kiyimlar ishlandi. Bu yodgorliklar haqida zamondoshlar, tarixchilarning yozib qoldirgan xotiralari ma’lumot beradi. Arab qo'shinlari Buxoroda bo'lganlarida xotin podshohning oyog'idagi qadama toshli etigini ko'rib hayron bo'lib qolganliklari tarixchilar asarlarida uchraydi. Ustrushona hokimi qimmatbaho javohirlar bilan bezatilgan ajdodlariningg'ayridiniy kitoblarini kimxoblarga o'rab asragani uchun xiyonatda ayblangan. Bu davr o'ymakorlik san’ati ham e’tiborda bo'ldi. Ganch va yog'och o'ymakorlik san’ati bezash ishlarida keng foydalanildi. Shunisi e ’tiborliki, o'ymakorlikda, xususan, yog'och o‘ymakorligida islimiy va handasiy naqshlardan tashqari, odam va hayvonlar, turli holat va harakatdagi qush va parranda bo'rtma tasvirini ishlash keng yoyildi. Bular haqida yonib ko‘mirga aylanib qolgan bo‘rtma tasvir va haykal qoldiqlari tushuncha beradi. Qachonlardir So‘g‘dning chekkasidagi Panjikent saroyi bo'rtma tasvirlarining ko'mirga aylangan bo'laklari shunga misol bo'la oladi. Shu davrda Panjikent, Quva, So'g'd san’atida yog'och o'ymakorligi va haykaltaroshligi o'ziga xos yo'nalishda mavjud bo'lgan. Yog'och o'ymak o rlig id a murakkab naqsh kompozitsiyalari ishlangan. Ularda borliq elementlari, qush va hayvonlar, odam haykallari uchraydi, hatto dumaloq haykallar ham yog'ochdan yo'nib ishlanganligi shu davr madaniy hayotining birmuncha jonli bo'lganligini ko'rsatadi. Bu davrning uy anjomlari, ov va jang qurollari, shuningdek, turli badiiy bezatilgan shoyi, oddiy chit materiallar va ulardan bichilgan liboslar davr estetik qarashlarini namoyon qiladi. Amaliy buyumlar yuzasiga bo'yoqda tasvirlar ishlangan, kumushdan yasalgan buyum va qurollar esa bo'rtma tasvirlar bilan bezatilgan shu davrning yodgorliklaridan ma’lum. So'g'd chavandozining ov paytidagi holatini aks ettirgan lagan, afsonaviy tuyaqush tasviri bo'lgan idishlar shu davr kandakoriigining nodir yodgorligidir. Nafosatga to'la bu idishlarda davr kandakorining katta mahorati va oliy didi namoyon bo'lgan.

Ilk o'rta asr san’ati o'z rivojida so'nggi antik an’analarni yangi pog'onaga ko'tardi. O'z mazmuni, mohiyati, professional mahorat bilan ishlanish jihatidan jahon san’ati tarixida o'z davrining tengi yo'q nodir yodgorliklarni yaratdilar. Shuni alohida qayd etish kerakki, eftalitlar va turk xoqonligi davri qator mahalliy lokal maktablarini shakllantirdi. Bu xususiyat mahobatli rangtasvir san’atida sezilarli bo'lib, bu davrga oid yodgorliklarni keng o'rganilganligi Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikent, Afrosiyob va boshqa devoriy rasmlaming badiiy yechimida o'z ifodasini

topdi. Bu davr san’atini qator maktab yo'nalishlariga ajratish mumkin. Bu maktablarni o'zbekistonlik olimlar G.A.Pugachenkova va L.I.Rempel uchga ajratishgan:

1. Tohariston maktabi va uning yodgorliklari. Bolaliktepa saroyi rasmlari (Amudaryo havzasi), Ajinatepa va Kofirqal’a (Janubiy Tojikiston).

2. Shimoliy Turkiston maktabi va uning yodgorliklari. Quvadagi buddizm ibodatxonasi (Farg'ona). Yettisuv buddizm ibodatxonasi (Shimoliy Qiqj'iziston).

3. “G'arbiy o'lka”  maktabi va uning So'g'd, Xorazmdagi yodgorliklari. Afrosiyob, Varaxsha, Qahqaha saroylari hamda Xorazm ostadonlari rasmlari (m. Tokqal’a). Bu devoriy va ossuariy rasmlari mavzusini ikkiga ajratish mumkin.

Birinchi yo'nalish - diniy marosim, buddizm bilan bogMiq Ajinatepa, Quva, Oq Beshim va boshqa ibodatxona rasmlari, ikkinchi yo'nalish – dunyoviy mazmunda bo'lib, saroy zodagonlarining uy va ko'shklarida o'z ifodasini topdi. Bular Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob, Panjikent yodgorliklaridir. Ko'rib o'tilgan tasviriy san’at asarlariga qarab, mavzular o'zgarib borayotganini payqash mumkin. Buddaviylik bilan bog'liq qarashlar asta so’na boshlagani seziladi. Bu davrda dastlab Kushon davri san’ati an ’analari mavjud bo'lsa ham, lekin buddizmni o'z manbayidan uzoqlashishi va aloqalarning susayishi bu davrda yaratilgan asarlarda mahalliy xalq san’ati ta’sirini oshishiga olib kelganligidan dalolat beradi. Bu xususiyatlar Ajinatepa, Quva, Marv san’atida bilinadi. VI–VII asrlarda devoriy rassomlikda an’anaviy san’at budda monastirlarida o'z mavqeyini saqlab, mahalliy san’at an’analarida mavjud bo'ldi. Jumladan, Ajinatepa monastiri devoriy rasmlari ayni ana shu hind va mahalliy san’at an’analari silsilasi hosilasi sifatida idrok etiladi. Bu monastiming xonalariga ishlangan rasmlar yuqori malakada bajarilgan bo'lib, Budda va u bilan bog'liq voqealar tasvirlanadi. Kompozitsiyada sovg'a-salom olib kelayotganlar tasviri birmuncha jonli bo'lib, an’anaviy kompozitsiyaga o'ziga xoslik kiritadi. Marvdan topilgan ko'za yuzasiga ishlangan rasmlar, shuningdek, Tokqal’adan (Xorazm) topilgan ostadon yuzasiga ishlangan rasmlar o'z xarakteri jihatidan maishiy janrdagi ko'p figurali kompozitsiyaga yaqin. Ularda bo'lgan, bo'layotgan ishlar, voqealar aks ettiriladi, jumladan, Marv ko'zasi yuzasiga ishlangan rasmda bir odamning umri, aniqrog'i, umrning to'rt fasli o'z ifodasini topgan. Unda inson tug'ilgandan to olamdan o'tgunga qadar bo'lgan vaqt tasviriy lavhalarda aks ettirilgan. Tokqal’a ossuariy yuzasiga ishlangan tasvirda aza tutish voqeasi ta’sirli ishlangan. Bolaliktepa devoriy rasmlari O'zbekiston san’ati tarixida muhim o'rinni egallab, Sharq monumental rangtasvir san’atining yangi qirrasini namoyon etadi. Bu san’at mahalliy antik san’atga tayangan holda uni qator o'zgarishlar bilan yangiladi. Jumladan, shakl va qalamtasvir birmuncha soddalashtirilib, uni naqqosh kompozitsiyasiga yaqinlashtiradi. Rassom nur-soyadan voz kechgan holda fazoviy kenglikni odamlar xatti-harakatida hal etadi. V–VI asrlarda yaratilgan bu rasmlar O'rta Osiyo monumental san’atining yangi bir yo'nalishi tarzida namoyon bo'ladi. Ishlanishidagi yaxlitlik, shakl, rang va chiziqlardagi ritmik qaytarilishlar keyingi naqqoshlik san’atining yetakchiligi uchun zamin yarata bordi.


Download 192.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling