1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
-§. Kushonlar davrida madaniyat va san’atning yuksalishi
Download 192.46 Kb.
|
SMT
2-§. Kushonlar davrida madaniyat va san’atning yuksalishi.
So‘nggi yillarda olib borilgan ko‘plab arxeologik tadqiqotlar Kushon davri O‘zbekiston tarixi va moddiy madaniyatini o‘rganish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning janubiy hududlarida xo‘jalik va madaniy hayotning yuksak darajada rivoj topgan davri bo‘ldi. Dehqonchilikning rivoji tufayli keng hududlar o‘troq aholi tomonidan jadallik bilan o‘zlashtiriladi. Misol tariqasida faqatgina Shimoliy Baqtriyada (Surxon vohasi) 120 dan ziyod kushon davriga oid aholi shahar va uy-qo‘rg‘onlari aniqlangan. Bu davrda dehqonchilik nafaqat vohalarda balki tog‘li hududlarga yoyiladi. Surxon va Sheroboddaryoning yuqori oqimidagi tog‘li hududlardan dehqonchilik manzilgohlari va qal’alari topib o‘rganilgan. Bu davrda Surxon vohasida ilgarigi davrdagiga nisbatan anchagina murakkablashgan sug‘orish inshootlari barpo etiladi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu davrda shaharlar ham yuqori darajada rivoj topadi. Kushon davri ko‘pgina viloyatlar va vohalarda o‘tgan davrlarga nisbatan yirik shahar markazlari va hududiy jihatdan o‘rtamiyona shaharlar sonining ancha ko‘payganligi kuzatiladi. Kushon davri shaharlari viloyatlar, ayrim vohalar va tumanlarning ma’muriy-siyosiy markazlari hisoblanib, ularning saqlanib qolgan xarobalarida qal’alar alohida ajalib turadi. Bunday qal’alar Eski Termizda, Dalvarzintepa, Budrach va boshqalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, Kushon davri shaharlari diniy-mafkuraviy markazlar vazifasini ham bajarib, ularda yirik-yirik topinish joylari va diniy marosimlar o‘tkaziladigan inshootlar joylashgan. Dalvarzin va Termizdagi budda ibodatxonalari shular jumlasidandir. Kushon davri shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiqning ham markazi edi. Mazkur shaharlardan ko‘p sonli hunarmandchilik buyumlari, kulolchilik xumdonlari, metalni qayta ishlash ustaxonalari, zargarlik buyumlari, harbiy va xo‘jalik qurol-yarog‘lari topib o‘rganilgan. Kushon davlatida tashqi va ichki savdo jadal taraqqiy etadi. Kushonlar Buyuk ipak yo‘lining Sharqiy qismi nazoratini o‘z qo‘llariga olgan edilar. Chetdan keltirilgan ipak, mo‘yna, bronza ko‘zgular, muhrlar, shisha idishlar, haykalchalar tashqi savdo taraqqiyotidan dalolat bersa, ko‘plab hunarmandchilik buyumlari hamda kumush va bronza tangalar ichki savdo rivojlanganligini isbotlaydi. O‘z gullab-yashnagan davrida Kushon davlati ko‘plab xalqlar va elatlar yashab turgan hududlarni egallagan edi. Ushbu xalqlar va elatlar turli tillarda gaplashganlar, yozuvning turli tartibidan foydalanganlar hamda turli diniy e’tiqodlarda bo‘lganlar. Moddiy madaniyat buyumlarida ham ayrim farqlar kuzatiladi. Shunga qaramasdan Kushonlar davri madaniyatiga ko‘pgina umumiylik seziladi. Ammo butun Kushon davlatida yagona madaniyat hukm surganligi haqida fikr aytib bo‘lmaydi. Bu katta davlatning har bir viloyati qaysidir tomonlari bilan o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatga ega bo‘lgan. Avvalambor, Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi) haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu viloyat Kushon davlatining eng yirik viloyatlaridan biri bo‘lib, madaniyati yuksak darajada rivojlangan edi. Ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyoda buddizmning yoyilishi milodning birinchi asridan boshlab aynan Baqtriya-Toxariston hududlaridan boshlangan. Hozirgi kunda bu hududlardan o‘ndan ziyod budda ibodatxonalari, yuzdan ortiq budda haykallari aniqlanib o‘rganilgan. Ulardan eng mashhurlari Termiz yaqinidagi Qoratepa ibodatxonalari, Zartepa va Ayritom topilmalari, Dalvarzintepa ibodatxonalari hisoblanadi. Shimoliy Baqtriyaning o‘ziga xos madaniyati me’morchilik san’atida (binolar ustunlari va peshtoqlarining bezatilishi), shaharsozlik madaniyatida, kulolchilik va zargarlik buyumlarida ham o‘z aksini topadi. Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosida kushon yozuvi mavjud bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda sug‘d va xorazm yozuvlari ham bor edi. Ushbu yozuv yodgorliklarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni aks ettiruvchi ayrim ma’lumotlar saqlanib qolgan. Shuningdek, kushonlar davrida O‘rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining quruvchilik, haykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi sohalarida ham katta yutuqlarga erishilgan. Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik ham shaklan ham mazmunan rivoj topganligi kuzatiladi. Chunki, bu davrdagi ma’muriy, diniy, ishlab chiqarish, turar-joy, mudofaa inshootlari, Sharq me’morchiligi bilan ayrim o‘xshashliklar topsada, o‘ziga xos tomonlari ustunlik qiladi. Me’morchilikning o‘ziga xos namunalari Dalvarzin, Xolchayon, Eski Termiz, Kampirtepa, Fayoztepa, Qoratepa kabilardan o‘rganilgan bo‘lib, ular jahon miqyosida mashhur bo‘lgan obidalardir. Kushon davlatining inqirozga uchrashi Yunon-Baqtriya va Rim saltanati tarixiy taqdiriga ancha o‘xshab ketadi. Bu davlatlarning barchasi qulash arafasida tinimsiz yurishlar olib borishga majbur bo‘lganlar. Tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish uchun ichki va tashqi sabablarga ko‘ra, zaiflashgan yirik davlatlarda yetarli harbiy imkoniyat topilmadi. Milodiy III asrda Kushon podsholigi o‘zining asosiy hududlaridan mahrum bo‘ldi. Bu podsholikning ayrim mulklari Shimoliy Hindistonda saqlanib qoldi. Download 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling