1-mavzu. Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari 1-mashg’ulot Reja
Download 192.46 Kb.
|
SMT
Yunon-Baqtriya shaharlari. Qadimgi mualliflar Baqtriyaning poytaxti Baqtra - Zariaspni bir necha marta tilga olganlar. Baqtra Mozori Sharif shahridan 21 km g‘arbda, Baqtra daryosi bo‘yidagi vohada joylashgan. Fransuz arxeologlari bu erdagi Bolo Hisor tepaliklaridan devorlar bilan o‘ralgan, burjlar ko‘tarilgan, xandaqlar qazilib, suv bilan to‘ldirilgan aylanasimon qal’ani topdilar. Shaharning bir qismi mudofaa devorlaridan tashqarida, Bolo Hisorning janubi-Sharqida, Tepai Zargaronda joylashgan. Umumiy maydoni 120-150 gektar bo‘lgan bu shaharning qadimgi davr madaniy qatlamlaridagi yer osti suvlari Ahamoniylar va Salavkiylar davri hayotning me’morchilik va madaniy darajasini to‘liq o‘rganish imkonini bermadi.
Shahar markazidan atrofga tarqalgan ko‘chalar devor tashqarisida magistral yo‘llarga: shimoli-g‘arbda - Kalif - Karki, shimolda - Kampirtepa, Termiz, janubda - Hoji Piyad yo‘llariga tutashgan. O‘z davrining madaniy va iqtisodiy markazi sifatida, savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligi sababli antik davr mualliflari Baqtrani «eng katta shahar» deb ataganlar. Bu davrdagi yirik shaharlardan yana biri Maroqanda (Samarqand) bo‘lib uning mustahkam qal’asiga Ahamoniylar davridan (Afrosiyob) avval asos solinganligi bizga ma’lum. Afrosiyob mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olingan edi. Shaharning mudofaa tizimi Aleksandr qamaliga ham dosh bergan. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Afrosiyobning umumiy maydoni 219 gektar bo‘lib, Kursiy Ruf Maroqandaning mudofaa devorlari o‘zunligini 70 stadiy (taxm. 12 km.) deb ma’lumot beradi. Mustahkam qal’aga ega va mudofaa devorlari bilan o‘ralgan shahar hududlaridagi mil. avv. IV-III asrlarga oid madaniy qatlamlardan ko‘plab topilmalar, jumladan, ellin sopol idishlari topib o‘rganilgan. Tadqiqotchilarning yozishicha, Yunon-Baqtriya davrida, harbiy ahamiyatga ega tranzit yo‘llari yoqasida, Oks - Amudaryo kechuvlarida joylashgan qal’alarning mudofaa tizimini tiklash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgan. Antik davrda O‘rta Osiyo ko‘hna shaharlarida binokorlik usullari o‘zgarib, me’morchilik yangi asoslarda rivoj topadi. Shuningdek, badiiy madaniyatning turli jabhalarida ellinizmning ta’sirini ko‘zatish mumkin. Misol tariqasida, Baqtriyada koroplastika hunarmandchiligi paydo bo‘ladi hamda loy-ganch haykaltaroshligi rivojlanadi. Bu san’at namunalari doirasi yunon olamiga nisbatan kengroq bo‘lib, hunarmandlar ellin mifologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan terrakotalardan tashqari mahalliy an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan san’at namunalarini ham yaratadilar. Antik davr O‘rta Osiyo ko‘hna shaharlarining madaniyati va san’ati turli omillar ta’sirida taraqqiy qiladi. Bu jarayonga o‘lkadagi siyosiy hayot, diniy e’tiqodlar, iqtisodiy ahvol, xalqaro savdoning rivoji, turli xalqlar madaniyatining o‘lka xalqlari madaniyati bilan uyg‘unlashuvi, boy qadimiy an’analar, mahalliy o‘ziga xoslik va boshqa ko‘plab omillar uzluksiz ta’sir qilib turgan. Ana shu omillar ta’sirida O‘rta Osiyo antik davr madaniyati va san’atining rivojini shaharsozlikda, haykaltaroshlikda, badiiy tasvirda, musiqa san’atida, zargarlik san’ati - zeb-ziynat buyumlarida, aholining xo‘jaligi bilan bog‘liq ashyolarda va boshqalarda kuzatishimiz mumkin. Antik davr O‘rta Osiyo shahar madaniyati rivojlanishning eng yorqin xususiyatlari - tasviriy san’at bilan pul zarb etilishi natijasida madaniyat va moliya-iqtisod ishlarining taraqqiy etishidir. Ta’kidlash joizki, o‘lkamiz hududlarida tovar-pul munosabatlarining muayyan ko‘rinishi Salavkiylar davridayoq paydo bo‘ladi. Termiz, Kampirtepa, Samarqand atroflaridan Antiox I davriga oid tangalar topilgan. Nisbatan ko‘proq topilma tangalar Yunon-Baqtriya davriga oid bo‘lib, ular Shimoliy Baqtriya va Sug‘d hududlaridan topilgan. Ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy jarayonlarda antik davr shaharlarning ahamiyati ulkan bo‘ldi. Shahar ma’lum vazifalarni (ma’muriy, siyosiy va diniy markaz, savdogarlar va hunarmandlar faoliyat ko‘rsatadigan joy, madaniy va harbiy markaz) kabi funksiyalarni bajargan. Ta’kidlash joizki, kuchli podsho hokimiyatiga ega katta davlatlarda bunday shaharlar hukm surishi uchun o‘ziga xos xususiyatlar hamda shart-sharoitlar mavjud edi. Bu o‘rinda xitoylik sayyoh Chjan Syanning Yunon-Baqtriya shaharlarining ma’lum darajada mustaqilligi haqidagi xabarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir. U Dahya-Baqtriya haqida shunday ma’lumot beradi: «Ular (ya’ni, Baqtriya shaharlari) oliy podsho yoki hokimga ega emas, ammo o‘zlarining devor bilan o‘ralgan barcha shaharlari va manzilgohlarida kichik hokimlarni tayinlaydilar».
Download 192.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling