1-mavzu: klassik mexanikaning fizika asoslari. Ilgarilanma va aylanma harakat kinematikasi. Nyuton qonunlari va impulsning saqlanish qonuni. Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi. Suyuqliklar mexanikasi


Download 1.05 Mb.
bet4/14
Sana13.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1000942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 mavzu

Elastik kuchi. Guk

Tabiatda ko’p turdagi kuchlar mavjud: og’irlik kuchi, ishqalanish kuchi, elastiklik kuchi va hokazo. Bu o’rinda biz elastiklik kuchlari to’g’risida fikr yuritamiz.


Tashqi kuch ta’sirida jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishiga deformatsiya deyiladi. Deformatsiya turli ko’rinishda bo’ladi: cho’zilish, buralish, egilish va hokazo.
Tashqi kuch ta’sirida jism deformatsiyalanadi, lekin Nyutonning uchinchi qonuniga binoan deformatsiyalangan jismning ichida kattaligi deformatsiyalovchi kuchga teng, lekin yo’nalishi unga qarama – qarshi bo’lgan ma’lum bir aks – ta’sir kuchi paydo bo’ladi. Bu kuch deformatsiyalangan jismni dastlabki holaticha qaytarishga intiladi va unga elastiklik kuchi deyiladi.
Deformatsiyalovchi kuch olingandan keyin jism dastlabki holatiga qaytsa, elastik deformatsiya, qaytmasa plastik deformatsiya deyiladi.
Ingliz olimi Robert Guk elastiklik kuchlarini o’rganib, quyidagi qonunini yaratdi:
Har qanday kichik defosmatsiyada, ya’ni elastiklik chegarasigacha yuzaga keladigan elastik kuchi deformatsiya kattaligiga to’g’ri proporsional


(1)

bu yerda F-elastiklik kuchi, ∆l-deformatsiya kattaligi, K-elastiklik koeffisienti




(2)

Ko’ndalang kesim yuzasi S bo’lgan biror sterjenning cho’zilish deformatsiyasi uchun Guk qonunini quyidagicha yozish mumkin.




(3)

bu yerda nisbiy uzayish, ∆l – absolyut uzayish.


(4)

ga mexanik kuchlanish deyiladi.


Bu yerda E-Yung moduli bo’lib, u son jihatdan birlik ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan sterjenning uzunligini ikki marta oshirish uchun talab qilinadigan mexanik kuchlanishiga teng. U birligida o’lchanadi.
Yuqoridagi mulohazalardan (3)ni quyidagicha yozish mumkin.


= (5)

Quyidagi jadvalda ayrim moddalar uchun Yung modulining qiymati keltirilgan.






Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling