1-mavzu: klassik mexanikaning fizika asoslari. Ilgarilanma va aylanma harakat kinematikasi. Nyuton qonunlari va impulsning saqlanish qonuni. Qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi. Suyuqliklar mexanikasi


Download 1.05 Mb.
bet5/14
Sana13.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1000942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 mavzu

Modda

E,1010

Alyuminiy

6,9

Temir

19,6

Mis

9,8

Kumush

7,4

Rezina, polietilen singari moddalar uchun yung moduli kichik.



  1. Ish va quvvat

Biror jism gorizontal tekislik bo’ylab F kuch ta’sirida siljitilayotgan bo’lsin.



2 – rasm.

Bu holda bajarilgan ish quyidagicha aniqlanadi.




(1)

bu yerda S – jismning siljish kattaligi, α – kuch bilan siljish yo’nalishlari orasidagi burchak. Agar kuch yo’nalishi siljish yo’nalishi bilan mos tushsa (α=0) u holda maksimal ish bajariladi.


(2)

Umuman ish deb kuch qo’yib berilgan yo’ldagi qarshilikni yengish jarayoniga aytiladi. Agar α<900 bo’lsa F kuch bajargan ish musbat bo’ladi (A>0), agar 900<α<1800 bo’lsa bu kuch bajarilgan ish manfiy bo’ladi (A<0).


Ta’sir etuvchi kuch o’zgarmas bo’lsa ishni quyidagi grafik yordamida tasvirlash mumkin.



3- rasm.

Bu holda bajarilgan ish shtrixlangan yuza kattaligiga teng bo’ladi. Agar kuch o’zgaruvchan bo’lsa, bajarilgan ishni quyidagicha aniqlash mumkin.




(3)
buni integrallab, ishni topish mumkin:


(4)
Vaqt birligi ichida bajarilgan ish bilan aniqlanadigan fizikaviy kattalikka quvvat deyiladi.
  (5)
Agar quvvat o’zgaruvchan bo’lsa
  (6)
Demak quvvat son jihatdan bajarilgan ishdan vaqt bo’yicha olingan birinchi hosilaga teng.
Quvvat vattlarda o’lchanadi.
 
Ba’zan quvvatning sistemaga kirmaydigan o’lchov birligi ot kuchi ishlatiladi

Yuqoridagi formulalardan, agar harakat tekis bo’lsa
  (7)
bu yerda   - jismning tezligi.

  1. Energiya va uning turlari

Jismlarning ish bajara olish qobiliyatiga energiya deyiladi. Energiya ko’p turda bo’ladi: elektr energiyasi, issiqlik energiyasi, yorug’lik energiyasi, mexanik energiya va hakazo.


O’z navbatida mexanik energiya ham ikki turga bo’linadi: kinetik va potensial energiya. Jismlarning harakati bilan bog’liq bo’lgan energiyaga kinetik energiya deyiladi.
(1)

bu yerda m – jismning massasi, v – uning tezligi. Agar sistema bir qancha jismlardan tashkil topgan bo’lsa, bu sistemaning kinetik energiyasi


(2)

Jismlarning holati bilan bog’liq bo’lgan energiyaga potensial energiya deyiladi:


(3)

bu yerda h – jismning Yerdan balandligi.


Elastik deformatsiyalangan prujinaning potensial energiyasi


(4)

bu yerda K – prujinaning bikrligi, ∆χ-deformatsiya kattaligi. Sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishida energiyaning o’zgarishi bajarilgan ishga teng




(5)

Energiya ham ish birliklariga ya’ni Joul larda o’lchanadi. Ayrim hollarda energiyaning sistemaga kirmaydigan o’lchov birligi Kaloriya ishlatiladi. 1 Kaloriya – normal bosimda (101325 Pа) massasi 1 g bo’lgan suvning temperaturasini +19,50C dan +20,50C ga oshirish uchun talab qilinadigan energiyaga teng.





Jismning to’liq mexanik energiyasi


(6)

  1. Energiyaning saqlanish qonuni

Tabiatda energiya bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Masalan, elektr isitish asboblarida elektr energiyasi issiqlik energiyasiga, elektr lampochkasida u yorug’lik energiyasiga aylanadi. Fotoelementda esa yorug’lik energiyasi elektr energiyasiga, elektr generatorida mexanik energiya elektr energiyasiga aylanadi va hokazo.


Energiyaning saqlanish qonunini quyidagicha ifodalash mumkin. Yopiq sistemada jismning to’liq energiyasi o’zgarmasdir.


(1)

Bu qonunning isbotini mexanik energiya uchun ko’rsatamiz. Biror m massali jism H balandlikka 0 tezlik bilan otilgan bo’lsin. U A nuqtada to’xtaydi. Bu nuqtada bo’ladi. Demak to’liq energiya:




(2)


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling