1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/91
Sana31.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1311136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
30-03 04-25

Санация 
Фаолият 
йўналишини 
ўзгартириш
Диверсификация-
лаш
Корхонани қайта ташкил этиш
Ихтиёрий 
тугатиш
Мажбурий 
тугатиш
Келишув 
битими
1.1 - rasm. Bankrot korxonaga nisbatan ko‘llaniladigan tadbirlar
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonaning
barcha mulkiy xuquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga o‘tadi.
Korxonani tugatishni, mulkdor yoki mazkur mol-mulkni boshqarishga vakolatli
organ tuzadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi, bankrotlik xollari bundan
mustasno. Xo‘jalik sudi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bankrotligi to‘g‘risida
qaror qabul qilinganda tugatish komissiyasini shakllantirish va uning ishlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to‘g‘risidagi qonuni" bilan belgilanadi. 
Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish kuyidagi tartibda amalga oshiriladi:
"Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul kilgan mulkdor sud (xo‘jalik sudi) yoki
korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va muddatini, shuningdek
qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini belgilaydi. Bu muddat tugatish e’lon
qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
«Tugatish komissiyasi yoki korxonani tugatishni amalga oshirayotgan boshqa idora,
korxona joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uni tugatish va qarz berganlarning
da’volarini qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risida e’lon beradi. Tugatish komissiyasi
(tugatishni amalga oshirayotgan idora) ana shu e’lon bilan bir katorda korxonaga
debitorlik qarzini undirib olish va qarz berganlarni korxona tugatilganligidan xabardor
qilib, ularning da’volarini aniqlash ishlarini bajarishi shart.
"Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirayotgan idora) tugatilayotgan
korxonaning mol-mulkini baxolaydi va qarz berganlar bilan xisob-kitob qiladi, tugatish
balansini tuzadi va uni egalik kiluvchiga yoki tugatish komissiyasini tayinlagan idoraga
takdim etadi. Tugatish komissiyasi o‘z aybi bilan etkazilgan zarar uchun javobgar
bo‘ladi. Zararni undirib olish miqdorlari va tartibini xo‘jalik sudi belgilaydi.
Qarz berganlarning da’volarini kondirish.
Tugatilayotgan korxonaga qarz berganlarning da’volari ana shu korxonaning mol-
mulkidan kondiriladi. Bunda birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzlar kondiriladi va
tugatilayotgan korxona tasarrufida bo‘lgan erlarni qaytadan tiklash xarajatlari koplanadi.
Kreditorlar da’volarini kondirish tartibi va navbati hamda bankrot bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning mol-mulkini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasining


"Bankrotlik to‘g‘risida"gi qonuni bilan belgilanadi. Garov ko‘ygan xuquqiy shaxs
korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan xolda, garov bilan ta’minlangan
majburiyatlarni bajarish muddatidan kat’iy nazar, garovdagi mol-mulkdan xak undirish
xuquqini oladi.
1.Da’vo qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin aniqlangan va qilingan
da’volar birinchi navbatdagi da’volar, shuningdek, belgilangan muddatda ma’lum
qilingan da’volar kondirilgandan keyin korxonaning kolgan mol-mulkidan kondiriladi.
2.Mol-mulk etishmaganligi uchun kondirilmagan da’volar bekor qilingan deb xisob
qilinadi. Tugatish komissiyasi (tugatishni amalga oshirgan idora) tan olmagan da’volar
ham, agar qarz beruvchilar da’voni to‘la yoki qisman tan olmaslik to‘g‘risidagi xabarni
olgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida o‘z talablari kondirilishi to‘g‘risida sud yoki
xo‘jalik sudiga da’vo kilmagan bo‘lsalar bekor qilingan deb xisoblanadi. 
3.Korxonani tugatish chog‘ida fuqaroga shikastlanganligi yoki salomatligiga boshqa
xil zarar etganligi yoxud o‘limi munosabati bilan shu korxonadan undiriladigan
vaqtinchalik to‘lovlarga pul ajratiladi.
4.Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining ko‘shgan xissasi qarz
berganlarning da’volari nizomda ko‘zda tutilgan shartlari asosida belgilangan va tartibda
kondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki kimmatli kog‘ozlar bilan beriladi. 
5.Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari kondirilgandan keyin
kolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.
6.Korxona qaytadan tashkil etilganida uning xuquq va majburiyatlari qonuniy
vorislariga o‘tadi. 
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat
qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi
yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning
konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi;
mineral, o‘simlik va xayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari
tayyorlanadi va x.k.lar.
Sanoat milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari,
mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni
saqlash, sport, turizm va boshqa soxalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Sanoat jamiyatning etakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi.
Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va
ilmi, maxorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat soxasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan
konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni
uyushtirshning ilg‘or usullari - maxalliylashtirish, ixtisoslashtirish va
diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatsiyalashtirish soxasida ustunlik
qiladi.
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni qayta ko‘rishning negizi xisoblanadi.
Uni yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dexqon xo‘jaliklarini va boshqa
shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jixatdan yuqori
darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘kotishga,
dexkon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni
saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi
muhim soxadir. 


Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin,
mis, temir, Ilokda ko‘rg‘oshin, kumush, oltin, SHaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
Ikkinchi jaxon urushigacha 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan,
"Tashselmash", Toshkent to‘kimachilik kombinati, CHirchik elektrokimyo kombinati,
Kattako‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Kuvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va
rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati maxsulotlarini tayyorlash rivoj
topdi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling