1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/91
Sana31.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1311136
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91
Bog'liq
30-03 04-25

Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro
xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo
bo‘ladi.


Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati
cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom
jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga
bo‘lingan bo‘ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar
bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar
ko‘rishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari
mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Nizom jamg‘armasi
aksiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Xissadorlik jamiyati
a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga
tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati doirasida zarar ko‘rishlari mumkin.
Xissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aksiyalarga
taqsimlanishi; aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aksiyalar
qiymati hajmida cheklanganligi; aksiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik
bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv
vazifalarining xo‘jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va
hokazolar.
Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini
jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish
maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli
tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya
yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.
Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik assotsiatsiyasi kabi
tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy
birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma
faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks
ettiradi.
Konsorsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik
kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda joylashtirish
maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsorsium
buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling