Zamonaviy pedagogikada
pedagogik jarayon qonuniyatlarning
yagona tasnifi mavjud emas.
Shu
sababli quyida mavjud
tasniflardan ba‟zilarini kо„rib о„tamiz.
I. P. Podlasiy tasnifi bо‘yicha:
•
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya
xarakteri jamiyatning ehtiyojlari,
iqtisodiy, milliy-madaniy о‘ziga xosliklari bilan
aniqlanadi.
•
Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning о‘zaro bog‘liqligini, ularning
kо‘ptomonlama о‘zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
•
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga
tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
•
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning obyekti (shaxs) bir
paytning
о‘zida subyekti sifatida aks etsa, tarbiya
muvafaqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs
о‘zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini
namoyon etadi.
•
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar –
о‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning о‘zaro harakatida kechadi.
•
Bola tarbiyasi muvafaqqiyati tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shaxslararo aloqalar-ning
intensivligi va boyligiga bog‘liq bо‘ladi.
•
Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati-ta’lim
oluvchining keyingi barcha
muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlardagi muvafaqqiyatiga bog‘liq
bо‘ladi.