1-мавзу. Мактабгача таълимда методика фанларини ўқитиш жараёни яхлит тизим сифатида. Фаннинг амалий ва ташкилий вазифалари
Download 1,06 Mb. Pdf ko'rish
|
Metodika fani o`qituvchisining o’quv me`yoriy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish
- Kо‘nikma
- Bilim
- Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi
Ijtimoiy
taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini о‘rganish asosida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish . Maktabgacha ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash. Maktabgacha ta’limdagi ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtiri sh va amaliyotga joriy etish. Bо‘lg‘usi tarbiyachlarni maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya berish usullari bilan qurollantirish. Shaxs Tarbiya Ta’lim Bilim Kо‘nikma Malaka Ma’lumot Rivojlanish Rivojlanish-shaxsning fiziologik va intellektual о‘sishida namoyon bо‘ladigan miqdor va sifat о‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bо‘lgan jamiyat a’zosi. Kо‘nikma-shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka-muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Tarbiya-muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni. Bilim-shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ta’lim-o’quvchilarning nazariy bilim, amaliy kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini о‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan jarayon. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘likligi Metodika xususiy fanlarni о‘qitish xususiyatlarini о‘rganadi Pedagogika tarixi ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi о‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini о‘rganadi. Pedagogik texnologiya ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini о‘rganadi. Pedagogik mahorat- bо‘lajak tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini о‘rganadi. Ta’limni boshqarish ta’lim muassasalarining faoliyatini yо‘lga qо‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini о‘rganadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling