1-mavzu. Maktabgacha yoshdagilar jismoniy madaniyati. Mashgʻulot turi: ma’ruza Mavzu rejasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy mashqlarning ta’siri
gipokineziyaga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
Bolalarda harakat tanqisligi ro‘yi-rost funksional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Gipokineziya bilan organizmda oksidlanish protsesslariga va bioximiyaviy o‘zgarishlar tabiatiga ta’sir ko‘rsatadigach ko‘pgina fermentlar aktivligining pasayishi o‘rtasida bevosita bog‘lanish borligi qayd qilingan. Bola organizmining shamollash «kasalliklariga va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga umumiy chidamliligi aytarli susayib ketadi. Motorika orqada qoladi — quvvat, tezkorlik, chidamlilik pasayadi, vegetativ funksiyalar yaxshi rivojlanmaydi, yurak-tomir sistemasi va nafas organlarining funksional imkoniyatlari diapazoni torayadi. Bolalarda harakat aktivligini oshirishning eng yaxshi yo‘li, to‘g‘ri, yoshga mos keladigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, harakatli o‘yinlarni o‘ynash bilan shug‘ullanishdir. Bolaga chaqaloq ligidanoq jismoniy mashqlarni muhim elementlarini qo‘llash va gimnastika va massajdan faoydalanishni boshlash lozim organizmdagi fiziologik jarayonlarni yaxshilash qobiliyatiga asos. Jismoniy mashqlarning ta’sirichanganligi hozirgi zamon fani orqali ma’lum. Jismoniy mashqlarni organizmni rag‘batlantiruvchi va trenirovka qildirishdan yuzaga keladigan tasiri asosan markaziy nerv sistemasi orqali amalga oshiriladi. Muntazam ravishda bajariladigan jismoniy mashqlar ta’sirida funksional imkoniyatlari o‘zgarmaydigan birorta ham organ yoki tuzilmalarimiz yo‘q desak hato qilmagan bo‘lamiz. Jismoniy tarbiya vositasi sifatida jismoniy mashqlar faqat sog‘lom bolalar organizmigagina ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, ular ayniqsa, nimjon va kasalvand bolalarning organizmini funksional rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday bolalarga tegishli dozada va maxsus uslubiyotlar orqali qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar organlar va to‘qimalarning faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini o‘zgartiradi, oksidlanish protsesslarini kuchaytiradi. Organizmning shamollash kasalliklariga chidamliligini oshiradi va kasal organizm uchun juda ham zarur bo‘lgan badallar (kompen satsiyalash) mexanizmlarni takomillashtiradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling